O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
-savol: Dala etnologik tadqiqotlarni tashkil etish
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspiditsiyaning moddiy asoslari
6-savol: Dala etnologik tadqiqotlarni tashkil etish.
6-asosiy savolning bayoni: Ekspedittsiyaga tayyorgarlik jarayonida tadqiq qilinayotgan mavzuga doir 20-30banddan iborat savolnoma tuzi, undan ahbarotchi bilan suhbat paytida foydalanish mumkin. Ekspiditsiyaning moddiy asoslari: Dala ishlarini olib borishni engillatishda ma‘lummalumotlarning sifatini oshirishda zamonaviy texnik vositalaridan fotoaparat magnitafon, vidio kabillarni tayyorlab qo‘ymoq lozim. Har bir ekspeditsiyada albatta kiyim- kechak, uy joylar, aholi xo‘jaligi haqida gaplar boradi. Shuning uchun chizmachilik ashyolari albatta zarur. Qalam, akvaler, guash, bo‘yoqlar, chizg‘ich, vatman, albatta o‘lchagich (metr) kabi zarur yozuv- chizuv materiallari bo‘lmog‘i zarur. Ekspeditsiya davrida etnologning asosiy quroli umumiy daftarga olingan dala yozuvlar qalam bilan tushiriladi. Xalqlarn ing maishiy turmush tarzi, madaniyati va ishtimoiy hayotini o‘rganishda etnologiya fanida ikki xil uslub qo‘llaniladi. Statsionar ya‘ni uzoq muddat bir joyda yashab kuzatish, yoki ekspeditsiyalar orqali olib boriladi. Uzoq muddatli etnolog tadqiqotlar umum an o‘rganilmagan yoki kam tadqiq qilingan etnik guruhlar va xalqlar madaniyati maishiy turmushi, tili va irqiy xususiyatlarini tekshirishda qo‘l keladi. Hozirgi paytda bunday etnoslarning nihoyatda kamligi sababli statsionar uslub ahyon- ahyonda qo‘llaniladi. Statsionar uslubning kamchiligi ko‘p, etnolog uzoq muddat davomida ma‘lum aholi orasida yashab tadqiqot olib borar ekan g‘oyat chuqur ilmiy hulosalari keladi. Statsionar uslubning muvaffaqiyatining N.N.Mikulxo Maklaynning ovrupaliklarning oyog‘i etmagan Yangi Gvineyaning shimoliy-sharqiy qirg‘og‘ida popuaslar orasida olib borgan tadqiqotlarida ko‘rish mumkin. 1871-72, 1876-77 va 1885 yillar N.N.Mikulxo- Maklayning papuaslarni xo‘jaligini, moddiy madaniyati, kundalik turmush tarzini, urf-odat va udumla rini, o‘ziga xos san‘atini tariflab yozgan ma‘lumotlar bugungi kunga qadar etnologiya fanida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu borada XX asrning 30 yillarda V.G.Bograz (chukchalar ichida) va L.Ya.Shtrenberg (chilyaklar, goldlar aynlar ichida)lar tadqiqotlar olib borib qimmmatli ma‘lumotlar qoldirishgan. Amerikalik elshunos olima Margret Mid 1927 yili Samoa orolida, 1828-29 yillari Admiralteystva orollarida manus qabilalari bolalarini, 1930-33 yillarda yangi Gvineya papuaslari, arpesh, muduchmor, yatmul va chambulilarni, nihoyat 1936-39 yillarda Bali (Indoneziya) oroli aholilarini o‘rgandi va 25 dan ortiq ilmiy asari jamlanagn «Madaniyat va bolalar dunyosi» asari yaqinda chop etildi. Etnologlar keyingi yillarda tadqiqotlar olib borishda uzoq va qisqa muddatli ekspeditsiyalarni ko‘plab qo‘llamoqdalar. Bunday dala ekspeditsiyalari oldiga chiqib bir necha oygacha davom etishi mumkin. Ushbu tadqiqotlar vaqtida ancha yirik hududlar (tumanlar) qamrab olindib, bir necha guruh aholi o‘rganilishi mumkin. Bunday eks peditsiyalar davrida qisqa muddatda o‘rganilishi mumkin bo‘lgan mavzular tanlab olinadi. Etnologiya ekspeditsiyalar ikki usulda ma‘lumotlar to‘planadi: to‘pli (kustovoy) va yo‘nalishili (marshrutny). YO‘nalishli tadqiqotda doimo harakatda bo‘linadi, rejalashtirilgan tumanlada ekspeditsiya uchun tanlangan aholi punktlari yo‘l ustiga joylashgan bo‘lishi kerak. Tadqiqotchi xar bir aholi punktida ma‘lumotlar to‘plab 2-3 kun yana davom etadi. To‘pli tadqiqot uslubida rejada yirik aholi yashaydigan joy ekspeditsiya bazasi qilib tanlanadi. Mazkur joyni o‘rganishga ko‘proq vaqt (5-7 kungacha) sarflanib, to‘plangan - 53 - ma‘lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida, uning atrofidagi qishlaqlar aholisi esa har biri 1-2 kun davomida o‘rganiladi. To‘pli tadqiqotni yo‘nalishli uslub bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bu sohada Namangan viloyatidagi Ayqirg‘on qishlog‘i 1950-55 yillarda, farg‘ona viloyatidagi Vodil qishlog‘i 1990 yilda keng rejali dasturlar bo‘yicha o‘rganilgan. Ekspeditsiyaning vazifalari va maqsadiga binoan, ma ‘lumotolarning haqqoniyligi ikki xil uslub bilan ta‘minlanadi: birinchi tanlab olish; ikkinchisi yalpi tadqiqotlar o‘tkazish. Tanlab olib etnologik o‘tkazishda etnik xususiyatlari jihatidan o‘zaro yaqin qishloqlardan birontasi olinib, chuqur o‘rganiladi, qolganlari esa olingan materiallarni aniqlashtirishda foydalaniladi. Yalpi tadqiqot o‘tkazishda etnologiyaning sohalari qatorasiga o‘rganiladi: masalan uy-joylarining barchasi, mavjud oilalarning hammasi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling