O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich
DREAMWEAVER DASTURIDA SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH
Download 4.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Web dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazarot topshiriqlari 1. Dreamweaver dasturida elektron qoʻllanma yaratish usullari 2. Camtasia Studio qismlari 3. Framework vazifasi
- 3.6. DREAMWEAVER DASTURIDA SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH
148 3.6. DREAMWEAVER DASTURIDA SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH Adobe Dreamweaverning kaskadli ko‘rinishlar jadvali (CSS) bilan ishlashda asosiy uskunasi – uslublar (stillar) paneli hisoblanadi. «Стили CSS» paneli joriy sahifa elementini (режим «Текущий») yoki butun hujjatni (режим «Везде») aks ettirishga ta’sir etadigan CSS qoidalari va xususiyatlarini nazorat qilish imkonini beradi. Orasidagi chegarani sudrash orqali istalgan sohani o‘lchamini o‘zgartirish mumkin. CSS bilan ishlashda, shuningdek, Xususiyatlar nazoratchisi (Инспектор свойств) dan foydalanish ham mumkin. «Стили CSS» panelini ochish uchun: • «Окно» > «Стили CSS» menyu bandi tanlanadi. • «Shift» + «F11» klavishalari birgalikda bosiladi. • Xususiyatlar nazoratchisi panelida «CSS» tugmasi bosiladi. «Стили CSS» paneli CSS stillarini ko‘zdan kechirish, yaratish, tahrirlash, o‘chirish hamda tashqi ko‘rinishlar jadvalini hujjatga ulash uchun qo‘llaniladi. 59-rasm. Adobe BrowserLab oynasi Panelning yuqori qismida joylashgan «Везде» va «Текущий» tugmalari rejimlarni almashtirish imkonini beradi.. «Текущий» rejimida «Стили CSS» paneli uchta sohaga ega bo‘ladi: «Сводка по выделению» sohasida hujjatning joriy elementi uchun CSS xususiyatlarini aks ettiradi, «Правила» sohasi tanlangan xususiyatlarning joylashuvini aks ettiradi, «Свойства» sohasi qo‘llangan CSS xususiyatlarini tahrirlash imkonini beradi. 149 «Везде» (Все) pejimida «Стили CSS» paneli ikki sohaga ega bo‘ladi: «Все правила» (верхняя область) va «Свойства» (нижняя область). «Все правила» sohasi joriy hujjatdagi yoki hujjatga ulangan tashqi ko‘rinishlar jadvalidagi qoidalar ro‘yxatini aks ettiradi. «Свойства» sohasi «Все правила» panelida tanlangan istalgan qoida uchun CSS xususiyatini tahrirlashga imkon beradi. «Везде» (Все) va «Текущий» rejimlarida «Стили CSS» paneli «Свойства» (нижняя область) sohasida ko‘rinishlarni o‘zgartirish uchun uchta tugmaga ega: А. «Категория» ko‘rinishi Dreamweaverda quvvatlanadigan CSS xususiyatlarni sakkiz toifaga saralaydi: shrfit, fon, bo‘lak, chegara, maydon, ro‘yxat, joylashuv va kengaytmalar. Har bir toifadagi ro‘yxatni toifa nomi yonida joylashgan «Plyus» (+) belgisiga ega tugmani bosish orqali yoyish mumkin. Berilgan xususiyatlar ro‘yxatning yuqori qismida aks etadi. B. «Список» ko‘rinishi Dreamweaverda mavjud barcha CSS xususiyatlarini alfavit tartibda aks ettiriadi. C. Faqat foydalanilgan xususiyatlarni aks ettiradi. «Везде» va «Текущий» rejimlarida «Стили CSS» paneli yana quyidagi tugmalarga ega bo‘ladi: A. Tashqi ko‘rinishlar jadvalini ulash uchun qo‘llaniladi. B. Yangi CSS qoidasini yaratadi. C. Qo‘llanilgan stillarni tahrirlaydi. D. CSS xususiyatini o‘chirish yoki ishga tushirish E. CSS qoidasini o‘chirish. Bu buyruqlardan «Стили CSS» paneli ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib kontekst menyudan foydalanish ham mumkin. 150 «Обработка стиля» (odatda ko‘rinmas holatda bo‘ladi) tashuvchiga bog‘liq ko‘rinishlar jadvalidan foydalanilganida turli tashuvchilarda hujjatning ko‘rinishini ko‘zdan kechirishga imkon beruvchi tugmalarga ega. Shuningdek, CSS ni o‘chirib qo‘yish tugmasi ham mavjud.Uskunalar panelini ko‘rinadigan holatga keltirish uchun menyudan «Просмотр» > «Панели инструментов» > «Обработка стиля» buyrug‘i tanlanadi. Bu uskunalar panelidan hujjatda tashuvchiga bog‘liq ko‘rinishlar jadvali qo‘llanilganida foydalanish mumkin. Masalan, ko‘rinishlar jadvalida hujjat tanasi uchun ikki qoida aniqlangan bo‘ishi mumkin: qog‘ozda va smartfon ekranida chop etish. Odatda, Dreamweaver kompyuter ekrani uchun maketni aks ettiradi. • Обработать стиль для вывода на экран – sahifaning kompyuter ekranida qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Обработать стиль для вывода на печать – sahifaning qog‘ozda qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Обработать стиль для вывода на мобильное устройство – sahifaning mobil telefonda qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Обработать стиль для отображения на проекторе – sahifaning proyektorda qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Обработать стиль для вывода на консоль TTY – sahifaning TTY konsolida (teletayp) qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Обработать стиль для вывода на ТВ – sahifaning TV da qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Переключить отображение стилей CSS – sahifaning CSS qoidalari o‘chirib qo‘yilganida qanday aks etishini ko‘zdan kechirish. • Таблицы стилей времени разработки - sahifaning dasturlash jarayonida aks etishini ko‘zdan kechirish. CSS panelida quyidagi xususiyatlar uchun qalquvchi panel mavjud: • text-shadow • box-shadow 151 • border-radius • border-image 60-rasm. “body” xususiyati Qalquvchi paneldagi parametrlar berilgan xususiyatlarni to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlaydi. Rasmda border-image xususiyati uchun qalquvchi panel (chapda) berilgan. CSS xususiyatlari bir nechta qiymatga ega bo‘ishi mumkin: Masalan: text- shadow: 3px 3px #000,-3px-3px #0f0; CSS xususiyatlarini o‘zgartirish «Дизайн» rejimida aks etmaydi. Buning uchun interfaol ko‘zdan kechirish rejimiga o‘tiladi. Bu rejimda quyidagi xususiyatlar quvvatlanadi: • text-shadow; • border-radius; • -webkit-box-shadow; • -webkit-border-image. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling