O„zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o„rtа mаxsus tа„lim vаzirligi islom karimov nomidagi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana19.11.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1786230
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari (2)

 
Nazariy qism 
 
3D Studio MAX uch o„lchovli modellashtirish va ko„rgazmali 
namoyish qilishning (vizualizastiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu 
dastur yordamida yuqori sifatli animastiya va uch o„lchovli modellarni 
professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o„lchovli va uch 
o„lchovli obyektlarni qo„llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikastion filmlar, ma‟lum 
fanlar bo„yicha ko„rgazmali dasturlar tuzish mumkin. 
3D Studio MAX da obyektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. 
Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga 
keltirganingizda kursor shakli 
o„zgaradi. Sichqoncha yordamida 
obyektning o„lchovlarini berasiz. 
Yaratilgan obyektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va 
yoritgich asboblarini qo„llashingiz mumkin. 
Obyekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya‟ni unga 
masalan shaffof yoki g„adir-budir sirt berishingiz mumkin. 
Qurish maydonida yaratilgan obyektlarni harakatlantirib, kichik 
animastiya hosil qilish mumkin. Buning uchun “Animastiya” tugmasini 
bosib, kadrlarni o„zgartirgan holda obyektni harakatlantirish bilan oxirgi 


33 
kadrga kelinadi. So„ngra animatsiya panelidan “Play” tugmasi bosiladi. 
Natijada kadrlar almashinib, animatsiya hosil buladi. Bu yaratilgan 
animatsiyani fayl ko„rinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan 
video tasvirlarni o„qiy oladigan dastur yordamida o„qishimiz mumkin. 
Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.  
 
Foydalanuvchi interfeysi haqida ma‟lumot 
 
Ko‘rinish maydoni (View ports). 3D S MAXni ishga tushirganingizda 
ekranda standart foydalanish interfeysi paydo bo„ladi. Bu interfeys to„rtta 
ko„rinish maydonidan tashkil topgan bo„lib (odatda bu ko„rinishlar: 
oldindan, yuqoridan (top), chapdan (left), va perspektiva), atrofida 
instrumental vositalar va boshqarish vositalari joylashgan bo„ladi. 
Ko„rinishlar foydalanuvchi didiga mos ravishda tanlanib, obyektlar 
ko„rinishi ham o„zgartirilishi mumkin. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling