O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish
Flash da animatsiyalarni o`rganishni eng sodda harakatlarni ko`rishdan 
boshlaymiz.
1-misol. Dastlab biror chizilgan ob’ektni bir koordinatadan boshqa 
koordinataga harakat bilan o`tkazish jarayoni bilan tanishib chiqamiz: 

File > Newbuyrug’ini berish bilan yangi ish maydoni hosil qilamiz.

ish maydonidagi yagona qatlam (layer) ning birinchi kadrini sichqon 
chap tugmasi bilan bosib belgilaymiz.

endi sichqonni Tools paneliga olib kelib chizish uchun mo`ljallangan 
ixtiyoriy uskunani tanlaymiz.

sichqon yordamida ixtiyoriy rasm chizamiz.

qatlamning kadri ustiga sichqon ko`rsatgichini qo`yib, o`ng tugmasini 
bosamiz. Hosil bo`lgan menyudan CreateMotionTweenbuyrug’ini beramiz.


321 

sichqon ko`rsatkichini bir nechta kadrdan keyinga qo`yib Insert 
Keyframe buyrug’i beriladi. Xuddi shu Keyframe ni belgilagan holatda rasmni 
o`zini kerakli koordinataga o`tkazamiz. Buning uchun Properties menyusidan X va 
Y koordinatalarini o`zgartiramiz. 

harakatni ko`rish uchunControl > Test Movie buyrug’i beriladi.
Natijada dastlabki nuqtada turgan rasm biroz vaqt ichida boshqa koordinataga 
o`tadi.
Flash da ob’ektni bir koordinatadan boshqasiga o`tkazish;
2-misol. 1-misolni biroz o`zgartirsak, shu ob’ektni kattalashganini 
kuzatishimiz mumkin: 
o yuqoridagi misolning 5 ta qadamini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi 
uzgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz.
o natijada rasm belgilanadi, rasmni kattalashtiramiz. Buning uchun 
Properties panelidan W:va H: qiymatlarini kattalashtiramiz.
o harakatni ko`rish uchunControl > Test Movie buyrug’i beriladi.
Natijada aylana harakatlanib boshqa koordinataga o`tish bilan kattalashib 
boradi.
3-misol. Navbatdagi misolda esa xuddi 1-misoldagi chizilgan shar boshqa 
koordinataga o`tishi bilan rangi o`zgarib boradi. Buning uchun quyidagi ketma-
ketlik bajariladi: 


322 
o 1-misoldagi birinchi 5 ta bandini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi 
o`zgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz.
o natijada rasm belgilanadi, keyin Properties panelidan Color ro`yxatidan 
Advanced buyrug’i beriladi.
o ekranda hosil bo`lgan Advanced Effect oynasidan o`zimizga kerakli rang 
ko`rsatgichlarini tanlab OK tugmasini bosamiz.
o harakatni ko`rish uchun Control > Test Movie buyrug’i beriladi.
4-misol. Endigi misolda ob’ektlarni harakatlanish bilan biror burchakka 
burilishi bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bilan tanishib 
chiqamiz:
o 1-misoldagi birinchi 5 ta bandini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi 
o`zgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz.
o natijada rasm belgilanadi, Modify > Transform > Scale and Rotatebuyrug’i 
beriladi.
o ekranda hosil bo`lgan Scale and Rotate muloqot oynasida tegishli burchak 
qiymatini ko`rsatib, OK tugmasini bosamiz.
o ko`rsatilgan burchakka rasm buriladi  

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling