Amaliy maslahatlar
Yumaloq va kuloh tipidagi qalpoqchalarni juda yо‘g‘on jun ipdan (20—25 qavat 32/2 nomerli ip) 5 — 6-nomerli spitsada tо‘qigan yaxshiroq. Bu modelni kerakli shaklga tushirishda yordam beradi. Bundan tashqari qalin ipdan tо‘qilgan gul, ingichka ipdan tо‘qilganga qaraganda chiroy-liroq chiqadi.
Moxer qalpoqchalar tagidan trikotaj astar qо‘yilgani yaxshiroq. Qalpoqcha tо‘qilayot-ganda moxer ipga shu rang-dagi yoki shunga moye rangdagi jun ip qо‘shilsa, yanada yaxshiroq bо‘ladi.
Beretni о‘rta yо‘g‘onlikdagi ipdan (8 qavat 32/2-nomerli ip) bо‘sh strukturali inglizcha rezinka usulida gul bilan tо‘qish kerak.
Kryuchok bilan tо‘qilgan qal-poqchalar uzoq vaqt shaklini saqlab turadi. Kо‘pincha ular-ni doyra bо‘ylab, yuqoridagi markazdan boshlab tо‘qiydi-lar.
Ba’zan qalpoqchalarni rezin-kali kizakdan boshlab tо‘qiy-dilar. Rezinka juda elastik
bо‘lgani uchun uning atrofi bо‘ylab petlyalar sonini hi-soblab chiqish oson emas. Buning ustiga kizak tez chо‘-zilib ketadi. Shuning uchun oldin qalpoqchaning tepasini (yuqori qismini) kizaksiz tо‘qib, tikib olinadi va shundan sо‘ng kryuchokda kizak-ni aylana bо‘ylab ustunchalar bilan xomaki petlyasiz asos petlyaning ort ipidan tо‘qi-ladi .
Qalpoqchaga gul tanlashda, uning polotnosini ish oxiri-da biriktirib tikilishini hisobga oling. Aks holda chok gulning shaklini buzib qо‘ya-di. Bu keng vertikal yо‘l-lardan iborat gullar uchun ayniqsa muhim.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KASBIY TA’LIM FAKULTETI
MEXNAT TA’LIMI VA CHIZMACHILIK KAFEDRASI
O’QITUVCHISI ABDULLAYEVA KOMILANING
« Sut va sut maxsulotlarining oziqlik qiymati.Sut turlari. Qaymoq»
MAVZUSI BO’YICHA OCHIQ DARSI.
Mavzu: Sut va sut maxsulotlarining oziqlik qiymati.Sut turlari. Qaymoq.
Reja:
Sut va qaymoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |