O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Flоtаtsiоn sхеmаlаrni tuzish printsiplаri


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

 
3.12. Flоtаtsiоn sхеmаlаrni tuzish printsiplаri.
 Flotatsiya sxemalarini tanlash 
Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bo‘lsada, faqat XX asr 
boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Hozirgi vaqtda bu usul rangli, qora, 
nodir metalllar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib olinayotgan 
foydali qazilmalarning 90-95% dan ortig‘i shu usul bilan boyitiladi.
Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq 
qullanilishi uning bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi. 


154 
1) metalllning miqdori kam bo‘lgan kambagal rudalarni ham qayta ishlash 
mumkinligi (masalan: mis- 0,4%, kurgoshin -1%, qalay 0,1% gacha, volfram-
molibden- 0,001% gacha va h.k.). 
2) murakkab, masalan, polimetall rudalarni kompleks ravishda qayta 
ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg‘oshin-ruh-misli polimetalll rudalar). 
Flotatsiya usuli – har xil mineral zarralarini suyuqlikda turli darajada 
namlanish xossasiga asoslanib o‘tkaziladigan boyitish usuli. 
Namlanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan molekulyar 
tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish xodisasidir. 
Flotatsiyaning yog‘dagi, plyonkali, ko‘pikli, ko‘pikli sepyeratsiya 
flotog‘ravitatsiya usullari mavjud. Flotatsiya jarayoni ko‘pincha uch fazali geterogen ( 
qattiq, suyuq, gaz ) sistemada amalga oshiriladi. 
Flotatsion usulda boyitishning eng ko‘p ishlatiladigan turi, ko‘pikli 
flotatsiyadir. Ko‘pikli flotatsiyada ho‘llanmaydigan, ya’ni suv yuqmaydigan
(gidrofob) minerallar havo pufakchalariga o‘rnashib bo‘tana ayeratsiyasini vujudga 
keltiradi va butanani ko‘pikli yuzasiga ko‘tarib chiqadi. Ho‘llanadigan, ya’ni suv 
yuqadigan (gidrofil) minerallar butanadan muallaq holatda bo‘lib, kameradagi 
mahsulotni hosil qiladi. 
Xulosa qilib aytganda gidrofob zarrachalar havo pufakchalariga yopishib 
bo‘tana yuzasida ko‘pik holda to‘planadi, gidrofil zarrachalar esa bo‘tana holda 
dastgohdan chiqarib tashlanadi. 
Ko‘pikli flotatsiyada flotatsiyalanadigan mineral zarrachalarning kattaligi
0,1 mm dan oshmasligi kerak. Flotatsiya’ni amalga oshirish uchun sirt - aktiv
moddalar, ya’ni flotareagentlar qo‘shiladi.
Zamonaviy flotatsiya quyidagicha olib boriladi: o‘ta maydalangan ruda bo‘tana 
holda flotoreagentlar deb nomlanuvchi, organiq yoki noorganiq moddalar bilan ishlov 
beriladi (qattiq zaralarning yuza xossalarini kuchaytirish maqsadida), so‘ng 
flotomashina dastgohlarida shiddatli aralashtiriladi va flotomashinaga har xil usullar 
bilan havo pufakchalari yuboriladi.


155 
Flotatsiya usulida boyitish rangli va noyob metalllarni, appatitli, fosforitli, 
baritli, grafitli va flyuoritli rudalarni boyitishda ishlatiladi.
Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, 
boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga 
bog‘liq. 
Ko‘p qollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab 
yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi. shuning uchun, flotatsiya sxemalari bir 
nechta flotatsiya operatsiyalaridan tashqil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi 
va nazorat flotatsiyasi.
Asosiy flotatsiya – foydali komponentni puch tog‘’ jinslaridan ajratish
maqsadida o‘tkaziladi. Natijada homaki boyitma va chiqindi olinadi. 
Tozalash flotatsiyasi–homaki boyitmaning sifatini yaxshilash maqsadida 
o‘tkaziladigan flotatsiya operatsiyasi.
Nazorat flotatsiyasi –chiqindi tarkibidagi foydali komponentni yana bir bor ajratib 
olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiya.
Mahsulotni ma’lum yiriklikkacha yanchib, keyin flotatsiyalashoperatsiyasini o‘z ichiga 
olgan texnologik sxemaning bir qismi flotatsiya bosqichi deb aytiladi.
Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir 
yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi. 
Qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor maqsulotlar olinadigan 
flotatsiya flotatsiya sikli deb aytiladi.
Foydali komponentlarning ajralish ketma–ketligiga qarab, polimetall rudalarni 
boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv–selektiv flotatsiya sxemalari mavjud bo‘ladi. 
Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv 
flotatsiya deyiladi. (masalan, mis-rux-qo‘rg‘oshin, mis-molibden, mis – pirit, 
qo‘rg‘oshin–rux va boshqalar) 
Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya 
selektiv flotatsiya deyiladi. (masalan, mis va rux, qo‘rg‘oshin va rux, mis va molibden 
va boshqalar) 


156 
Kollektiv-selektiv flotatsiyada hamma foydali komponentlar avval kollektiv boyitmaga 
ajraladi, keyin esa undan alohida minerallar flotatsiyalanadi. 
Bir boskichli flotatsiya sxemalari buyicha sheelitli, flyuoritli, baritli rudalar
boyitiladi. Bu rudalarni boyitishsxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining
soni turlicha bo‘ladi. 
Bunday rudalarni avval dag‘al yanchib foydali minerallarning bir qismini yanchish 
jarayoniga o‘simtalardan ajragan nisbatan yirik zarrachalar shaklida tayyor 
konsentratga ajratishga imkon tug‘iladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling