O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish


Download 345.69 Kb.
bet29/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

3. Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish. Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalarni kuzatish orqali ularni suhbatga o‘rgatish. Bolalar turli mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchalarini, ta’ssurotlarini so‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening o‘yinchog’im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» «O‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyapmiz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda», «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar yangi so‘zlarni bilib olishadi. Suhbatlar natijasida bolalar nimalarni o‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi so‘zlarni esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollarni tarbiyachi o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bo‘lishi, bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak bo‘ladi.
Mashg’ulotni boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suhbati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan” nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nimalar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvirlangan suratni olib keldim,– deb suratni ularga ko‘rinarli joyga ilib qo‘yadi va bolalar uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1-2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiyachi unda tasvirlanganlar bo‘yicha savollar bera boshlaydi. Savollar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa, undan maqsad: bolalarning mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qanday yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘lsa, tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Suratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik guruh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshugida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U nimadan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? Ip kalavalari qanday rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida bcriladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ko‘rib chiqish vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning panjalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Savatni kim ag’darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib beradi: «Mana bu ona mushuk – Mosh. Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushukchalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rangdagi mushukcha yesa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ahtarib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va «xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yangi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar jo‘r bo‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning «Mushuk « she’rini):
Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo‘ymayman,
Qancha yemay to‘ymayman.
yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh hikoyasi») davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xurillaydi va boshqa so‘zlarni kiritadi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling