O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/180
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#197922
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

 
4-savol: Yangi Gvineya xalqlari. 


- 57 - 
 
 
4-ASOSIY
 
SAVOLNING
 
BAYONI: 
Orolning Sharqiy qismi Papau-
Yangi Gvineyasida 4,1 mln aholi yashaydi.(1995y), G‘arbiy 
tomoni  Irian-Jay  Indoneziyaga  qaraydi.  Axolining  90%  papuaslar,-700  ga  yaqin  etnos 
mavjud. 
Eng yirik til oilasi transogvineya tillarida 85%, Sepik-ramuda tilida 8%, torichellida 7% aholi 
gaplashadi.  Eng  yirik  etnoslar;  enga  250  ming,  chimbu  220  ming,  kamano  140  ming  va 
xokazo. 
Antropologik jihatdan xam papuas va melaneziyaliklar tipi (Avstroloid irqi) farqlanadi. Ikkala 
tipda  ham  jingalak  soch,  qalin  lab,  keng  burun  bo‘lsada  papuaslar  cho‘zinchoq  yuzlari, 
burunlari  yoysimonligi  bilan  ajralib  turadi.  Yangi  Gvineyaliklar  so‘qa  dehqonchiligi  bilan 
shug‘ullanib-taro, yams, batat, banan, shakarqamish, kokos va saga palmalari, non daraxti 
etishtiradilar.  An‘naviy  mehnat  qurollari-tosh  bolta,  cho‘qmor,  uchi  o‘tkir  tayoq 
(so‘qa)bo‘lgan.  Uy  hayvonlaridan:  cho‘chqa,  tovuq  va  it  boqqanlar.  Dehqonchilikdan 
tashqari  ovchilik,  qisman  baliqchilik  mavjud.  Hunarmandchiligi  dexqonchilikdan  ajralib 
chiqmagan. 
Qishloqlarida  aholi  soni  100-
150  kishidan  iborat.  Ko‘p  joylarda  erkaklar  uylari  saqlanib 
qolgan. Uylari ustunlar ustiga qurilgan bo‘lib bambuk va daraxt po‘stloqlari asosiy qurilish 
ashyosi  xisoblangan.  Tomlari  palma  yaproqlari  bil
an  yopilgan.  Uylari  asosan  to‘g‘ri  to‘rt 
burchakli qurilgan. 
Erkaklarning  an‘anaviy  kiyimlari  tapadan  qilingan  belbog‘chalar  bo‘lsa,  ayollari  o‘simlik 
tolalari  va  o‘tlardan  kichkina  yubkachalar  kiyishgan.  Zeb-ziynatlar  asosan  erkaklarda 
bo‘lgan. 
Taomlari. 
Asosan  o‘simlik  mahsulotlaridan  bo‘lib,  go‘sht  kam  iste‘mol  qilingan.  Taomlarni  ochiq 
olovda tayyorlashgan. Olovni esa ishqalash yo‘li bilan olishgan. Tuzni kuldan ajratganlar. 
Papuaslarda  qabilalar  bo‘lsada  ular  ko‘proq  etnik  xususiyatga  ega.  Papuaslarda  qabila 
boshliqlari (germanlar, 
slavyanlardagi kabi), qabila tashkiloti strukturalari bo‘lmagan. Ularni 
faqat til va madaniy birlik bog‘lab turgan. Papuaslar qabila urug‘chilik-patriarxal bo‘lib, urug‘ 
jamoalari fratriyalarga bo‘lingan.   
Papuaslar jamoalari 3 asosiy turga: 
Qon-qarindoshlik. 
Geterogen jamoa (getera-
o‘ynash) 
Qo‘shnichilik jamoalariga bo‘linadi. 
Papuaslarning  diniy  tasavvurlari  xilma-
xil  bo‘lib,  ba‘zi  qabilalarda  totemizm,  sehrgarlikka 
ishonch xam keng yoyilgan. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling