O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi jizzax shahar kasb-hunar maktabi


AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR MAKTABI, KOLLEJ VA TEXNIKUMLARIDA MATEMATIKA TA’LIMINING VAZIFALARI


Download 94.98 Kb.
bet3/18
Sana04.11.2023
Hajmi94.98 Kb.
#1746193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jizzax shahar kasb-hunar maktabi-fayllar.org

AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR MAKTABI, KOLLEJ VA TEXNIKUMLARIDA MATEMATIKA TA’LIMINING VAZIFALARI:
akademik litsey va kasb-hunar maktablari o’rta umumiy ta’limning bevosita davomi bo’lgani uchun ham bu yerda matematika o’qitishda o’quvchilarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda abstrakt va mantiqiy fikrlashini o’stirish;
o’quvchilarni funksiyalar va ularning xossalarini matematik analiz tushunchalari vositasida tekshirishga o’rgatish;
tenglama va tengsizlikarni yechishdagi matematik usullarni mohiyatini sistemali ravishda o’rgatish;
fazoviy jismlarning xossalarini o’rgatish va bu xossalarni amaliyot masalalarini yechishga tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;
o’quvchilarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularda masalalar yechish yordamida mustaqil mantiqiy fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.

O’QUVCHILAR BILIM, MALAKA VA KO’NIKMALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR:


Algebra va analiz asoslari kursini o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim:
- to’plam tushunchasiga ega bo’lishi, to’plamlar ustida amallarni bajara olishi, , , , , ,  - mantiqiy amallardan foydalanishni bilish;
- haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallar bajarish, haqiqiy sonning modulini bilish, - kompleks sondan kvadrat ildiz chiqara olish;
- matematik induksiya usulini sonlarning bo’linishi, yig’indilarni hisoblash, tengsizlik va ayniyatlarni isbotlashga qo’llash;
- ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik funksiyalarni asosiy xossalarini bilish hamda ularga ko’ra funksiyalarni grafigini chizish;
- kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalar, ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yecha olishi, tenglamalar yechishning umumiy, xususiy usullarini bilishi;
- hosila, hosilani hisoblash qoidalari, elementar funksiyalarning hosilalari, hosilalar jadvali, hosilani geometrik va fizik ma’nosini bilish;
- egri chiziqqa urinmaning ta’rifi, urinma tenglamasini bilish;
- funksiyaning oraliqdagi eng katta va eng kichik qiymatlarini topish;
- boshlang’ich funksiya, aniqmas integral va ularning xossalarini bilishi;
- egri chiziqli trapetsiyaning yuzi, aniq integral, Nьyuton-Leybnets formulasini bilishi;
- aniq integral yordamida yuza va hajmlarni hisoblashni bilish;
- o’rinlashtirish, o’rin almashtirish, guruhlashning sonini topish formulalarini bilish;
- ehtimollikning klassik, statistik va geometrik ta’rifini bilish,
Geometriya kursini o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim:
- yassi figuralar va asosiy geometrik munosabatlar haqida ma’lumotlarni o’zlashtirish;
- teoremalarni isbotlash, masala va misollar yechishda mantiqiy mulohaza yuritishni bilish;
- stereometriya elementlari va aksiomalarini bilish;
- fazoda to’g’ri chiziq bilan tekislikni o’zaro joylashishini tasavvur qila olish;
- to’g’ri prizma, piramida, silindr, konus, shar hajmlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishi;
- to’g’ri prizma, piramida, silindr, konuslarni yon va to’la sirtlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi;
- modellarda, chizmalarda ko’pyoqlar, aylanma jismlarni ajratish, ularning elementlarini ayta olish, shunga doir masalalarni yechishi;
- vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchasini bilishi, - - vektorlar ustida amallarni bilishi;
- bazis vektor tushunchasini bilishi, vektorlarni uchta bazis vektorlar bo’yicha yoyilmasini bilishi;
- vektorlarni skalyar ko’paytmasi va uning xossalarini bilishi.


Download 94.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling