O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
-rasm. Tashqi uzatmali silindrikquyultirgich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
8.7-rasm. Tashqi uzatmali silindrikquyultirgich
Tayanch qalpoqdagi tuynuk orqali bo‘tana changa beriladi. Quyultirilgan mahsulot diagrammali nasos bilan ulangan channing markazida quvur orqali chiqarib olinadi. Tingan suv xalqasimon tarnovchagacha oqib tushadi. 8.5. Filtrlash. Filtrlash jarayonining nazariy asoslari Filtrlash deb, mayda zarrachali bo‘tana va suspenziyalar tarkibidagi qattiq zarrachalarni g‘ovak to‘siq orqali bosim ostida filtrlab, suvni ajratib olishga aytiladi. Filtrlash natijasida to‘siqda ushlanib qolgan mahsulot cho‘kma, to‘siqdan o‘tgan suv filtrat deyiladi. Filtrlash jarayonining boshlang‘ich davrida suyuqlik faqat g‘ovak to‘siqdan o‘tadi, keyinchalik to‘siq, yuzasiga cho‘kma o‘tirgandan so‘ng u cho‘kma qatlamidan ham sizib o‘tishi kerak. Jarayon davomida cho‘kma qatlami qalinlashib boradi: shunga mutanosib suyuqlikning sizib o‘tishiga qarshiligi ortib boradi. 296 Cho‘kma qalinligi ma’lum darajaga etganda filtr yuzasiga bo‘tana berish to‘xtatiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma qatlami orqali havo o‘tkazilib, u quritiladi. So‘ngra filtr yuzasidan cho‘kma olib tashlanadi va jarayon qaytariladi, hozirda filtr dastgohlarda filtr yuzasiga bo‘tana berish, cho‘kmani to‘plash, uni quritish, ajratib olish kabi ishlar tartib bilan avtomatik bajariladi. Olingan cho‘kmaning tarkibida 10-20% gacha namlik bo‘ladi. Namlikning miqdori zarrachalarning o‘lchamiga, cho‘kmaning tuzilishiga, filtrlashning turiga va boshqa omillarga bog‘lik. Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Siqiluvchi cho‘kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformatsiyaga uchrab, ularning o‘lchami kichiklashadi. Siqilmaydigan cho‘kmalarda filtrlash jarayoni osonroq o‘tadi va cho‘kmadagi namlik ancha kam bo‘ladi. Filtrlash jarayonining unumdorligi olinadigan suyuqlikning tozaligi, asosan filtr tusiqning xususiyatlariga bogliq. Filtr to‘siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiliklari kichik bo‘lishi zarur. Filtr to‘siqlar sifatida mayda teshiklar to‘rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan ashyolar (qum, maydalangan ko‘mir va h.k.),sopol buyumlar ishlatiladi. Filtr mato sifatida paxta yung va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar ishlatiladi. Filtr to‘siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtr matoda suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi. Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga bo‘linadi: Bosimlar farqi ta’sirida filtrlash. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida filtrlash (tsentrifugalash) Filtrlash jarayonining samaradorligi va filtrlash dastgohining ish unumi filtrlash tezligi bilan tavsiflanadi. Filrlash tezligi vaqt birligi ichida filtrdan o‘tgan suyuqlikning hajmini bildiradi. Filtrlash tezligi bo‘tana, cho‘kma va suyuqlikning xossalariga, filtrlash maromiga va boshqa kattaliklarga bog‘liq. Suvning filtr mato va cho‘kma qatlamidan sizib o‘tishini cho‘kmadagi kapillyarlardan o‘tishiga o‘xshatish mumkin. Kapillyar naychadan o‘tayotgan suvning hajmi (m 3 /s). 297 Puazeil qonuniga binoan quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: ; 128 4 Pd V K (8.26) bu yerda, P – bosimlar farqi, Pa; d - kapillyar diametri, mm; l - kapillyar uzo‘nligi; mm; – suyuqlikning qovushqoqligi, Pa.s. 8.26 – tenglamadan suyuqlikning kapillyardan oqib chiqish tezligi: ; 32 4 2 2 d d V F V W к к (8.27) buyerda, ; 4 2 d F kapillyarning kesim yuzasi ; 1 32 2 R d yoki 2 32 d = R bo‘lib, bu kapillyar devorlarning suv oqimiga ko‘rsatayotgan qarshiligi, u holda, ; R W (8.28) Bo‘tanani suzish jarayonida suyuqlik oqimiga cho‘kma va filtr mato qarshilik ko‘rsatadi; ya’ni: 0 0 P h r R ; (8.29) bu yerda: r sh – cho‘kmaning hajm birligidagi solishtirma qarshiligi: h - cho‘kma qalinligi P sh - filtr matoning solishtirma qarshiligi yuqoridagi - formuladagi R ni qiymatiga - formuladagi qiymatini qo‘ysak, ya’ni: 298 ) ( 0 0 P h r P R P W ; ma’lumki ) 19 ( ; Fdt dV W К bu yerdan: ; ) ( 1 0 0 P h r Р dt dV F К va ; ) ( 0 0 Р h r Р dt dV К (8.30) Cho‘kma qatlamining qalinligi: c t К V V a dt V h / ; (8.31) Bu yerda - bir hajm suyuqlikdagi cho‘kmaning hajmi, u holda quyidagi formuladagi ho‘rniga qo‘ysak: ; ) ( 0 0 2 F Р V r РF dt dV К К (8.32) 110. Formulani R bosim o‘zgarmas holatida integrallasak ; 2 0 2 0 РF Р V РF r t К (8.33) 111- formula ); ( К К V f V t bo‘lib, 299 u = ax + v ko‘rinishida to‘g‘ri chiziq tenglamasi buyerda ; 2 2 0 РF r filtr egri chizig‘ini og‘ish burchagi tangensi ( tg ) РF Р b 0 - ordinatao‘qini kesib o‘tish balandligi quyidagi grafik asosida 8.8-rasm. Filtr grafigi. a va blarning qiymatlari – tajriba yo‘li bilan laboratoriya vakuum – filtr dastgohlarida aniqlanadi. 8.9-rasm. Vakuum – filtr dastgohi a va b larning qiymatlari topilgandan so‘ng, solishtirma qarshilik r sh va 0 larni quydagi formuladan topiladi. PFb a PF r 0 2 0 2 (8.34) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling