Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Qidirishning magmatogen mezonlari
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
2.5. Qidirishning magmatogen mezonlari Magmatogen mezonlarga foydali qazilmalarning magmatik jinslar bilan bogʻliqligini koʻrsatuvchi hamma geologik omillar kiradi. Endogen konlar magmatik jinslarning ma’lum bir turlari va fazalari bilan fazoviy 25 va genetik bogʻliq boʻladi. Ayrim turga mansub magmatik jinslarning parchalanishi natijasida muayyan turdagi choʻkindi va nurash konlari paydo boʻlishi mumkin. 4-rasm. Uchquloch polimetall koni “Dalniy” uchastkasining sxematik geologik xaritasi va A - B chizigʻi boʻyicha qirqimi (tektonik mezon): 1-oʻrta va yuqori devon (D 2-3 ) yotqiziqlari: ohaktoshlar, argillitlar, tuflar, tarkibida chaqmoqtosh linzalari boʻlgan dolomitlar; 2- sanoatbop ma’dan tanalari va ularning nomeri; 3 – loyihalashtirilgan karyer konturi; 4 – qirqim chizigʻi. 26 Endogen konlarning magmatik jinslar bilan bogʻliqligi turli darajada va koʻrinishda kuzatilishi mumkin: 1) bogʻliqlik yaqqol koʻrinadi (magmatik jins bilan FQ bir xil tarkibga ega va FQ magmatik jinsning ichida joylashgan); 2) magma bilan FQ bogʻliqligi ehtimoli juda katta (masalan pegmatitlar va karbonatitlar); 3) magmatizm va FQ bogʻliqligi (ehtimoli bor deb) faraz qilinadi; 4) FQning kelib chiqish manbai qayerdaligi noma’lum va bogʻliqlik yoʻq darajada deb hisoblanadi. Endogen konlarning magmatik jarayonlar bilan bogʻliqligini koʻrsatuvchi asosiy belgilar sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: - birgalikda hosil boʻlish; - hosil boʻlishning bir xil fatsial-chuqurlik sharoitlari; - muayyan tarkibli magmatik jinslarning ma’lum bir konlar bilan birga uchrashi (5-rasm); - ma’lum bir konlarning magamatik daykalar bilan bogʻliqligi; - konlarning intruziv massivlarga nisbatan ma’lum bir fazoviy qonuniyatlar asosida joylashishi; - magmatik jinslarning oʻziga xos geokimyoviy belgilari. Asos va oʻtaasos (gabbro, peridotit, dunit, piroksenit) jinslarda xrom, platina, titan, olmos, mis, nikel, asbest, talk konlari uchraydi. Bu guruh jinslarning nurashi natijasida ikkilamchi nikel va kobalt konlari, platina va olmosning sochilma konlari paydo boʻladi. Nordon magma jinslari bilan koʻpchilik endogen (pegmatit, skarn, pnevmatolit va gidrotermal) konlar bogʻliq. Ma’dan xarakteri va magmatik jinslarning hosil boʻlish chuqurligi orasida ma’lum bogʻliqlik mavjud. Gipabissal kichik intruziyalar bilan koʻpincha polimetall, oltin, ba’zan mis, qalay konlari bogʻliq. Granit batolitlari bilan volfram, ma’danli pegmatit, qalay, oltin va molibden konlari bogʻliq . Nordon tarkibli magmatik jinslarning parchalanishi natijasida monatsit, oltin, qalay va boshqa metallarning ellyuvial, delyuvial, allyuvial sochilma konlari paydo boʻladi. Ishqorli intruziv jinslarda esa neobiyning katta karbonatit konlari ma’lum. Shuningdek ishqorli jinslarda juda katta Xibin apatit koni joylashgan. Agar daykaning ma’dan uyumlari bilan fazoviy bogʻliqligi aniqlansa, unda endogen ma’danlarni qidirishga ancha yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling