O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti


Download 0.74 Mb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1150869
  1   2

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti



Iqtisodiyot fakulteti
Jismoniy tarbiya“fanidan

Mustaqil ishi

MAVZU: KO’Z UCHUN NAMUNALI MASHQLAR KOMPLEKSI


Bajardi: Sobirxo’jayev Xadyatillo
Toshkent 2022

KO’Z UCHUN NAMUNALI MASHQLAR KOMPLEKSI

Reja:

1.Kirish.
2.Asosiy qism.
I. Ko’z gigiyenasi
II. Ko’zlar uchun mashqlar
3.Xulosa.

Hozirgi kunda hayotimizning asosiy qismini texnika vositalari bilan aloqada o‘tkazamiz.Turli xil gadjetlar , kompyuterlar , mobil vositalar , qo’l soatlar, turli xil qo’shimcha uskunalardan tortib , hatto ko’cha devorlarigacha, har bir bekat, stansiyadagi reklama ekranlarigacha bari-bari elektron jihozlardan va ulardan har birining inson organizmiga , shuningdek , ko’zlariga bo’ladigan salbiy ta’sirlar juda katta. Bu albatta zamon talabiga aylanib ulgurgan omillardan biri hisoblanadi. Har birimiz hozirgi vaqtda hayotimizni kompyutersiz tasavvur ham qila olmaymiz. Uning oldida o‘tirib internet orqali dunyo voqealaridan xabardor bo‘lamiz, barcha ishlarimizni u yordamida amalga oshiramiz.


Barcha soha mutaxassislari, yoshlar, talabalar, hatto yosh bolalar va qariyalar ham hozirgi kunda kompyuter oldida o‘tirganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ko‘pchiligimiz har kuni korxonalarda 8 soat, ba’zan 10-12 soatlab kompyuter qarshisida o‘tirib ishlaymiz.
Albatta bu biz istamasak ham ko‘rish o‘tkirligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun kasbiy majburiyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari sababli kunning asosiy qismini kompyuter yoki turli xil shunga o’xshash qurilamalar oldida o‘tkazuvchilar ko‘rish o‘tkirligini saqlab qolish, uni parvarishlash va doimo sog’lom tuta bilish usullaridan boxabar bo’lsa yomon bo’lmaydi.Quyidagi biz ularni ko’rib o’tamiz.

Sabzavot sharbatini har kuni iste’mol qilish ko‘zdagi mayda qon tomirlarini yaxshilab, ko‘z nurini tiniqlashtiradi. Tanaga quvvat bag‘ishlaydi. Sabzavotlar tarkibida vitamin, kletchatka, mineral, antioksidantlar va shu kabi bir qancha kasalliklarni oldini oluvchi darmondorilar mavjud. Har kuni ovqatlanish tartibiga sabzavotlardan tayyorlangan sharbat yoki bo‘lmasa yangi uzilgan ko‘katlardan ovqatga qo‘shib tanovvul qilishning o‘zi kifoya.Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish esa albatta ovqatlanish tartibiga juda jiddiy qarash demakdir. Iste’mol mahsulotlari tarkibida D darmondorisi bo‘lishi shart. Jumladan, lavlagi, pomidor sharbati, xurmo, sut mahsulotlari, qizil sabzi, selder va petrushkadan imkon qadar ko‘proq tanovul qilish nihoyatda foydalidir. Yalpiz sharbati ham bebaho foydali vositadir. D – darmondorisi sariyog’, tuxum sarig‘i va baliq mahsulotlari tarkibida bor. Yuqorida keltirilgan darmondorilar asab tizimini ham mustahkamlab, miyada qon aylanishini yaxshilaydi. Lavlagidan salat tayyorlab, unga turli xil ko‘katlardan to‘g‘rab soling, ta’bga ko‘ra yong‘oq ham solishingiz mumkin. Tabiiy o‘simliklardan tayyorlangan fitochoy ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi va asab tizimini bir maromda mo‘tadillashtirib, ko‘zdagi charchoqni ham oladi. Jumladan, yalpiz, tirnoqgul va shivitdan damlamalar tayyorlab ko‘zga muolaja qilish ham koni foydadir.


Qon tarkibida yetarli miqdorda darmondorilar bo‘lmasa ham ko‘z kasalliklari yuzaga keladi. A darmondorisi ko‘rish qobiliyatini me’yorda ushlab turuvchi omildir. Agarda u yetarli miqdorda bo‘lmasa tanada salbiy o‘zgarishlar, ko‘z kasalliklari yuzaga keladi. Sabzi, pomidor, kartoshka, pista, petrushka, sabzavot barglari va shu bilan birga dengiz mahsulotlari ushbu darmondoriga boy. Ko‘zlarga hayot bag‘ishlovchi yana bir darmondori kaliy. Ushbu darmondori o‘rik, olma sirkasi, uzum hamda asalda yetarli miqdordadir. Mutaxassislar maslahatiga ko‘ra har ovqatlanishda bu oziq-ovqat mahsulotlarining birortasini salat sifatida iste’mol qilish – har doim ko‘zning oziqlanib turishini ta’minlaydi. Shuningdek, baliq va uning yog’ kislotasi Omega 3 hamda greypfrut ham tavsiya qilinadi.
Quyosh nuri bir qator terapevtik kasalliklarga hamda ko‘z xastaligi uchun foydalidir. Quyosh nuri ko‘z nurini uzaytiradi (me’yorini ham unutmang).Doimiy ravishda yetarli miqdorda quyosh terapiyasidan foydalanib turgan va ko’z parheziga bir me’yorda ,muttasil qat’iy tartibda amal qiluvchilarda ko’z bilan bo’gliq muammolar bo’lish ehtimoli sezilarli darajada pasayganini qator turli xil tadqiqotlar va tekshiruvlar isbotlagan.Uning yana bir ahamiyatli foydali jihatlaridan biri shundaki, u qon aylanishini yaxshilaydi. Teriga tetiklik va yoshlik bag‘ishlaydi. Lekin shuni ham yodda tutish kerakki, ko’p vaqtingiz quyosh tig‘i ostida bo‘lsa ham ko‘zlar zo‘riqishiga olib keladi.Bu haddan tashqar ortqicha bosim va quyosh nurining ortiqcha miqdorining nojo’ya ta’sirlari bilan bo’gliq. Shu bois insonlar har qanday salomatlik davrida muayyan dozani yoki normani saqlaganlari ma’qulroq.
Tabobatda esa ko‘z uchun foydali bo‘lgan na’matak, jenshen, sabzi, zaytun moyi, piyoz, asal va boshqa bir qator o‘simliklardan dori tayyorlanadi. Buning asosiy sababi shuki, ko‘zlarimiz uchun kerakli bo‘lgan hayotiy zarur vitaminlar ushbu o‘simliklar tarkibida ko‘p miqdorda mavjudligidir. Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagicha xulosalash mumkin:



Shuni unutmangki, ko‘rish qobiliyatining pasayishiga boshqa qator boshqa faktorlar ham ta’sir ko’rsatadi.Ular organizmga zarar yetkazish , miya faoliyatini susaytirish yoki shunchaki shifokor maslahatisiz turli xil vositalardan foydalanish orqali yuzaga kelishi (jumladan, mos bo’lmagan ko’zoynak taqish , noto’g’ri dori vositalarini ko’z kasalliklari uchun qo’llash) , shuningdek , turli xil kimyoviy yoki og’ir sharoitlarda , masalan, konlarda yoki laboratoriyalarda xavfsizlik vositalarisiz ishlash orqali vujuga kelishi mumkin, shu bois xavfsizlik texnika qoidalariga amal qilish kerak. Shuningdek hayotimizda tez-tez uchrab turadigan yoki o’zgarmas odat tarziga aylanib qolgan ba’zi zararli illatlardan, shu bilan birga turli xil zararli muhitdan xalos bo’lmog’imiz darkor. Ularni quyida ko’rishingiz mumkin:

  • Tamaki va narkotiklardan foydalanish

  • Spirtli ichimliklar iste’mol qilish

  • Noto’g’ri ovqatlanish va turmush tarzi

  • Mashinada, yo’lda kitob(telefon) o’qish

  • Elektron qurilmalardan uzluksiz foydalanish

  • Qorong’uda xonada uzoq vaqt ishlash

  • Toza havoning yetishmasligi

Yuqoridagilardan halos bo’lgach , inson ko’rish layoqati tiklana boradi va ko’z kasalliklariga chalinish ehtimoli nihoyatda pasayadi.

Endi faqat sog’lom turmush va zararli odatlardan o’zini olib qochish bilangina ko’zni sog’lomlashtirish va uzoq yil ko’z yorqinligini saqlash mumkinmi, bu uchun qo’shimcha kompleks mashqlar tizimi yoxud uni sog’lomlashtiruvchi dasturlar va maxsus “workout” lar mavjud emasmi degan savol tug’iladi. Lekin, darhaqiqat, ko’rish qobiliyatini yaxshilovchi oftalmologlar tavsiya etadigan bir qancha turdagi mashqlar tizimi bor va eng qizig’i ushbu mashg’ulotlar 5 daqiqa vaqt ham olmaydi.Ushbu mashg’ulotlarni doimiy bajarish va kun tartibining bir qismiga aylantirish doimiy ko’z bilan bog’liq muammolardan butkul xalos bo’lishga va boshqa bu kabilarga also chalinmaslikka yordam berishi mumkin. Hozir ularni ko’rib chiqamiz:




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling