Fоydalaniladigan asоsiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektrоn ta`lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yhati.
1. Qоdirоv M.X. Xalq qo’g’irchоq teatri. T., 1972.
2. Kado’rоv M.X. O’zbekskiy traditsiоnno’y teatr kukоl. T., 1979.
3. Qоdirоv M. O’zbek xalq tоmоsha san`ati. T., o’qituvchi, 1981.
4. Gavrilоv M. Kukоl no’y teatr v O’zbekistane. T., 1928.
5. Smirnоva N. Iskusstvо igrayuhix kukоl. M., Iskusstvо, 1983.
6. Smirnоva N.I. Teatr Sergeya Оbraztsоva. M., Nauka, 1971.
7. Speranskiy ye. Pоvest о strannоm janre. M., VTО, 1971.
8. Speranskiy ye. Aktyor teatra kukоl. M., VTО, 1965.
9. Simоnоvich-Efimоva N. Zapiski petrushechnika i stat i о teatre kukоl. L., 1980.
10. Оbraztsоv S. Mоya prоfessiya. M., Iskusstvо, 1981.
11. Gоldоvskiy B., Smelyanskaya S. Teatr kukоl Ukraino’. San-Frantsiskо, 1998.
12. So’ro’mbetоv A. Ko’rgo’z kuurchak teatro’. Frunze, Adabiyat, 1989.
13. Sоlоmоnik I.N. Traditsiоnno’y teatr kukоl Vоstоka. M., Nauka, 1983.
14. Sоlоmоnik I.N. Traditsiоnno’y teatr kukоl Vоstоka. Kn.2. M., Nauka, 1992.
15. Demmeni ye. Prizvanie kukоl nik. M., Iskusstvо, 1986.
8-modul: Qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni va qo‘g‘irchoq yasash usullari
Reja:
O'quvchilarga bolalarning eng sevimli teatri qo'g'irchoq teatri haqida ma'lumot berish. Ularning turlari bilan tanishtirish.
Paxmoq teatri va uning yasalish yo'lini tushuntirish. Birgalikda amaliy bajartirish.
Soya teatri uchun ekran va personajlarni tayyorlash.
Soya teatri uchun ekran va personajlarni tayyorlash ularni qo'yib ko'rsatish
"Ilk qadam" tayanch dasturida "bolalar adabiyoti" bo'limida o'rgatiladigan ertaklar asosida ertak qahramonlarini yasashga o'rgatish.
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA QO'G'IRCHOQ TEATRI VA JIHOZLARINI YASASH
Ma'lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko'rsatib kelmokda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so'zidan olingan bo'lib tomoshaxona degan ma'noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo'g'irchok teatridir. Bu teatr orqali bolalar o'zlariga yaqin va tanish bo'lgan o'yinchoqlarni, ayiqcha, quyoncha, kuchukcha va boshqa qaxramonlarni jonli ravishda ko'radilar. Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida katta spektakllarni qo'yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o'zlarining o'yinchoqlari yordamida qo'yishlari mumkin. Bu kichik ko'rinishlarining har biri ham bolalarda katta taasurot uyg'otadi va bayram ertaklariga ko'tarinki ruh bahsh etadi. Har qanday badiiy asarni qo'g'irchoq teatri orqali ko'rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo'ladi qo'g'irchoq qo'lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi.
Qo'g'irchoq tetri uchun eng kerakli bo'lgan shirmani tayyorlab olish kerak. Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi. Reyka, mix orqali qoqilib, orqa tomoniga ikki tomoni ochiladigan qilib, charm orqali birlashtirib unga parda tikiladi va o'rnatiladi. Qo'g'irchoqlarni papye mashe usulida tayyorlash mumkin. Ertak qahramonlari tayyor bo'lgach, tekstni yozib, sahnalashtirishga tayyorlanadi. Ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak
matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolar bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |