Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
Mineralogik mezon 
Shlixlarda ba’zi minerallarning odatdagidan koʻproq uchrashi 
hududda shu foydali qazilmaning konlari boʻlishi mumkinligidan darak 
berishi mumkin. 
Masalan, Markaziy Osiyoda shlixlarda sheelit koʻp uchrashi bu 
hududda sheelitli skarn konlari keng tarqalganligining ifodasidir. 
Rossiyaning Zabaykalye va Primorye oʻlkalarida togʻ jinslari va 
shlixlarda kassiterit 
mavjudligi bu hududlarda qalay konlari 
mavjudligini koʻrsatadi, amalda esa shunday konlar haqiqatda ham 
mavjud. 


31
Togʻ jinsining ma’dan oldi oʻzgarishi – har xil genezisli konlarni 
qidirishning asosiy mezoni hisoblanadi. Yondosh jinslarning oʻzgarishi 
faqat ma’danli gidrotermal eritmalar ta’siridagina emas, balki nurash 
jarayonida konlarning parchalanishidan ham paydo boʻlishi mumkin. 
Endogen konlardagi yondosh jinslarning ma’dan oldi oʻzgarishlari 
skarnlanish, greyzenlanish, kvarslanish, kaolinlanish, dolomitlanish, 
seritsitlanish va boshqalardan iborat. 
Temir, mis, polimetall, volfram, molibden, oltin, qalay, bor va boshqa 
konlar skarnlar bilan bogʻliq . 
Greyzenlashgan jinslarda qalay, volfram, molibden, berilliy, tantal, 
niobiy, vismut konlari uchraydi. 
Oltin, mis, rux, qoʻrgʻoshin va nodir metallar konlari seritsitlanish bilan 
bogʻliq. 
Kaolinlanish oʻrta va past haroratli qoʻrgʻoshin, rux, oltin, qalay, 
flyuorit, simob konlariga xosdir. 
Togʻ jinslarining ma’dan oldi oʻzgarshi katta qidirish ahamiyatiga 
ega. Chunki ular koʻzga oson tashlanuvchi yorqin ranglarga ega 
boʻlgan holda foydali qazilma uyumi kattaligiga nisbatan keng 
maydonlarni egallaydi. 
Shuni hisobga olish kerakki, togʻ jinslarining ma’dan oldi 
oʻzgarishlari kuzatilgan hududlarda har doim ham sanoatga yaroqli 
ma’danlar uchramaydi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling