O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

1) joylashgan o‘rniga ko‘ra: 
a) er usti inshoatlari (daryo, ko‘l, kanal va h.k); 
b) er osti inshoatlari (o‘tqazuvchi quvurlar, tunellar va h.k). 
2) foydalanish maqsadiga ko‘ra: 
a) suv-energetika inshoatlari; 
b) suv-ta’minoti inshoatlari; 
v) sug‘orish inshoatlari; 
g) chiqindi suvlarni chiqarish inshoatlari; 
d) suv-baliq xo‘jalik inshoatlari; 
e) suv-sport inshoatlari va h.k. 
3) vazifasiga qarab: 
a) GES lar va boshqa suv inshoatlari (to‘g‘onlar va boshqalar); 
b) suv o‘tkazish inshoatlari (kanallar, tunnellar, quvur o‘tkazgichlar); 
v) tarnovlar, osma quvurlar va h.k.; 
g) tashlandiq suv inshoatlari (ortiqcha suvni chiqarish uchun); 
d) suv oqimini tartiblash inshoatlari (suv oqimini to‘g‘irlovchi, daryo va 
 


qirg‘oq o‘zanlarini yaxshilovchi va boshqalar); 
e) baliq xo‘jaligi inshoatlari (baliq boqish uchun). 
Gidrotexnika inshoatlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi: 
1) tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, ko‘chki, jala yomg‘irlar yuvib ketish va 
boshqalar); 
2) uskunalarning tabiiy emirilishi va eskirishi; 
3) inshoatni loyihalash va qurishdagi xatoliklar; 
4) suvlarni ishlatish qoidalarini buzilishi
5) portlatishlar oqibatida (xarbiy xarakatlar, terrorchilik ishlari va 
boshqalar). 
Gidrotexnika inshoatlarining buzilishi natijasida muayyan oqibatlarga olib 
keladi, jumladan: Gidrotexnik inshoati o‘z vazifasini bajarmay qo‘yishi; suv 
to‘lqinini insonlarga zarar etkazishi va turli inshoatlarni buzilishi; xududlarni suv 
bosib, mol-mulkka, erlarga, moddiy resurslarga va boshqa ob’ektlarga jiddiy 
moddiy zarar keltiradi. Shuning uchun bunday inshoatlardan foydalanuvchi 
tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Fuqaro 
muhofazasi to‘g‘risida” gi qonunining 8,9 moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan 
majburiyatlar yuklangan. Unga ko‘ra bunday xavfli ob’ektlarni loyihalash, qurish 
va ishlatish davomida xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan avariyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
bajarish, shuningdek bunday masalalar bo‘yicha favqulodda vaziyatlar tizimlari 
bilan hamkorlik qilish ta’kidlab o‘tilgan. 
Gidrotexnika inshoatlarda avariya bo‘lmasligi uchun muhofaza qilinish 
chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur, jumladan: 
1) gidrotexnika inshoatlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
2) gidrotexnika inshoatlaridan to‘g‘ri foydalanish; 
3) gidrotexnika inshoatlaridagi belgilangan tadbirlarni va ta’mirlash ishlarini 
o‘z vaqtida bajarish
4) qirg‘oqni mahkamlash va inshoat tubini mustahkamlash ishlarini o‘tkazish; 
 


5) suv chiqarishda va g‘amlashda qonun qoidalarga rioya etishlik (vaqtiga mos 
ravishda taqsimlanishi); 
6) qo‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib 
turish: 
7) gidrotexnika inshoatlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish; 
8) gidrotexnika inshoatlari hududini chet el kishilar kirishidan ishonchli 
qo‘riqlash; 
9) falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bo‘lish ehtimolini oldindan 
aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnik sharoitni muntazam kuzatib borish. 
Gidrotexnika inshoatlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni 
bajarishlari lozim: 
1) suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin bo‘lgan 
hududlarni va suv bosish vaqtini shuningdek shikastlovchi omillarini (suv urib 
ketadigan to‘lqin balandligi va tezligini va boshqalarni) yaxshi bilishlari kerak; 
2) aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi xatti-
haraktlarga tayyorlangan bo‘lishlari kerak; 
3) aholining hammasi suv bosish extimoli borligi, suv bosish vaqti, uning 
chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalarni vaqtida olishi 
kerak; 
4) xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi 
kerak: 
• darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlarni, 2-3 kunlik oziq-
ovqat va ichimlik suvini o‘zi bilan olish; 
• uylarni ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini o‘chirishi) qoldirishi 
kerak; 
• chorva mollarini xavfsiz joylarga o‘tkazib qo‘yish; 
 


5) agar to‘satdan halokatli suv bossa: 
• suvning to‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan 
inshoatlarning yuqori qismlariga chiqiladi; 
• oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmassa 
idishlari osilgan najot kamarini) taqib olishadi; 
• agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bo‘lsa, qaerdaligini 
belgilab, kutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq belgilari osib 
qo‘yiladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling