O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich
DREAMWEAVER DASTURIDA ELEKTRON QOʻLLANMA
Download 4.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Web dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat topshiriqlar
144 3.5. DREAMWEAVER DASTURIDA ELEKTRON QOʻLLANMA YARATISH Web-dasturlash sohasi bo‘yicha Adobe Dreamweaver CS4 dasturini o‘rgatuvchi multimediyali o‘qitish tizimi yaratilgan. Mazkur multimеdiyali qo‘llanma Adobe Dreamweaver CS4 dasturini vidеodarslar orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu qo‘llanmadan vеb-dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan foydalanuvchilar hamda zamonaviy vеb-tеxnologiyalarni o‘rganmoqchi bo‘lganlar foydalanishlari mumkin. Ularning mavjud analoglaridan farqi shundaki, vidеodarslar to‘liq o‘zbеk tilida yaratilgan. Foydalanuvchi mеnyusi imkon darajasida soddalashtirilgan. Multimediyali ta’lim tizimini yaratishda bir qator jarayonlarni bajarish kerak, jumladan, ta’lim sohasini tanlash va zarur fanlarni tahlil qilish, videodarslar yozishga mo‘ljallangan dasturlar orasidan eng yaxshisini tanlash, videodarslarni yozish hamda montaj qilish va boshqalardan iborat. Videodarslar yozadigan dasturlar bir nechtadir. Ulardan Webineria, UltraVNC Screen Recorder, Captivate, BB FlashBack Express, Camtasia Studio, Jing kabilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular kompyuter ekranidagi harakatlar, mikrofondan ovozlarni yozadi hamda kompyuterlar tushunadigan video fayllar formatiga o‘girib beradi. Bu vositalardan Camtasia Studio dasturi o‘zining interfeysi, juda ko‘plab formatlari, video fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‘yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko‘rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi. Camtasia Studio dasturi to‘rtta yordamchi qismlardan iborat: Camtasia MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va Camtasia Recorder. Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio dasturi oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo‘lib, u orqali audio va video fayllar 145 ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. Bular jumlasiga fayllarni bir-biriga bog‘lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‘lgan fayllar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi «Корзина клипов» (Clip Bin) qismi joylashgan. Shu fayllarni o‘ng tarafdagi videopleyerda ko‘rish mumkin. Bu kichkinagina Camtasia Player dasturi faqatgina bitta vazifani bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi. 55-rasm. Camtasia Studio Player dasturi 56-rasm. Camtasia Studio dasturi 146 Ta’lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak bo‘ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual obyektlarni qo‘llagan holda mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo‘ladigan har bir sahifa xuddi web-sahifalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, sahifalardagi obyektlarda turli xil amallarni belgilash mumkin. Yaratilgan multimediyali o‘qitish tizimi foydalanuvchilarga diskda keladi. Bu diskni kompyuter diskovodiga qo‘yganda diskdagi autorun.exe fayli ishga tushadi. Natijada foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan navigatsiya menyusi ekranda hosil bo‘ladi. 2-rasmda videokursning barcha sakkizta bo‘limi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, asosiy oynada kirish darsini ishga tushiruvchi tugma bo‘lib, bu darsda kursning maqsadi, o‘rgatadigan sohaning qisqacha tahlili hamda videokursdan foydalanish ko‘nikmalari yoritib berilgan. Ekrandagi mos tugmaga bosilganda kerakli bo‘limning ichki sahifasiga o‘tiladi. Bu sahifada shu bo‘limning darslari joylashgan bo‘ladi. Misol uchun, 1-bo‘limga kirilganda 3rasmdagi oyna ochiladi: 57-rasm. Video kursning asosiy oynasi 147 58-rasm. Video kursning 1-bo‘lim oynasi Videokursdagi biror-bir bo‘limga kirilgandan so‘ng asosiy oynaga qaytish uchun navigatsiya tugmalari mavjud. Ularni qo‘llab asosiy oynaga qaytish, navigatsiya menyusini pastga tushirish va navigatsiya menyusini yopish mumkin. Multimеdiyali qo‘llanmaning dasturiy va tеxnik talablari: OT: Windows /7/8/10/11; Qattiq disk hajmi: ixtiyoriy; Opеrativ xotira: kamida 128 MB; Framework: ixtiyoriy; Flash Player: ixtiyoriy; Videokodek: TechSmith Screen Capture Codec; Audiokodek: Lame mp3. Hozirda deyarli barcha sohaning elektron qo‘llanmalari mavjud. Biroq axborotning insonlarga nafi teksagina foydali bo‘ladi. Shunday ekan, multimediyali o‘qitish tizimlari tayyorlashda ham ana shu jihatga e’tibor qaratish zarur. Zero bugungi kunda biror-bir mavzu yoki texnologiyani o‘rganishning bundan osonroq usuli mavjud emas. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling