MA’RUZA №15
ASOSIY MA`LUMOTLAR
Yer yuzidagi suvlarni ifloslanishlardan muhofazalashda “Sanitariya me’yorlari va qoidalari” ga binoan daryo, ko`l va suv havzalaridagi suvlarning sifati bo`yicha me`yorlash o`tkaziladi.
“Sanitariya me`yorlari va qoidalari” ga asosan suv havzalari ikki toifaga bo`linadi:
I. Ichimlik va madaniy–maishiy maqsadlarda ishlatiladigan suv havzalari.
II. Baliqchilik xo`jaliklarida ishlatiladigan suv havzalari.
Birinchi turdagi ob`ektlar suvlarining tarkibi va xossalari eng yaqin oqimdan yuqorida bir kilometr masofada joylashgan suvning quyilish joyidagi sifat ko`rsatkichi me`yorlariga, oqmaydigan suv havzalarida esa suvdan foydalanish punktidan bir kilometr radiusdagi suvning sifat ko`rsatkichi me`yorlariga mos kelishi shart.
Baliqchilik xo`jaligidagi suv havzalarida suvning tarkibi va xossalari, oqova suvlarning chiqish joylarida, yoyilib tarqalishidagi suvning sifat ko`rsatkichi me`yorlariga, suvning chiqib yoyilishi bo`lmasa, suv chiqish joyidan 500 m masofadan uzoq bo`lmagan joydagi suvning me`yorlariga mos kelishi kerak.
“Sanitariya me`yorlari va qoidalari” suv havzasidagi suvlarning suzib yuruvchi aralashma va muallaq moddalari, hidi, ta`mi, ranglari va harorati, PH ning qiymati, suvda kislorodning eriganligi va minerallar alashmasining konsentrasiyasi hamda tarkibi, suvdagi kislorodning biologik talabi, zaharli va zararli moddalarning tarkibi hamda ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyasi (RECHK) va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning ko`rsatkichlari uchun me`yorlovchi qiymatlarni belgilaydi (o`rnatadi).
9-rasmda oqova suvlarinini dastlabki tozalash boshqichikeltirilgan.
Chiqindilarni
olib ketish transportlari
Oqova suvlari
keyingi tozalash
bosqichga yuboriladi
Oqova suvlarini qabul qilish joyi
Do'stlaringiz bilan baham: |