O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi


Download 261.1 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi261.1 Kb.
#1634150
  1   2   3
Bog'liq
Hisobot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI

KURS ISHI
MAVZU: Prizmatik detalga ishlov berish uchun metal kesish stanogini tanlash
Guruh: 62-19 MT
Bajardi: Samatov A
Qabul qildi: Xasanov O
Toshkent-2023


Kirish

Hozirgi mashinasozlikni jadallashtirish, uning samaradorligini oshirish va chiqariladigan mahsulotning raqobatlasha olishini ta’minlash uchun ishlab chiqarish unumini va texnologik usullarning aniqligini jiddiy oshirish, shuningdek uni keng ko’lamda avtomatlashtirish talab etiladi.


Hozirgi mashinasozlikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning konstruktsiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish ob’yektlari tez-tez almashinib, yangi mahsulotni o’zlashtirish muddatlari qisqarmoqda. Yuqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini keng ko’lamda qo’llanish talab etiladi.
Yirik seriyalab va yalpi ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maxsus va agregat stanoklardan, rotorli avtomatik liniyalardan tuzilgan an’anaviy avtomatik liniyalarning qo’llanishiga asoslangan. Mazkur uskunalarda ishlab chiqarish unumini jiddiy oshirish, tayyorlanadigan detallning tannarxini kamaytirish, mahsulot sifatini va ishlab chiqarish maromini oshirish mumkin.
Talabalar bu fanni yaxshi o’zlashtirishi uchun va kelajakda bunday muammolarni xal qilishi uchun kurs loyihasi joriy qilingan. Quyidagi kurs ishining maqsadi – talabalar mashg’ulotlardan olgan bilimlarini mustahkamlash va shu bilimlardan aniq injenerlik masalalarini yechishda foydalanishdan iborat.
Kurs loyihasi quyidagilarni ifodalaydi:

  • umumtexnik va maxsus fanlarni o’rganishning yakuniy qismi;

  • mashg’ulotlardan olingan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish, olingan bilimlarni mustahkamlashga yordam beruvchi talabaning mustaqil ishi;

  • adabiyotlar, standartlar va axborot manbalaridan foydalanish, hisoblab grafik ishlarini bajarilishini o’rganishga yordam beradigan ijodiy ish.

Mashinasozlik sohasida fan va texnika taraqqiyotini yuksaltirish asosiy shartlardan biri mehnat mahsuldorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Mashina detallarining yuqori aniqligi va sifatini taminlay oladigan, yuqori mahsuldorlikka ega progressiv ishlov berish usullarini qo`llash, zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologik jihozlardan, EHM va boshqa yangi texnologiyalardan samarali foydalanish, ishlabb chiqarish jarayonlarini tashkil etishning progressiv shakllarini qo`llash, aynan , mana shu ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan bo`lib, isshlab chiqarishning texnologik usullarini mukammallashtirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan texnologik jihozlarni ishlab chiqarish, keng miqyosli texnik iqtisodiy tahlil usullarini tadbiq etishdan bog`liq.
Yuqrida keltirilgan talablarga ko`p jihatdan va ular asosida RDB stanoklari moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari javob bera oladi. Ularning asosiy afzalligi ishlov berishning yetarlicha yuqori aniqligini va mahsuldorligini bir vaqtning o`zida taminlay olishidir.
Chunki RDB stanoklari individual yuritmali, o`zaro bog`liq boshqarish sistemalari bilan jihozlangan stanokdir. Shuning uchun RDB stanoklarini eksplutasiya qilishda ham ularni tamirlash va texnik xizmat ko`rsatishda ham bir qancha qulayliklarga ega bo`lib, ishchi hodimlardan yuqori malaka talab qilmaydi.
RDB stanoklarining mashinasozlikda keng qo`llashda qo`llanishining eng ahamyatli tomoni ham shundaki, ular ishlab chiqarish mahsulotlarini oshirish bilan birga ishlov berish aniqligini ham yetarlicha yuqori darajada taminlay oladi. Bundan tashqari RDB stanoklari avtomatlashtirilgan moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini yaratilishida asosiy texoogik jihoz bo`lib, mashinasozlikda odamsiz texnologiyalarni joriy qilishning asosi bo`lib xizmat qiladi.

Download 261.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling