Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1242609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar: 
Polatov A.O. - Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr 
mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasi, PhD.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2020 
Sulliev A.X. - Toshkent davlat transport universiteti
“Elektr taʻminoti” kafedrasi t.f.n., prof;
 



KIRISH 
 
Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishi asosiy talablaridan biri xalq 
xoʻjaligining turli sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlashdir. Buning uchun oliy oʻquv yurtlarida oʻquv jarayonini yanada 
takomillashtirish, talabalarni mustaqil ishlashga oʻrgatish, kasbiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish lozim boʻladi. Talabalar bilimini oʻquv yili 
davomida nazorat qilish, bajarilayotgan uy vazifalarini va mustaqil 
ishlarini kuzatib borish, dars vaqtida taʻlim olishda faol boʻlishlarini 
oʻrgatish ularning chuqur bilimli mutaxassis boʻlishga olib keladi. 
Talabalarning mustaqil ish, uy ishlarini va dars vaqtida qanday bilim 
olayotgalarini tekshirib turish va rivojlantirish shakllaridan biri 
laboratoriya mashgʻulotlaridir. 
Ushbu uslubiy koʻrsatmalar keyinchalik talabalarni sanoat korxonalari 
miqyosida ishlashi davomida, loyihalash jarayonida, elektr qurilmalarni 
tanlash va hisoblashda, davr talabidan kelib chiqqan holda korxonaning 
iqtisodiy holatini hisobga olib, energiya tejamkor elektr uskunalarni 
oʻrnatishiga yordamchi koʻrsatma hisoblanadi. Zero elеktr mashina va 
transformatorlar 
sanoatning 
turli 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida, 
enеrgеtikada, transportda (tеmiryoʻl, mеtro, tramvay, trollеybus, aviatsiya, 
avtomobil), qishloq va suv xoʻjaligida, qurilishda va boshqa sohalarda 
kеng qoʻllaniladi. 
Uslubiy koʻrsatmalar oliy oʻquv yurtlarining “Elektr texnikasi, elektr 
mexanikasi va elektr texnologiyalar” yoʻnalishi talabalari uchun 
“Elеktromexanika asoslari” fanining dasturi asosida yozilgan boʻlib, uning 
mazmuni: transformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar va 
oʻzgarmas tok mashinalaridagi elektr va elektromagnit jarayonlarni 
tasavvur etishga yordam beradi.
Ushbu uslubiy koʻrsatmalar oliy taʻlim bakalavriat bosqichining 
“5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar 
(elektr mashinasozligida)” yoʻnalishi talabalari uchun “Elеktromexanika 
asoslari” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun yordam beradi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling