O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida


Download 97.57 Kb.
bet2/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
man

1. Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida
36-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.Qarang: mazkur Konstitutsiyaning 9 va 128-moddalari.Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni.
37-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.
38-modda.
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
39-modda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunlari.Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 251-moddasining oltinchi qismi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni 131-moddasining oltinchi qismi.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling