Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Ikkilamchi oreollar va ularning tarqalish oqimi
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
Ikkilamchi oreollar va ularning tarqalish oqimi. Foydali qazilmalar
vujudga kelgandan (ma’dan hosil boʻlish jarayoni toʻxtagandan) soʻng, turli tabiiy sabablarga koʻra, uning atrofidagi togʻ jinslarida (qamrovchi) yangi ikkilamchi kimyo jarayoni natijasida element va minerallar bilan boyitilishi mumkin (ikkilamchi oreollar). Bular yer yuzasidagi jinslarda, jumladan tuproqlar, argillit, alevrolit (lyosslar), ya’ni nisbatan yosh jinslarda, oʻsimliklar, yer osti va yer usti suvlari, jinslar gʻovaklaridagi havoda va atmosferada paydo boʻladi. Oreollar shakli koʻpincha doirasimon (izometrik) boʻladi. Mexanik oqimlar shakli esa, yuqorida aytilganidek, mexanik oʻzgarish natijasida (sellar, yer oʻpirilishi, yomgʻir ta’sirida) uzunchoq, soy shaklida boʻladi (yuqoridan pastga). Ikkilamchi oreollar va tarqalish oqimlari oʻzgaruvchanlik xarakteriga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: - mexanik oreollar kimyoviy mustahkam foydali qazilmalarning maydalanishi, soʻngra iqlim faoliyati natijasida taqalishi natijasida tashkil topadi. Ular maydalanish darajasi va agregat tarkibiga qarab: yirik qismi (katta toshlar, shagʻal), shlix (qumtosh va mayda shagʻal) va loyqalarga ajratiladi (11-rasm). 11-rasm. Ikkilamchi oreollar shakllari: 1- birlamchi ma’dan tanasi; 2- nuragan ma’dan boʻlaklari; 3- relyef chiziqlari. 59 - tuzli oreollar ma’danlar tarkibidagi kimyoviy birikmalarning parchalanishi, erishi va qayta tashkil boʻlishi jarayonlari ta’sirida yer yuzasining yaqin qismlarida joylashgan togʻ jinslarida kimyoviy elementlar va tuzlar koʻrinishida tashkil topadi. Ularning paydo boʻlishi va oʻzgarib turishi yomgʻir, qor va bugʻlanish bilan chambarchas bogʻliqdir. - gidrogeokimyoviy oreollar yer osti va ustidagi suv sistemasi bilan bogʻliq. Gidrogeokimyo oreollari doimiy (chuqur suvli qatlamlar) va vaqtinchalik (yer yuzasiga yaqin, iqlim ta’sirini sezuvchan va yomgʻir suvlari oʻtadigan) suv gorizontlariga boʻlinadi. Haydarkon simob obyektida yer osti suvlarida va ular bilan bogʻliq chashma-buloqlarda shu element mavjudligi aholi sogʻligʻiga salbiy ta’sirini oʻtkazadi. Jumladan boshqa tomirsimon minerallar bilan yonma-yon uchraydigan element – margimush ichimlik oqar suvni zaharlashi mumkin. - atmogeokimyoviy oreollar yer ustiga yaqin joylashgan togʻ jinslari tarkibidagi, gʻovaklardagi va yer yuzasiga yaqin atmosfera (havo) qismida bugʻ va gaz holatidagi kimyoviy elementlarning mavjudligidan iboratdir. Bunday oreollar gazsimon faza holatidagi elementlarning migratsiyasi natijasida paydo boʻladi. Masalan, radioaktiv elementlari bor konlar ustida (atmosferasida) radon, toriy va geliy oreollari; uglevodorod tarkibli obyektlarda yoqimli gaz, geliy, CO 2 larning atmogeokimyoviy oreollari vujudga keladi. - biogeokimyoviy oreollar oʻsimliklarning tarkibida turli elementlarning yuqori miqdori kuzatilishi bilan bogʻliq. Bunday oreollar foydali qazilmalar joylashgan hududlarda paydo boʻladi (12-rasm). Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling