O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet5/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nazorat savollari
1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari qanday?
2. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalarini ayting?
3. Ilk yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish usullari ?


3-mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish. Nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
Maqsad: Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o’zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati qobiliyati bo’lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakillanishi
Kalit so’zlar: tovushning fizik – akustik tabiati, tovushning balandligi, tovush cho’ziqligi. to’g’ri talaffuz, ichki individual, antogenezi


Reja:

  1. Ravon nutq haqida tushuncha.

  2. Ravon nutqni rivojlantirish usullari.

  3. To’g’ri talaffuz jarayonini tashkil etish yo’llari.

Ravon nutq- bu kishilarning muloqotini va o’zaro bir birlarini tushunishini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikirdir. Ravon nutqni fikirlar dunyosidan ajrayib bo’lmaydi: ravon nutq bu fikirlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikirlashi, o’zi qabul qilayotganlarini muloxaza qilish va ularni to’g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o’zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati qobiliyati bo’lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakillanadi. Ravon nuqning shakillanishi ilk yoshdan boshlab asta –sekin ro’y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yeti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo’lishi va uning rivojlanish jarayoniga aloxida etibor qaratish lozim. Har bir inson hayotida ravon nuqt muxim ahamiyatga ega bo’lib u 3 ta asosiy vazifani amalgam oshiradi:



  1. Individuallararo 2. Ichki individual 3.Umuminsoniy.

Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish – maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshining nihoyasiga kelib bola kattalarga hos bo’lgan og’zaki nutqning asosiy shakillarini egallaydi, ya’ni, ravon nutqninh ikki shakli – diologik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining vazifasi – bolalarda ravon so’zlashuv nutqni ( diologik nutq ) va monolagik nutqni rivojlantirishdan iborat. So’zlashuv nutqu\ini shakillantirish vazifasi ko’p qirrali. maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir –birini tinglash, savollarga javob berish va o’zi ham savollar berish, suxbat mavzusi bo’yicha izchil javob berish qobiliyati shakillanadi.
Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilar belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab oqibatli aloqada bo’ladigan bir biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo’lishi mumkun: faktlar haqiqatdan ham bir vaqrdalik yoki ketma – ketlik munosabatlarida bo’lishi mumkun.
Bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladigan faktlar haqidagi habarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma –ket keladigan habar bayon qilish deb yuritiladi. Sabab oqibatli munosabatlarda bo’lgan faktlar haqidagi xabarlar esa muloxoza deb yuritiladi.
Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo’lib, u 3 ta asosiy vazifani bajaradi: Individuallararo. Ichkiindividual. Umuminsoniy. Nutq vazifasi uning antogenezidagi haqiyqiy rivojlanish bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o’ziga hos xususiyatlarga egadir:
1-vazifasi – Individuallararo – kishilar o’rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu xolatda nutq og’zaki nutq - monolog , diolog, bir necha odamlar suxbati sifatida chiqadi.
2- vazifasi - Ichkiindividual – bu yerda nutq ko’plab ruxiy jarayonlarni ( fikrlash, diqqat e;tabor, xotira, tasavvur, va boshqa) aniq – tiniq anglash darajasiga ko’targani hamda shaxsga ruxiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
3-vazifasi - Umuminsoniy. – bu o’rinda nutq aloxida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy – tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonin beradi. Ushbu holatlarda – bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
Diolog – suxbat bolaning kattalar va o’z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’qitish ikki shaklda amalgam oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda.
Diolog ko’proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo’ladi va u bolalar lug’atini boyitish , talaffuz ga oid, Grammatik ko’nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko’nikmalariga ega bo’lish bazasi hisoblanadi.
Bolalarda monologik nutqni muntazam o’qitish taxminan 5 yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotininh ikkinchi yilida – bolalarni o’qish va sanoq sherlarni yodlash jarayonida boshlanadi. 4 yoshdan boshlab monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo’llashga, 7 yoshdan boshlab esa – qisqa muloxaza yuritishga qodir bo’ladilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarni diologik muloqoti negizida nutqning yangi shakli – monolog tug’iladi va shakillanadi. U bolaning o’z fikrlari, his tuyg’ulari, atrof muxit haqidagi bilimlarini o’rtoqlashish istagi oqibati vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shaklida bo’ladi. Hikoyada albatta bolani lol qoldiradigan va uni hayajonga slogan biror bir voqea – hodisa aks etadi. Ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqninh ikki shaklini – diologik va monolagik shaklini ko’rib chiqish lozim. 5
Diolog ikki yoki undan ortiq so’zlovchining biror bir vaziyat bilan bog’liq mavzudagi fikirlarining almasj\hinuvi bilan tavsiflanadi. Diologda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksis jixatdan soda bo’lgan darak, undov, so’roq gaplarning barcha turlari bayon etilgan. Til vositalari imo ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolala rturli hil til vositalaridan foydalangan holda diolog tuzish – so’rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k zaruratiga duch kelsin.
Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, MTM dagi hayoti, uning do’stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va tasurotlari bilan bo’g’liq turli hil mavzularda suxbat o’tkazishdan foydalanish lozim. Aynan diologda suxbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayt etilgan malaka va ko’nikmalar monologok nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan diologik muloqotni yo’lga qo’yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta sekinlik bilar rivojlanadi. Dastlab bolalar ro’y berayotgan hodisalarni sharxlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyztda nutq tengdosh bolaning mavjud bo’lishi va u bilan so’zlashish imkoniyati orqali rag’batlantiradi hamda u o’z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish , shuningdek, ijtimoiy muloqot o’rnatish funksiyasini bajaradi.
Bolalar o’rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga egadir. Diolog ko’pincha shunday shakilda olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi. Yoki ro’y berayotgan hodisaga nisbatan o’z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orasida bolalar bir biriga etibor berishni, do’stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko’rinishi detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o’rganadigan ko’plab xalq o’yinlari mavjud.
Diolog muloqotini yo’lga qo’yish uchun stol o’yinlari chop etilgan o’yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo’lib o’ynashda bolalar diolog hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir biriga xushmomulalik bilan murojat qilish. O’z nuqtai nazarini dalil isbotlar bilan himoya qilish, fikirlarni sherigi bilan muvofiqlashtirishni o’rganadilar. Monologik nutqni rivijlantirish bolalarda keng yoyilgan fikr tuzishni o’qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikirning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakillantirish zarur.
Har qanday tugallangan fikirda iboralarni bog’lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo’ladi. Gaplarni bog’lashning eng keng tarqalgan usulu – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o’rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositasi hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang barang qiladi., chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so’zni qayta takrorlashdan qochadi. Pedagog bolalarga gaplarni paralel ravishta bog’lashni o’rgatishi zarur, bunda gaplar bir biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama qarshi qo’yiladi.
Ravon fikirni tashkil etishda intonatsiya katta rol o’ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyadan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakillantirish umuman matnning takroriy birligi va mazmuman tugallanganligini qatr etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so’z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to’lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealr to’qish, shaxsiy tajribadan so’zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini , rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so’z shaklini aytib qo’yishi birgalikdagi so’z ijodkorligini muxim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko’ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular mt yoshidagi bolalarning ravon fikrida kontaminasiyalangan (aralash) ko’rinishda uchrashi mumkun.
Har xil turdagi matnlar tuzishni o’qitishni ishlashning suxbat, o’zining va begonalarning matnini taxlil qilish, reja tuzish va u bo’yicha hikoya qilish, matn sxemasidan, turli hil mashqlardan foydalanish kabi shakillarda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling