Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Razvedka 
lahimlarini 
geologik 
hujjatlashtirish 
jarayonida 
kuzatiladigan obyektlar. 
Razvedka lahimlarini qazish va ularni hujjatlashtirish jarayonida 
kuzatiladigan asosiy obyektlar quyidagilardan iborat: 
- Foydali qazilma tanasining geologik joylashish sharoitlari; 
- Foydali qazilma tanasining va uni oʻrab turgan togʻ jinslarining 
razvedka lahimi bilan kesib oʻtilgan qismining oʻlchamlari va yotish 
elementlari;
- Togʻ jinslaridagi darzliklar va burmalarning turlari; 
- Foydali qazilma va atrofdagi togʻ jinslari orasidagi chegaraning 
xususiyatlari; 
- Foydali qazilma tanasini tashkil etuvchi ma’dan turlari oʻrtasidagi 
chegaralarning xususiyatlari; 
- Foydali qazilmalarning tarkibi, foydali minerallarning (ularning 
zarralari va agregatlarning) fazoviy joylashuvi, ya’ni ma’danlarning 
teksturasi; 
- Foydali qazilma tanasi yaqinidagi togʻ jinslarining oʻzgarishi; 
- Tektonik va boshqa turdagi buzilishlar, ayniqsa, foydali qazilma 
tanasini kesib oʻtib, uni buzuvchi dislokatsiyalar. 
«Geologik joylashish sharoitlari» tushunchasi turli xil ma’lumotlarni 
oʻz ichiga oladi. Bularga foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan togʻ 
jinslarining tarkibi, tuzilishi hamda togʻ jinslari va foydali qazilmaning 
oʻzaro munosabati kiradi. 
Razvedka lahimlarida ma’dan tanalarining oʻlchamlarini va yotish 
elementlarini aniqlash ba’zan ma’lum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Buning 
sababi, lahimlar ma’dan tanalarini koʻpincha haqiqiy qalinligiga tik 
emas, qiyshiq kesib oʻtadi. Shuning uchun oʻlchamlarning haqiqiy 
qiymatlari hisob-kitob yoki chizmachilik usullarini qoʻllash yordamida 
aniqlanadi. Ba’zan bunday qiyinchiliklar lahim devorlarining 
notekisligidan kelib chiqadi. Natijada, aslida toʻgʻri chiziq koʻrinishida 
boʻlgan chegaralar qiyshiq boʻlib koʻrinishi mumkin. Shuning uchun yer 
osti lahimlariga oid ba’zi ma’lumotlarni bir devordan ikkinchi devorga 
davom ettirib oʻrtacha ma’lumotni olish yaxshi natija beradi. 
Ma’dan tanalarining oʻlchamlarini va yotish elementlarini burgʻilash 
quduqlarida aniqlash oʻziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 


67
Bunday holatlarda texnik sabablarga koʻra (kernning uqalanib 
ketishi, materialning maydalanib ketishi, quduqning qiyshayib ketishi) 
foydali qazilma tanasi va togʻ jinslari orasidagi chegaraning oʻrni doim 
ham toʻgʻri aniqlanavermaydi. Togʻ jinslarining yotish elementlarini 
kernning burilib ketganligi natijasida oddiy kuzatish bilan mutlaqo 
oʻlchab boʻlmaydi. Faqatgina, birdaniga bir necha burgʻilash qudugʻi 
boʻyicha kerndagi togʻ jinslarining yotish burchaklari va quduqlarni 
qiyshayish burchaklarini oʻlchash va bu oʻlchovlar boʻyicha umumiy 
hisoblar bajarish yoʻli bilangina togʻ jinslarining va ma’dan tanalarining 
yotish elementlarini aniqlash mumkin. 
Turli jinslar chegaralarining xususiyatlarini tekshirlishda avvalo
quyidagi turdagi chegaralarini (kontaktlarini) farqlay bilish kerak: 
1) aniq (yaqqol) kontaktlar koʻpincha toʻgʻri chiziqli, choʻkindi 
konlarning qatlamsimon tanalari va boʻshliqlarning toʻlishi natijasida 
hosil boʻlgan ma’dan tanalariga xosdir; 
2) noaniq (yaxshi sezilmaydigan) kontaktlar odatda notoʻgʻri 
chiziqli, atrof togʻ jinslari tarkibida mayda xol-xol koʻrinishdagi foydali 
minerallarning aralashmalari boʻlgan metasomatik uyumlarga va nurash 
poʻsti konlariga xosdir; 
3) koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydigan kontaktlar foydali qazilma tanasi 
va boʻsh togʻ jinsi orasida sekin-asta bir-biriga aylanish zonasida 
kuzatiladi. 
Kontaktlar yaqqol boʻlsa ularni oʻrganish – kontaktning yotish 
elementlarini oʻlchash va kontakt turini aniqlashdan iborat boʻladi. 
Ma’lumki, kontaktlar bir necha xil boʻlib ularga stratigrafik, intruziv, 
tektonik va boshqa turdagi kontaklar kiradi. Razvedka maqsadlari uchun 
tektonik va normal stratigrafik kontaktlarni farqlash eng muhim 
ahamiyatga egadir, Chunki razvedka ishlarining kelajak yoʻnalishlari 
koʻp jihatdan shunga bogʻliq boʻlib qoladi. 
Noaniq 
kontaktlar 
birlamchi 
hujjatlashtirish 
uchun 
katta 
qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bunday hollarda, shartli ravishda turli 
minerallari boʻlgan alohida zonalar bir-biridan shartli chegara bilan 
ajratiladi. 
Ma’danlarning koʻzga koʻrinmaydigan chegaralari faqat namunalarni 
analiz qilish natijalari boʻyicha oʻtkaziladi. 
Foydali qazilmaning tarkibi hujjatlashtirish jarayonida asosan koʻzga 
koʻrinmaydigan, ya’ni mikroskopik, mineral assotsiatsiyalar boʻyicha 
aniqlanadi. Ba’zi hollarda mikroskop yordamida mineralogik 
tekshirlishlar olib borishga toʻgʻri keladi. Ma’danlarning tarkibiy 


68
xususiyatlarini oʻrganish vaqtida foydali qazilmaning strukturasi va 
teksturasiga katta e’tibor beriladi. Bu ma’lumotlar konning genetik 
xususiyatlarinigina koʻrsatib qolmay, balki foydali qazilmani qayta 
ishlash texnologiyasini ham aniqlaydi. 
Foydali qazilmalarning sanoat turlarini uzil-kesil ajratish odatda 
kimyoviy analizlar yoki texnologik tekshirlishlardan keyin bajariladi. 
Shuning uchun birlamchi hujjatlashtirish chogʻida mikroskopik yoʻl 
bilan ajratilgan foydali qazilmaning sanoat turlari shartli ravishda qabul 
qilinadi va keyinchalik koʻp jihatdan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. 
Ma’dan atrofi togʻ jinslaridagi oʻzgarishlarni qayd qilish endogen 
konlarni razvedka qilishda muhimdir, chunki bunday oʻzgarishlar 
muayyan foydali qazilma uchun xos boʻlgan qidirish belgilarini 
aniqlashga imkon beradi. Odatda, koʻzga yaqqol koʻrinadigan 
oʻzgarishlar qayd qilinadi. Ba’zi hollarda mikroskop yordamiga 
murojaat qilishga toʻgʻri keladi. Mikroskopik tekshirlishlar natijalari 
boʻyicha birlamchi hujjatlarga ba’zi tuzatishlar kiritilishi mumkin. 
Tektonik buzilishlar ularning genetik xususiyatlari va ma’dan 
tanalariga nisbatan morfologik munosabatlari nuqtai nazaridan 
tekshirliladi. Eng avvalo, ma’dandan avval, ma’dan bilan bir vaqtda va 
ma’dandan keyin vujudga kelgan tektonik buzilishlarning turlarini 
ajratish kerak boʻladi. Bularning birinchisi, odatda eng katta ahamiyatga 
egadir; ikkinchisi minerallashuvning mahsuldor davrlarini aniqlashga 
yordam beradi; uchinchi turlari ba’zan muhim ahamiyatga ega 
boʻlishlari mumkin, qachonki ma’dan tanalari bu buzilishlar boʻyicha 
boʻlaklarga boʻlinib, hosil boʻlgani boʻlaklar katta masofalarga 
koʻchirilgan boʻlsa. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling