79
SOTSIOLINGVISTIK TERMINLAR LUG‘ATI (GLOSSARIY)
Adabiy til (standart) –
umumxalq tilining ishlangan, sayqal
berilgan, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga
solingan, umummajburiy va qonuniy to‘g‘ri qo‘llanadigan,
xalqning turli
madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi til.
Aralash bilingvizm – nutq analizi
va sintezining yagona
mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud bo‘lgan
tillar esa faqat ustki
struktura darajasida farqlanadi.
Argo – jargondan farqli o‘laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan
boshqalar uchun atayin tushunarsiz qilib qo‘llaniladigan
u yoki bu
darajadagi
yashirin,
yasama til. Masalan, giyohvandlar argosida
dori so‘zi
“giyohvand modda” ma’nosida ishlatiladi.
Bilingvizm (ikki tillilik) – ikki tilda erkin fikrlasha olish,
ikki tilni
bir xilda egallash.
Diaxron sotsiolingvistika –
til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi
bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni, ya’ni til
tarixini xalq tarixi bilan
bog‘lab o‘rganuvchi sotsiolingvistik tadqiqotlar yo‘nalishi.
Diglossiya –
bir milliy tilning turli subkodlarida gapira olish, sharoit
va muloqot doirasiga bog‘liq holda, tilning bir subkodidan ikkinchi bir
subkodiga ko‘chish, bir til doirasidagi turli uslublardan foydalana olish.
“Diglossiya”
termini nafaqat bir milliy tilning turli subkodlarida gapirish,
balki turli tillarni bilish va ularni muloqot vaziyatiga ko‘ra
galma-gal
qo‘llay olishni ham anglatishi mumkin.
Ekzogloss lisoniy vaziyat –
har xil tillar majmuyi.
Endogloss lisoniy vaziyat – bir tilning tarmoqlari (ost tizimlari)
majmuyi.
Do'stlaringiz bilan baham: