O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax Politexnika Instituti “Umumiy fizika” kursidan


LABORATORIYA ishlarini bajarishda TALABALARNING VAZIFALARI


Download 1.84 Mb.
bet5/31
Sana08.01.2022
Hajmi1.84 Mb.
#241381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Fizika labaratoriya

LABORATORIYA ishlarini bajarishda TALABALARNING VAZIFALARI
Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishdan maqsad talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, fizika qonunlarini kundalik turmushda hamda ishlab chiqarishda qo‘llay bilishlariga zamin tayyorlash, amaliy ko‘nikma va o‘lchov malakalarini hosil qilishdan iborat. Shuning uchun ham barcha talabalar fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishlari shartdir. Laboratoriya ishlarini to‘liq bajarib, o‘qituvchiga hisobot bergan talabalargina fizikadan nazariy kurs bo‘yicha imtihonga qo‘yiladi.

Laboratoriya ishlarini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilish shart!

1. Laboratoriya ishlari uchun alohida daftar tutish zarur. Talaba laboratoriya darslariga kech qolmasdan, bajaradigan ishga tayyorlangan holda konspekt bilan kelishi shart!

2. Talaba bajariladigan ish bo‘yicha o‘qituvchi bilan suhbatlashgandan so‘ng, ruxsat berilsa, laborantdan kerakli asboblarni olib, ish bilan mukammal tanishib chiqadi.

Suhbat vaqtida ishning maqsadini va bajarish tartibini bilmagan talaba ish bajarishga qo‘yilmaydi.

3. Tuzilgan elektr zanjir tok manbaiga faqat o‘qituvchi yoki laborant ishtirokida ulanadi.

4. Ishni bajarish vaqtida talabalar tinchlikni saqlashi va ish joyini tashlab ketmasligi kerak, zanjirni tok manbaiga ulangan holda qoldirish mumkin emas.

5. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng zanjir tokdan uziladi.

6. Olingan ma’lumotlarning bittasi asosida aniqlanishi kerak bo‘lgan kattalik hisoblanadi. Natijalar o‘qituvchiga ko‘rsatiladi va qo‘l qo‘ydirib olinadi.

7. Olingan asboblarni laborantga topshiriladi.

8. Bajarilgan ishlar bo‘yicha o‘qituvchiga hisobot beriladi.

9. Kelgusi darsga vazifa olinadi.

10. Agar dars oxirigacha biroz vaqt qolsa, talabalar mustaqil shug‘ullanadi.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling