O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti biologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi rivojlanish biologiyasi fanidan I- bosqich talabalari uchun amaliy mashg’ulotlari ishlanmasi jizzax


Download 1.46 Mb.
bet19/22
Sana03.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1075811
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
amaliy mаshg\'uloti(rivojlanish)

Zaruriy ashyolar: Rasm daftar, qalam va ruchka
Vosita, jihoz, qurilma: Politen xromosomalarni rasmi, plakatlar, mikroskop, doimiy preparatlar
Ishni bajarilishi: 1. Endorepraduksiya hodisasini kuzating. 2. Doimiy preparatlarda mikroskopda hujayralarni kuzating. 3. Kuzatganlaringizni rasm daftarga tushiring. 4.
Hulosalaringizni qayd qiling.
Nazariy va amaliy tushunchalarni egallash uchun savollar:

  1. Endorepraduksiyani izohlang

  2. Politen xromosomalar?

  3. Endorepraduksiyaning biologik ahamiyati

13-MAVZU: NEKROZ
Asosiy maqsad: Nekroz hodisasini o’rganish
Vazifalar: Nekrozning ahamiyati
Nazariy tushuncha: Alohida olingan hujayralar ham butun organizmlar turli ta’sirlarga uchrashi natijasida ularda strukturaviy funksional o‘zgarishlar yuzaga kelib bu patologiya rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunday patologik jarayonlar organizm ayrim funksiyalarining buzilishiga va hujayra va organizm o‘limiga olb kelishi mumkin. Ko‘p hujayrali organizmda yuzaga keladigan patologik jarayonlar negizida alohida olingan 1 ta hujayrada yuzaga keladigan buzilishlar yotadi. Bu g‘oyani R.Virxov ilgari surgan.
Yadro qobig‘ida ro‘y beradigan o‘zgarishlardan biri perenuklear bo‘shliqning kengayib ketishi, yadro membranalarining o‘iyshayib ketishidir.
O‘zgarishlarning erta etaplarida hujayra shaklining yumaloqlashishi va uning yuzasidagi o‘simtalar,mikrovorsinkalar sonining kamayishi kuzatiladi. Plazmatik membrana yuzasida turli pufakchalar yuzaga keladi.
Plazmatik membrana ning buzilishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

  1. Erkin radikallarning(stabil bo‘lmagan va tashqi orbitasida toq elektronlar soniga ega bo‘lgan chastitsalar) xosil bo‘lishi.Ular aktiv kislorodga ega bo‘lib membrananing lipidlpri bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ortiqcha energiya xosil bo‘ladi, lipidlar oksidlanadi.

  2. Komplement sistemasining aktivlashishi. Bular Plazmatik membrana aktiv bo‘lmagan oqsillari guruxi bo‘lib ularning faollashishi natijasida membrana fermentativ emiriladi. Sog‘lom hujayrada bu fermentlar yod moddalarni parchalash vazifasini bajaradi.

  3. Fermentlar ta’sirida lizislanishi. O‘tkir pantreotitda va gangrena kassaligida ortiqcha fermentlarning sintezi Plazmatik membrana ning nekrozini keltirib chiqaradi.

  4. Hujayraga kirayotgan viruslar ta’sirida lizislanadi.

  5. Kimyoviy va fizikaviy faktorlar ta’sirida( yuqori yoki past xarorat, kimyoviy moddalar)

Plazmatik membrana shikastlanishi oqibatlari:

  1. Strukturaviy butunlikning yo‘qolishi. Uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar tiklanishi mumkin,lekin bunda Plazmatik membrana yuzasi kamayadi.

  2. To‘siq vazifasining buzilishiga sabab bo‘ladi,bu esa hujayra ichiga ortiqcha suv kirishiga olib keladi.

Plazmatik membrana shikastlanishi turlari: Membranal patologiyasi ularning o‘tkazuvchanligining bshzilishi, membrana orqali trasportning buzilishi, membranal xarakati va hujayra shaklining o‘zgarishi, sintez va almashinuvning buzilishi.
Membranalar shaklining o‘zgarishi morfologik jixatdan deformatsiya va maxsus tuzilmalar atrofiyasi bilan teshiklar va uzilishlar xlosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Mitoxondriyalar shikastlanish sabablari ATF sintezi buzilishi bilan bog‘liq.
Gipoglikemiya: glyukoza energiya xosil bo‘lishida asosiy substrat va bosh miya neyronlari uchun asosiy energiya manbaidir. SHuning uchun qonda glyukoza miqdorining kamayishi(gipoglikemiya) ATf sintezining kamayishiga olib keladi,bu ayniqsa miya hujayralarida bilinadi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling