O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 7.9 Kb.
bet2/3
Sana01.11.2023
Hajmi7.9 Kb.
#1736735
1   2   3
Bog'liq
manaviyatshunoslik slayd

Ilgari milliy gʻoyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy gʻoya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin koʻzlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni koʻrar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan notoʻgʻri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qoʻporib tashlash qiyin kechyapti. Milliy gʻoya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda. Ilgari milliy gʻoya ijtimoiy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablagʻi, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy gʻoya gumanitar masala boʻlib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy gʻoya roʻyobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, ularda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi belgilab olindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsiy tashabbusi bilan 1997-yil “Ma’naviyat asoslari” maxsus fani respublika ta’lim tizimiga joriy etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining birinchi o’rinbosarlari ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanuvchi rahbar etib belgilab qo’yildi. Oliy ta’lim tizimida haftada bir marta ma’naviyat-ma’rifat soatlari o’tkaziladigan bo’ldi. Mamlakatimizning taniqli olim va ma’rifatparvarlari qisqa fursatda “Ma’naviyat asoslari” fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar yaratdilar. Respublika davriy matbuotida ilmiy-amaliy mazmundagi yuzlab maqolalar, radio va televideniyeda maxsus eshittirish va ko’rsatuvlartashkil etilib, hozirda samarali faoliyat olib bormoqda. Qisqa davrda “Ma’naviyat asoslari” fanidan o’quv mashg’ulotlari olib boruvchi o’qituvchi mutaxassislar yetishib chiqdi.


Download 7.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling