O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
2-savol: Tarixiy-etnografik oblastlar. 2-ASOSIY SAVOLNING BAYONI: Avstraliya va Tasmaniya xalqlari; Melaneziya va Yangi Gvineya xalqlari. Bu xududuta axoli Bismark arxipelagi, Antrakasto oroli, Santa-Krus, Yangi Gibrid, Yangi Kaledoniya,Luayota,Fidji va Rotumu orollarida yashaydilar. Mikroneziya xalqlari. Marian, Karolin va Marshall orollarida, Gilbert shuningdek Oshen va Naurulardan iborat; Polineziya va Yangi Zelandiya xalqlari, Tongo, Samoa, Uollis, Xorn, Tuvalu, Tokelau, Kuk, Tubuayi, Obshestvo, Tuamotu, Markiz, Gambe, Gavayya. Aloxidg) Niue va Pasxa orollaridan tashkil topgan. Ushbu xalqlarning tabiiy juda keng hududlarda joylanishi tarixiy- madaniy birlikni ta‘minlaydi. Nisbatan yaqin antropologik xo‘jalik, moddiy va ma‘naviy madaniyatlardagi yaqinlik bilan Polineziya xalqlari ajralib turadi. Avstraliya va Okeaniya aholisiiiig etnogenezi. Olimlarning farazicha dastlabk i aholi guruxlari qit‘aga bundan 40 ming yil avval kela boshlagan. Irqiy jixatdan axoli avstralo- veddoid irqiga mansub bo‘lib; cho‘zinchoq bosh(kalla) suyagi, peshonasining o‘rtasidagi bo‘rtma, keng burun, qoramtir-qo‘ng‘ir badani rangi, qoramtir (to‘lqinsimon) sochlari bilan farqlanadi. Avstraliyaning tub axolisi yuzlari va badanlarida soqol va tuklarning qalinligini ham qayd etish lozim.Axolining kelishi to‘lqinsimon bo‘lib, muz davridan boshlangan. Ko‘chib kelishlarning eng faol qismi bundan 25 ming yil avval boshlangan. U paytlarda dengiz sathi xozirgidan 60 metr past bo‘lgan. Dastlabki axoli o‘zlashtarish xo‘jalik faoliyatini so‘nggi paleolitga xos tosh qurollar bilan olib borgan, Yangi Gvineyaga dastlabki aholi guruxlari bundan 30 ming yil avval etib kelgan va ular xam avstroloidlar bo‘lgan. Axolining keyingi to‘lqini bundan 10 ming yil avval keladi. Ular silliqlangan tosh bolta va uning yordamida daraxtlarni kesib, yondirib dehqonchilik bilan shug‘ullanishni boshlaydilar. Bu axolining avlodlarini Yangi Gvineyada papuaslar deb ataladi. Ko‘chishlarning keyingi to‘lqini Okeaniyaga bundan 3 ming yil avval keladi. Bu axoli tili avstroneziya til oilasiga mansub bo‘lgan. Antropologik jixatdan bu etnik guruxlar janubiy mongoloidlar bo‘lishi mumkin. Ular neolit dexqonchilik bidan shug‘ullanib cho‘chqa boqqanlar. Vaqt o‘gishi bilan oldokeaniya jamoasi bo‘linib Yangi Gvineya, Bismark arxepilagi, Solomon, Yangi Gibrid, Yangi Kaledoniya orollariga ko‘chib o‘tib tub axoli bilan aralashib ketadilar. - 56 - Ulardan bir qismi Yangi Gebrid orolining markaziy qismida yashab qolib assimilyatsilashmagan. Xuddi shu gurux keyinchalik «Sharqiy okeaniyaliklar» etnik va til jamoasini tashkil etib bundan 4 ming yil avval yangi —yangi orollarni o‘zlashtira boshlaydilar. Migratsiyalar Melaneziyada rang —barang til va madaniyatlarni shakllantiradi. Fidjidan «Sharqiy okeaniyaliklar» miloddan avvalgi 1200 yili Tongaga miloddan avvalgi 1000 yili esa Samoa orollariga o‘gashgan. Xuddi shu joylarda keyingi asrlarda o‘ziga xos polineziyaliklar madaniyati shakllanadi. Olimlarning ko‘pchiligi Avstraliya va Okeaniya axolisini Janubiy Sharqiy Osiyodan o‘tganligi g‘oyasini (V. Gumbold, Te Rangi Xiroa) yoqlaydilar. Lekin norvegiyalik olim Tur Xayerdal Polineziyaliklarni Amerika bilan aloqadorliklarini tasd iqlash maqsadida 1947 yili «Kon Tiki» solida Perudan Tuamotu oroliga qadar dengiz ekspeditsiyasi uyushtirilgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling