O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 97.57 Kb.
bet6/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
man

Egri saylovlar, odatda ko`p bosqichli bo`lib, bunda saylov huquqiga ega bo`lgan fuqaroning xohish irodasi maxsus shaxslar – “Saylovchilar” yoki maxsus organlar vositasida ifodalanadi. Egri saylovlarda fuqarolar nomzodga emas, balki maxsus shaxslar yoki organlarga ovoz beradilar, ular esa o`z navbatida muayyan lavozimga qo`yilgan nomzodni saylaydilar. Bu saylov usuli qator mamlakatlar parlamentining yuqori palatasiga bo`lgan saylovlarda ham qo`llaniladi (Fransiya, Xindiston, Malayziya va boshqalar). Egri saylovlar AQSH va Argentina prezidentligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llanilib, prezidentlik saylovida bu usulni qo`llanilishining xarakterli jihati shundaki, saylovchi va nomzod o`rtasidagi oraliq instansiya – maxsus shaxslarning shaxsiy sifatlari emas, balki partiyaviy mansubligi juda katta ahamiyatga ega.O`zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senat a'zoligiga nomzodlar o`z lavozimlariga egri saylovlar orqali erishadilar, ya'ni Senat a'zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qorqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
Saylovlarni o`tkazish jarayonida xorijiy hamda milliy kuzatuvchilarning hozir bo`lishi saylov o`tkaziladigan davlat uchun saylov jarayonining obro`sini oshiradi. Bunday kuzatuvchilar saylov jarayoniga aralashmagan holda ma'lum davlatda fuqarolar saylov huquqlarining amalga oshirishlari uchun qay darajada sharoit yaratilganligiga va shuning natijasi o`laroq mamlakatdagi demokratik jarayonning qanday kechayotganligiga baho beradilar.Yurtimizda bu boradagi islohotlarning qay darajada borayotganligini 2002 yil 27 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi referendumida ishtirok etib, referendum jarayonini bevosita kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar Referendum kelgusida O`zbekistonning xalqaro aloqalarini kuchaytirishda hamda qonunchilikni mustahkamlashda muhim omil bo`ladi degan mulohazalaridan ham bilib olish mumkin.Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshib borishiga xizmat qiladi. Bunday jamiyatda fuqarolar davlat tomonidan turli sohalarda amalga oshirilayotgan siyosatga befarq bo`lmaydilar. Turli qatlamdagi aholi manfaatlarini hisobga olmasdan yuritiladigan davlat siyosati esa, salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Buning natijasida fuqarolarning faolligi sustlashib saylovlarda ularning qatnashishi kamayib ketishi mumkin.Jahon konstitutsiyaviy huquqida absentizm deb ataladigan ibora mavjud bo`lib, ushbu holat saylovlarda ovoz berishda va referendumda ixtiyoriy qatnashmaslikni bildiradi. Bunda saylovchilar o`z ixtiyorlari bilan saylovlarda qatnashmaydilar, chunki kim deputat bo`lishi, kim davlat boshlig`i bo`lishi, qo`yilgan masalaning qanday hal qilinishi ularni qiziqtirmaydi. Bu esa davlat barqarorligiga xavf soladigan darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkinki, buni 2002 yilda o`tkazilgan Fransiyadagi Prezidentlik saylovi misolida ham ko`rish mumkin.O`zbekistonda saylovchilarning ovoz berishdan ixtiyoriy voz kechish hollari juda kam uchraydi. So`nggi par­lament va Prezident saylovlarida va 2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan referendumda 90 foizdan ortiq saylovchi ovoz berishda ishtirok etganligi O`zbekistonda saylovchilarning siyosiy faolligi yuqori ekanligidan darak beradi.Saylov huquqining demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishida muayyan davlatda amalda bo`lgan saylov tizimining ham ahamiyati beqiyoski, biz bu haqda keyingi bo`limda batafsilroq to`xtalishga harakat qilamiz.Respublikamizda saylov huquqining asosiy tamoyillari bo`lib bevosita konstitutsiyada belgilangan umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri va yashirin ovoz berish hisoblanadi. Mazkur tamoyillar qonunchiligimizda o`z aksini topgan bo`lib, ularning amalga oshirilishini huquqiy mexanizmlari mamlakatimizda fuqarolarning davlat boshqaruvida bevosita va o`z vakillari orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling