quyidagilar to’g’risida ahdlashib oldilar:
1- modda.
Asosiy prinsiplar
Tomonlar davlatlarning tegishli qonun-qoidalari asosida ushbu Bitim doirasida hamkorlik qildilar va o’zaro ko’maklashadilar.
2- modda.
Atamalar
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “ terrorizm” atamasi quyidagilarni anglatadi.
Ushbu Bitimning ilovasida sanab o’tilgan xalqaro aktlardan birida jinoyat deb tan olingan xarakatlar;
37
Tinch aholining yoki qurolli mojaro davrida harbiy harakatlarda faol ishtirok etmayotgan har qanday shaxslarning o’limiga sabab bo’ladigan yoki og’ir tan jarohati yetkazadigan, yoki mol-mulkka katta zarar yetkazishiga olib keladigan o’qotar qurollar, portlatuvchi moddalar yoki har qanday boshqa qurollardan foydalanish orqali amalga oshiriladigan harakatlar hamda o’z xarakteri yoki ko’rinishiga ko’ra tinch aholini xavf ostiga qo’yadigan. Unga zarar yetkazadigan, jamoat xavfsizligiga putur yetkazadigan yoki davlat muassasalarini ma’lum bir xarakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan va Tomonlar davlatlarining qonunlariga binoan jinoyat hisoblanadigan, harakatlarni tashkil etish, rejalashtirish, undash yoki tajovuz qilish;
2. Ushbu moddaning qoidalari unda belgilangan atamalarning boshqacha yooki kengroq ta’riflanishi boshqa xalqaro bitimlar qoidalari yoki milliy qonunlarga ta’sir qilmaydi.
3. Tomonlar o’zaro munosabatlarda ushbu moddada qayd etilgan harakatlarni jinoyatlar sifatida qaraydilar.
4. Ushbu bitimni amalga oshirishda ekstraditsiya bilan bog’liq masalalarda Tomonlar O’zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o’rtasida ekstraditsiya to’g’risida ( Islomobod, 20001-yil 25-yanvar) Shartnoma qoidalariga muvofiq hamkorlikni amalga oshiradilar.
3-modda.
Hamkorlik sohasi
Tomonlar milliy qonunlari va xalqaro huquq normalari doirasida o’zlarining tegishli markaziy vakolatli organlari orqali ushbu Bitimning 2- moddasida sanab o’tilgan jinoyatlarni sodir etishning oldini olish, aniqlash, bartaraf qilish va tergov olib borishda hamkorlik qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |