O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi 
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bir necha tasnifi 
mavjud. Keng tarqalgan tibbiy tasniflardan biri L.V.Neyman 
tomonidan ishlab chiqilgan tasnif sanaladi. 
Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun 
L.V.Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va 
nutq yordamida tekshirgan.
L.V.Neyman idrok etiladigan chastotalar hajmiga bog‘liq 
ravishda karlarning 4 guruhini farqlaydi:
1-guruh – eng past 125-250 Gs chastotalarni idrok etadigan 
bolalar. Bunday bolalar qandaydir nutq tovushlarini farqlamaydi va 
qulog‘i yaqinida aytilgan juda baland tovushlarga yoki yaqin 
masofadan turib berilgan intensiv tovushlarga (baqiriq va sh.k.) 
reaksiya qiladi.
2-guruh – 125-500 Gs chastotani idrok etadigan bolalar. Bu 
guruh bolalar qulog‘i yaqinida aytilgan baland tovushlarga reaksiya 
qiladi, «o» va «u» unlilarini farqlaydi. Boshqa juda baland 
tovushlarni idrok etishga qodir.
3-guruh – past va o‘rta chastotalar, 125 -1000 Gs gacha 
diapazondagi tovushlarni idrok etadigan bolalar. 
4-guruh – 125 - 2000 Gs chastotani idrok etadigan bolalar. 
3 - va 4 - guruhga mansub bolalar yaqin masofadan turib kamroq 
intensiv va chastotasiga ko‘ra turlicha tovushlarni (musiqa asboblari 
tovushi, maishiy tovushlar – eshik qo‘ng‘irog‘i, telefon qo‘ng‘irog‘i 
va sh.k.) idrok etadi.
4-guruh bolalari deyarli barcha unlilarni, qulog‘i oldida yoki 
yaqin masofadan aytilgan alohida jumla va so‘zlarni farqlaydi.
Kar bolalarning hammasida u yoki bu darajadagi qoldiqli 
eshitish bo‘ladi. Qoldiqli eshitish idrokini rivojlantirish bo‘yicha 
maxsus ish jarayonida og‘zaki nutqning shakllanishida muhim rol 
o‘ynaydi.
Zaif eshituvchilik ham turli darajada namoyon bo‘ladi. 
L.V.Neyman eshitishning pasayish darajasi bo‘yicha zaif eshituvchi 
bolalarni 3 ta darajaga ajratadi.


41 
1-daraja – nutqiy diapazonda eshitishning pasayishi 50 dBgacha 
nutqiy muloqot qilish mumkin. 1 m dan ortiq masofadan so‘zlashish 
balandligidagi nutqni saralab idrok etish mumkin. 
2-daraja – eshitish 50-70 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. 
Nutqiy muloqot qiyinlashgan. Og‘zaki nutq 1 m dan kam masofadan 
idrok etiladi.
3-daraja - eshitish 70-80 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. 
So‘zlashuv balandligidagi nutq hatto qulog‘i oldida ham farqlan-
maydi. Muloqot baland ovoz yordamida quloqqa yaqin masofada 
amalga oshiriladi.
L.V.Neyman tasnifiga kar, zaif eshituvchilik bilan karlik 
o‘rtasidagi shartli chegara 80 dB darajasida. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling