O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
Corners
(Yumaloqlangan burchaklar) buyrug‘idan foydalanamiz. Ko‘pburchak muloqot oynasi. Ko‘pburchak chizish uchun uning tomonlari soni va burchaklarining chuqurligini protsentlarda ko‘rsatish kerak. Buning uchun Element (Element) menyusining Polygon Setting (Ko‘pburchak) buyrug‘ini tanlash vaqtida ochiladigan muloqot oynasidan foydalanamiz. Ko‘pburchak tomonlarining soni 3 dan 100 gacha bo‘lishi mumkin. Chizilgan obyektning joyini yoki o‘lchamini o‘zgartirish uchun «Strelka» asbobidan foydalanamiz. Agar obyektni ko‘chirish vaqtida Shift tugmasini bosib tursak, obyekt faqat gorizontaliga yoki vertikaliga suriladi. Obyektning o‘lchamini Yumaloqlangan burchaklar muloqot oynasi. 246 o‘zgartirish uchun uni chegaralab turgan ramkaning burchaklarida va tomonlarining o‘rtasida joylashgan chegaralovchi nuqtalardan foydalanamiz. Tomonlar o‘rtasidagi chegaralovchi nuqtalarni surib, obyektning balandligi yoki kengligini o‘zgartiramiz. Burchaklardagi chegaralovchi nuqtalarni surib, bir vaqtda uning kengligi va balandligini o‘zgartiramiz. Chegaralovchi nuqtalarda sichqoncha ko‘rsatkichi ikki tomonlama strelka ko‘rinishini oladi. Chiziqning qalinligi 0 dan 800 punktgacha beriladi. Chiziqlarning bir necha xil tiplari bor: uzluksiz, shtrixli, punktir va h.k. Chiziqning qalinligi va tipini o‘zgartirish uchun menyusining Line (Chiziq) buyrug‘idan foydalanamiz. To‘g‘ri chiziq tiplari Biror geometrik shaklning ichini to‘ldirish (bezash) uchun Element (element) menyusining buyrug‘idan foydalanamiz. Fill (fon) buyrug‘ining qism menyusida shakl ichini to‘ldirish uchun shtrixlashning bir necha xil ko‘rinishlari berilgan. Sahifaga tayyor grafik shakl joylashtirish uchun File (fayl) menyusining buyrug‘idan foydalanamiz. Ochilgan muloqot oynasidan kerakli grafik fayl nomini tanlaymiz. Agar sahifadagi rasmni boshqasiga almashtirmoqchi bo‘lsak,avval rasmni ajratib olish kerak, undan so‘ng Place (joylashtirish) muloqot oynasini ochib, yangi rasmli faylni tanlash kerak. 247 Sahifadagi rasmni tahrirlash uchun, avval rasm ajratiladi va Edit (tahrirlash) menyusining Edit Original (originalni tahrirlash) buyrug‘idan foydalaniladi. Ekranda rasm qaysi programmada tayyorlangan bo‘lsa, shu programma oynasida paydo bo‘ladi. Rasmga kerakli o‘zgartirishlarni kiritib, xotirada saqlanadi va programma oynasi yopiladi. Page Maker sahifasida rasmning eski nusxasi o‘rnida o‘zgartirilgan ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling