O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


 DREAMWEAVER DASTURIDA ELEKTRON QOʻLLANMA


Download 4.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana17.10.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1706295
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Web dizayn



144 
3.5. DREAMWEAVER DASTURIDA ELEKTRON QOʻLLANMA 
YARATISH 
Web-dasturlash sohasi bo‘yicha Adobe Dreamweaver CS4 dasturini 
o‘rgatuvchi multimediyali o‘qitish tizimi yaratilgan. Mazkur multimеdiyali 
qo‘llanma Adobe Dreamweaver CS4 dasturini vidеodarslar orqali o‘rgatishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, bu qo‘llanmadan vеb-dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan 
foydalanuvchilar hamda zamonaviy vеb-tеxnologiyalarni o‘rganmoqchi bo‘lganlar 
foydalanishlari mumkin. Ularning mavjud analoglaridan farqi shundaki, 
vidеodarslar to‘liq o‘zbеk tilida yaratilgan. Foydalanuvchi mеnyusi imkon 
darajasida soddalashtirilgan.
Multimediyali ta’lim tizimini yaratishda bir qator jarayonlarni bajarish kerak, 
jumladan, ta’lim sohasini tanlash va zarur fanlarni tahlil qilish, videodarslar 
yozishga mo‘ljallangan dasturlar orasidan eng yaxshisini tanlash, videodarslarni 
yozish hamda montaj qilish va boshqalardan iborat. Videodarslar yozadigan 
dasturlar bir nechtadir. Ulardan Webineria, UltraVNC Screen Recorder, Captivate, 
BB FlashBack Express, Camtasia Studio, Jing kabilarni alohida ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Ular kompyuter ekranidagi harakatlar, mikrofondan ovozlarni yozadi 
hamda kompyuterlar tushunadigan video fayllar formatiga o‘girib beradi. Bu 
vositalardan Camtasia Studio dasturi o‘zining interfeysi, juda ko‘plab formatlari
video fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‘yilishi, darslarga menyular hosil 
qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham 
yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib 
ko‘rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi 
dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi.
Camtasia Studio dasturi to‘rtta yordamchi qismlardan iborat: Camtasia 
MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va Camtasia Recorder. Dasturning 
asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu 
dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio dasturi oynasining pastki qismida 
timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo‘lib, u orqali audio va video fayllar 


145 
ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. Bular jumlasiga fayllarni bir-biriga 
bog‘lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash kabilar kiradi. Asosiy oynaning 
markazida dastur ishlashi mumkin bo‘lgan fayllar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi «Корзина 
клипов» (Clip Bin) qismi joylashgan. Shu fayllarni o‘ng tarafdagi videopleyerda 
ko‘rish mumkin. Bu kichkinagina Camtasia Player dasturi faqatgina bitta vazifani 
bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi.
55-rasm. Camtasia Studio Player dasturi 
56-rasm. Camtasia Studio dasturi


146 
Ta’lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug‘dirishi 
mumkin. Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak 
bo‘ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida 
hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual obyektlarni qo‘llagan holda 
mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo‘ladigan har bir 
sahifa xuddi web-sahifalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, sahifalardagi obyektlarda 
turli xil amallarni belgilash mumkin. Yaratilgan multimediyali o‘qitish tizimi 
foydalanuvchilarga diskda keladi. Bu diskni kompyuter diskovodiga qo‘yganda 
diskdagi autorun.exe fayli ishga tushadi. Natijada foydalanuvchi uchun qulay 
bo‘lgan navigatsiya menyusi ekranda hosil bo‘ladi. 2-rasmda videokursning barcha 
sakkizta bo‘limi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, asosiy oynada kirish darsini ishga 
tushiruvchi tugma bo‘lib, bu darsda kursning maqsadi, o‘rgatadigan sohaning 
qisqacha tahlili hamda videokursdan foydalanish ko‘nikmalari yoritib berilgan. 
Ekrandagi mos tugmaga bosilganda kerakli bo‘limning ichki sahifasiga o‘tiladi. Bu 
sahifada shu bo‘limning darslari joylashgan bo‘ladi. Misol uchun, 1-bo‘limga 
kirilganda 3rasmdagi oyna ochiladi:
57-rasm. Video kursning asosiy oynasi 


147 
58-rasm. Video kursning 1-bo‘lim oynasi 
Videokursdagi biror-bir bo‘limga kirilgandan so‘ng asosiy oynaga qaytish 
uchun navigatsiya tugmalari mavjud. Ularni qo‘llab asosiy oynaga qaytish, 
navigatsiya menyusini pastga tushirish va navigatsiya menyusini yopish mumkin. 
Multimеdiyali qo‘llanmaning dasturiy va tеxnik talablari: OT: Windows /7/8/10/11; 
Qattiq disk hajmi: ixtiyoriy; Opеrativ xotira: kamida 128 MB; Framework: ixtiyoriy; 
Flash Player: ixtiyoriy; Videokodek: TechSmith Screen Capture Codec; 
Audiokodek: Lame mp3. 
Hozirda deyarli barcha sohaning elektron qo‘llanmalari mavjud. Biroq 
axborotning insonlarga nafi teksagina foydali bo‘ladi. Shunday ekan, multimediyali 
o‘qitish tizimlari tayyorlashda ham ana shu jihatga e’tibor qaratish zarur. Zero 
bugungi kunda biror-bir mavzu yoki texnologiyani o‘rganishning bundan osonroq 
usuli mavjud emas.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling