14-MAVZU: O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyoti
Ajratilgan soat – 2 soat
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlarini shakllantirishda o’ziga xos yo’li.
O’zbekistonning kuchli ijtimoiy siyosati.
O’zbekistonda ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi.
Darsning maqsadi:
O’zbekistonda ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi,milliy istiqlol g’oyasi uning mohiyati va tarixiy ildizlari, diniy qadriyatlar va islom ma’naviyatining tiklanishi to’g’risida tushuntirish.Talabalar ongida milliy g’urur, vatanparvarlik, yurtga sadoqat hissini tarbiyalash.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li, iqtisodiy islohotlar, bozor infratuzilmasini shakllantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar haqida tushuntirish. Talabalar ongida milliy g’urur, vatanparvarlik, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhini shakllantirish.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar:
1-asosiy savol bo’yicha: I.Karimovning “O’zbekiston bozor munosobatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” asari. O’zbekistoning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy g’olati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub o’zgartirishlarga tayyyorgarlik darajasiga tayangan holda I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi. (1.547-555; 400-401.)
2-asosiy savol bo’yicha: Bozor munosobatlariga o’tish sharoitida aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish asosiy tamoyil qilib belgilandi. Respublikada alohida tibbiy va ijtimoiy xizmat ko’rsatishining rivojlangan tizimi bunyod etildi. Yosh oilalarni qo’llab- quvvatlash dasturi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi. Iqtisodiyotda yuz bergan tarkibiy o’zgarishlar. Qishloq xo’jaligida islohotlar,uning vazifalari va yo’nalishlari. Moliya bank tizimi. Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi. (1.582-593; 2.418-434.) (1.591-593; 2.431-432.)
3-asosiy savol bo’yicha: Mustaqillik sharofati tufayli ma’naviy qadriyatlarning tiklanganligi, Ramazon va Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’zning qayta tiklanishi, o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, o’zbek xalqi qadr-qimmatining tiklanishi. (1.593-597;2.435-436.)
Adabiyotlar:
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003. 675 b
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |