O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/180
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#197922
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

3-asosiy savol: Sotsiologiya maktabi va funktsionalizm. 
 
3-asosiy savol bo`yicha dars maqsadlari: 
 
Etnologiyaning  rivojida  sotsiologiya  maktabi  va  funktsionalizmning  ahamiyatini 
baholash. 
 


- 35 - 
 
3-asosiy savolning bayoni: 
 
Evropa  mamlakatlari  etnologiya  fanida  diffuzionizm  maktabi  bilan  bir  vaqtda 
sotsiologiya  maktabi  shakllangan  va  bu  maktab  ilmiy  jihatdan  qaraganda  diffuzionizmga 
nisbatan  birmuncha  sermahsul  bo‘lgan.  Agar  evolyutsionizm  asoschilari  etnologiyaning 
asosini insonda, diffuzionistlar esa madaniyatda deb bilgan bo‘lsalar, sotsiologiya maktabi 
vakillari  jamiyatda  deb  hisoblaganlar.  Ushbu  yo‘nalish  vakillarining  bunday  xulosaga 
kelishlarining  boisi  ular  orasida  «jamiyatni  oddiy  individlarga  kiritib  bo‘lmaydi»,  -  degan 
qarash  ustivor  edi.  Sotsiologiya  maktabi  vakillarining  ta‘kidlashlaricha,  jamiyat  odamlar 
orasidagi o‘zaro ongli aloqalari natijasida tashkil topgan. 
E.  Dyurkgeym  (1858-1917yy).  Etnologiya  fanida  sotsiologiya  fanining  vatani  Frantsiya 
bo‘lgan  bo‘lsa,  ushbu  yo‘nalishning  eng  mashhur  namoyandalaridan  biri  Emil 
Dyurkgeymdir. U XIX  asrning oxirgi o‘n yilligida etnologiyada yangi yo‘nalish-sotsiologiya 
maktabiga asos solgan. 
Evolyutsionistlarga  qarshi  o‘laroq  Dyurgeym  jamiyatni  insonlarni  o‘rab  turgan  olamga 
moslashishi  tarzida  emas,  balki  yopiq  statik  tizim  tarzda  talqin  qilgan.  U  jamiyatni 
sotsiologik faktlar  orqali tadqiq qilish g‘oyasini ilk marotoba taklif etgan va fanga  ijtimoiy 
tur terminini  olib kirgan tadqiqotchidir. O‘z navbatida Dyurkgeym madaniyatni tasniflashda 
eng  sodda  jamoa-
ibtidoiy  jamoani  asos  qilib  olgan.  Olimning  fikricha,  mazkur  jamoa  o‘z 
taraqqiyoti davomida murakkab jamoaviy tizimni bosib o‘tib urug‘ga aylanadi. Keyinchalik 
undan  qator  jamoa,  elat,  xalq  kabi  yangi  jamoa  v
a  uyushmalar  paydo  bo‘lgan.  Shunday 
qilib  Dyurkgeymning  mulohazalariga  ko‘ra  har  qanday  jamoa  ibtidoiy  jamoaning 
murakkablashgan shakli hisoblanadi. 
L.Levi-Bryul  (1857-1939yy).  Etnologiyadagi  frantsuz  sotsiologiya  maktabi  vakillari  orasida 
Lyusen Levi-Bryu
l g‘oyalari alohida diqqatga sazovor bo‘lgan g‘oyalardan biri hisoblanadi. 
U  o‘z  qarashlarini  «Ibtidoiy  tafakkur»  (1923)  nomli  asarida  batafsil  izohlashga  harakat 
qilgan. U  Dyurkgeymdan farqli tarzda «ibtidoiy xalqlarning mantiqqacha bo‘lgan tafakkuri» 
nomli nazariyani yaratgan.   
Funktsionalizm.  Etnologiyada  sotsiologiya  maktabi  g‘oyalari  taraqqiyotining  mantiqiy 
davomi  tarzida  funktsionalizm  shakllangan.  Agar  diffuzionizmning  vatani  Germaniya, 
sotsiologiya maktabining vatani-
Frantsiya bo‘lsa, funktsionalizm yana bir mashhur Evropa 
davlatlaridan biri Angliyada paydo bo‘lgan va XX asrning 20-yillariga kelib etnologiyadagi 
etakchi oqimlardan biriga aylangan.  
Funktsionalizmning mashhur namoyandalari 
R.  Turnvald  (R.  Thurnwald,  1869-1954yy) 
—    asosiy  kitobi-  ―Kishilik  jamoasining  ijtimoiy 
asosi‖ (―Die menschliche Geselschaft in ihren soziologische Grunlagen‖) 1931 yilda nashr 
etilgan.  
B.  Malinovskiy  (B.  Malinovski,  1884 
—  1942yy)  —  asosiy  tasari  ―Madaniyatning  ilmiy 
nazariyasi‖ (―A Scientific Theory of Culture‖) — 1944 yil chop etilgan.  
A.  Radkliff-Braun  (A.  Radcliff-Brawn,  1881 
—  1955yy)  —  asosiy  tadqiqoti  -  ―Primitiv 
jamoaning tuzulishi va funktsiyasi‖ (―Structure and Function in Primitive Society‖)  — 1952 
yil nashr etilgan.  
Ilk  marotoba  funktsionalistik  nazariya  nemis  etnologi  Rixard  Turnvald  tomonidan 
yaratilgan.  Biroq  Germaniyada  funktsionalizm  keng  ommalashmagan  va  Germaniyaga 
qo‘shni  bo‘lgan  Angliyada  mashhur  ilmiy  maktab  tarzida  shakllangan  hamda  ijtimoiy  va 
madaniy  antropologiya  taraqqiyotida  o‘ziga  xos  o‘rniga  ega  bo‘lgan.  Shubhasiz,  mazkur 
yo‘nalishning yirik namoyandalaridan biri Bronislav Malinovskiy bo‘lgan. 
Etnik  jarayonlarni  tadqiq  qilishda  funktsionalizmni  farqli  xususiyati  shundan  iboratki, 
mazkur  yo‘nalish  tarafdorlari  madaniyatni  o‘zaro  aloqador  umumlashgan  xususiyatlardan 
tashkil  topgan    deb  hisoblaydilar.  O‘z  navbatida  shuni  ham  alohida  ta‘kidlab  o‘tish  joizki, 
funktsionalizm  tarafdorlari  uchun  madaniyatning  tarixiy  o‘zgarishi  muammosi  muhim 
ahamiyat kasb etmagan. Ular uchun madaniyat qanday harakatlanadi? qanday vazifalarni 
bajaradi?  va  qanday  tarzda  mahsulot  beradi?-  degan  muammolarni  hal  etish  dolzarb 


- 36 - 
 
hisoblangan. 
B.Malinovskiy  (1884-
1942yy).  Yuqoridagi me‘yorlar asosida Malinovskiy madaniyatga oid 
emprik  nazariyasini yaratgan. Malinovsk
iy o‘zining nazariyasini yaratish jarayonida oldingi 
tadqiqotchilarni  dala-
etnografik  ekspeditsiyalar  o‘tkazmaganlikda  va  faqatgina  muzey 
kollektsiyalarining  tadqiqi  bilan  chegaralanib  qolganlikda  tanqid  qilgan.  Shubhasiz  u  olib 
borgan    dala-tadqiqotlari  jarayonida  juda  ham  qiziqarli  ilmiy  xulosalarga  kelgan. 
Malinovskiyning  kuzatishicha,  etnologiya  ko‘pincha  qandaydir  psixologik  gipoteza,  yoki 
faqatgina  biror  buyum-yoki  predmetni  tavsif  qilish  bilangina  cheklanib  qolmasligi  lozim. 
Uning fikricha, tashqi ku
zatuv ko‘pincha anglashilmovchilikga olib kelishi mumkin. Shu bois 
ichki  xususiyatlarni  chuqur  anglamasdan  turib  madaniyatni  yaxlit  tarzda  tushunib 
bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ma‘lum bir buyumni nafaqat tavsiflash, balki u qanday yaratilgan, qay 
tarzda  va  qay  holatda  ishlatish  mumkin,  ushbu  ashyo  kimga  tegishli  va  kim  tomonidan 
ishlatilishini  ham  tadqiqotchi  anglab  bilishi  lozim.  Mashhur  ingliz  tadqiqotchisi  etnologiya 
fanining  tavsifiy,  faktologik  xususiyatiga  qarshi  bo‘lib,  bu  faqatgina  madaniyatning  ayrim 
xususiyatlarinigina aks ettiradi, degan xulosoga kelgan.  
Malinovskiy  madaniyat  nazariyasiga  oid  o‘z  qarashlarini  1944  yilda  ingliz  tilida  nashr 
etilgan  «Madaniyatning  ilmiy  nazariyasi»    nomli  kitobida  bayon  qilgan.  Uning  fikricha, 
madaniyat  faqatgina  insonlar
ga  xos  biologik  xususiyat  bo‘lsa-da,  insonlar  ham  tirik 
jonzotlar  hisoblanadi.  Shu  bois  u  o‘zining  biologik  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  oziq-
ovqat,  yonilg‘i  kabi  kundalik  ehtiyoj  buyumlarini  qidirib  topadi,  uy-joylar  quradi  va  kiyim-
kechaklarni  tikib  ki
yadi.  Demak  u  mazkur  amallari  orqali  o‘z  atrofida  ishlab  chiqarish 
munosabatlarini  shakllantiradi  va  bu  fanda  madaniyat  deb  yuritiladi.  Turli  madaniyatlar 
orasidagi  o‘zaro  farq  insonlarning  turfa  xildagi  oddiy  ehtiyojlarini  qondirish  usullari  bilan 
izohlas
h mumkin. Shu bois ham  madaniyat moddiy va ma‘naviy madaniyatga bo‘linadi. 
O‘z navbatida B.Malinovskiy antropologiya va etnologiyaning muhim vazifalarini, jumladan, 
dunyo  madaniyatlarini  tadqiq  qilishni  asos  qilib  olgan  dastlabki  etnologik  maktab  vakillari 
qarashlari  borasida  ham  o‘zining  munosabatini  bildirib  o‘tgan.  Ayniqsa,  u  mashhur  olim 
E.Taylorning «qoldiqlar metodi»ni  jiddiy tanqid  ostiga olgan.  Uning fikricha,  ushbu uslub 
asosida  tadqiqotlar  olib  borgan  ko‘pgina  olimlar  har  bir  narsa  yoki  ko‘rinishdan  qoldiqiy 
xususiyatlarni  izlaganlar.  Aslida  esa  har  doim  ham  qoldiqiy  ko‘rinishlar  emas,  balki 
madaniyat  ko‘rinishlari  bo‘lib,  undagi  eski  ko‘rinishlar  o‘rnini  yangilari  egallagan. 
Malinovskiyning  fikricha,  qoldiqiy  ko‘rinishlar  etnologiya  faniga  jiddiy  zarar  etkazgan  va  u 
madaniyat  ko‘rinishlarining  o‘zaro  funktsional  bog‘liqligi  munosabatlariga  ziddir.  Mashhur 
olimning  tasdiqlashicha,  madaniyatda  hech  qanday  ortiqcha,  tasodifiy  yoki  qoldiqiy 
ko‘rinish  bo‘lmaydi.  Madaniyatdagi  barcha  ko‘rinish  yoki  holat  ma‘lum  bir  funktsiyani 
bajaradi. Agar bunday bo‘lmaganda edi bunday ko‘rinishlar allaqchonlar iste‘moldan chiqib 
ketgan    bo‘lar  edi.  Jumladan,  qandaydir  bir  urf-odat  qandaydir  bir  jarayonda  qo‘llanilar 
ekan,  demak  u  nimagadir  zarurdir.  qolaversa  B.  Malinovskiy  diffuzionistlarni  ham  tanqid 
ostiga  oladi  va  uning  fikricha,  diffuzionistlarning  katta  xatolaridan  biri  mazkur  oqim 
tarafdorlari  madaniyatni  tirik  bir  organizm  tarzida  emas,  balki  jonsiz  buyumlar  majmuidan 
iborat deb hisoblaganliklaridir. 
A.Radkliff-Braun  (1881-1955yy).  Etnologiyadagi  funktsionalizm  oqimining  yana  bir  yirik 
namoyandalaridan  biri  Alfred  Radkliff  Braun  bo‘lib,  uning  ayrim  qarashlari  Malinovskiy 
qarashlariga o‘xshash bo‘lgan. U Riversning shogirdi bo‘lib, fanda ingliz struktrializmi yoki 
strukturaviy  funktsionalizm  degan  yangi  yo‘nalishni  olib  kirgan.  Bu  yo‘nalishning  o‘ziga 
xosligi  shundaki,  mazkur  nazariyada  jamiyat  hayotini,  odamlar  ongi  va  munosabatlari 
hamda  madaniyatini  funktsional  va  strukturaviy  tahliliga  oid  qarashlari  umumlashtiradi.  
Radkliff-
Braun o‘zining asosiy qarashlarini 1950 yilda chop etilgan «Etnologiya  va sotsial 
antropologiya  metodi»  va  1952  yilda  e‘lon  qilingan  «Madaniyatning  tarixiy  va  funktsional 
talqini» hamda «Primitiv jamoaning tuzulishi va funktsiyasi» nomli kitoblarida ifoda etgan. 
Radkliff Braun qarashlariga ko‘ra, insonni o‘rganuvchi asosiy fan antropologiya bo‘lib, uch 
asosiy  yo‘nalishga-odam  biologiyasi,  qadimiy  arxeologiya  va  etnografiyaga  bo‘linadi. 


- 37 - 
 
Etnografiya  esa  o‘z  navbatida  etnologiya  va  sotsial  antropologiyaga  bo‘linadi  va  ularning 
har bir o‘ziga xos maxsus uslublariga egadir. 
U  etnologiya  deb  alohida  xalqlarni  aniq  tarixiylik  prntsiplari  asosida  o‘rganuvchi,  ularning 
ichki taraqqiyoti, o‘zaro madaniy aloqalarini tahlil etuvchi fanga nisbatan qo‘llashni tavsiya 
etgan. 
Muallifning  fikricha,  etnologiyaning  asosiy  metodi  yozma  manbalar  asosida  insoniyat 
madaniyatini tarixiy rekonstruktsiya qilishdir. 
Ijtimoiy  antropologiya  uning  fikricha,  insoniyat  madaniyati  o‘rganishda  umuman  boshqa 
yo‘nalishni  aks  ettiradi.  Uning  vazifasi-aniq  bir  xalqlar  madaniyatini  rekonstruktsiya  qilish 
emas,  balki  xalqlarning  ijtimoiy  va  madaniy  taraqqiyotidagi  umumiy  qonuniyatlarni  izlab 
topishdir. Ushbu fan tabiiy fanlarning induktiv va anologik metodlaridan foydalanadi. 
Intuk
tiv  metodning  mohiyati  materiallarni  ajratib  tanlab  olish  va  umumlashtirish  bo‘lib,  bu 
madaniy ko‘rinishlarni o‘rganishga taalluqlidir. 
 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling