O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Farzand tarbiyasida ota-onaning o`rni


Download 37.4 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi37.4 Kb.
#1415547
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jasur Mustaqil ish

Farzand tarbiyasida ota-onaning o`rni.Kelajagi buyuk hur O’zbekistonimizda unib o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasini O‘zbekistonga kirib kelishi natijasida sanitariya - epidemiologiya osoyishtaligi va xavfsizligining oldini olish maqsadida karantin e‘lon qilindi.
O‘zbekistonda ishlab, faoliyat olib borayotgan barcha fuqorolarga ya‘ni ota-onalarga ham masofadan turib faoliyat olib borish imkoni berildi. Uyda qolib farzandlarining ta‘lim-tarbiyasi va sog‘ligi haqida qayg‘uradigan ota-onalarimiz, farzand tarbiyasi o‘ta murakkab va mas‘uliyatli vazifalardan biri ekanligini anglamoqdalar. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma yoki bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika-estetika, psixologiya, pedagogika kabi sohalarga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Bola hayotining ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan mavjud kelishmovchiliklar, nosog‘lom ahloq-odob namunalari bolaga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday nosog‘lom muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan bolalardan “Ma‘naviy xasta” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma‘naviyatiga, uning kelajagiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadilar. Hamma narsa, hatto eng oddiy bo‘lib ko‘ringan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta‘sir ko‘rsatadi.
Keling hurmatli ota-onalar salbiylikni ijobiylik bilan almashtirib rostgo‘ylik, samimiylik, sodiqlik, shirin so‘z bo‘lib ko‘raylik shunda bolalarimiz kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biri ekanligini bilib olamiz. Qush uyasida ko‘rganini qiladi degan maqol bejiz aytilmagan xalqimizda. Bolalar yana tarbiyani atrof-muxitdan oladi, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydi suv idishning shaklini olganidek bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladi. Oiladagi tarbiya bolani ruhiy olamiga hissiyotiga va tuyg‘ulaiga o‘z ta‘sirini o‘tkazadi.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko aytganidek, besh yoshgacha bo‘lgan bola tarbiyasida bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqida shunday deb yozgan: “Tarbiyaning bosh asosi besh yoshigacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 % ni tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi” Ayni shu davrda ota-onaning tarbiyasidagi e‘tibori, oilaviy muhitning sog‘lomligi farzand kamolotida katta ahamiyat kasb etadi.
Hurmatli ota-onalar har doim o‘zimizni va oila a‘zolarimizni ehtiyot qilaylik, shundagina vatanimiz ravnaqi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Nargiza Jo‘rayeva:
— Otalar onalarni yoki onalar otalarni eshita olishsin, bir-birini kerakli paytda qo‘llab-quvvatlay olishsin, farzandga eshittirmasdan bola tarbiyasi haqida alohida maslahat qilib, bahs-munozara qilishsin. Bolada tarafkashlikni uyg‘otmaslik uchun ikkisi bir to‘xtamga kela olishi kerak. Chunki bola biror ishni qilayotganda agar bu ishni qilsam, dadam qarshi tursayam, onam tarafimni oladi, degan tushuncha bilan ulg‘ayadi yoki teskarisi bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli ota-onaning fikri bir nuqtaga kelib, hamfikr bo‘la olishi kerak.
Ota-onaning hamfikrligi – juda katta yutuq. Ba'zida yaqin dugonalarimga farzand tarbiyasida ma'lum usulni qo‘llab ko‘rishni, foydali to‘garaklarga qo‘yishni tavsiya qilaman. Shunda: “Yo‘q, bunga turmush o‘rtog‘im ruxsat bermaydi”, degan javob olaman. Bo‘ldi, shu bilan oldinga yo‘l yo‘q.
Gap ruxsat berish yoki taqiqda emas, muhimi – ma'lum fikrni o‘zaro hamjihat bo‘lib bir-biriga uqtira olishda, deb o‘ylayman. Agar ona otaga bo‘ysunmasa yoki ota kerak paytda onani qo‘llab-quvvatlamasa, u yerda hech qanday tarbiya usuli foyda bermaydi.
Ota-onaning hamjihatligi dunyoqarashning yaqinroq bo‘lishidir, aslida. Hayotga munosabati yaqinroq bo‘lgan insonlar bitta fikrga kelishi osonroq bo‘ladi.
Buvi-buvalar bilan birga yashaydigan katta oilalarda odatda bola kim uning tarafini olsa, o‘shandan panoh izlaydi va aytganini qildirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bir uyda yashovchi buvi-buvalar, ota-ona farzand tarbiyasida yakdil fikrga kela olishlari kerak. Ana shunda tarbiyaning ildizi mustahkam bo‘ladi.
Abdulhay Jo‘rayev:
— Ota-ona bir-birini tushunmasa, buni farzandlariga yetkazishi qiyin bo‘ladi. Ota bir fikrni aytsa-yu, ona uni ma'qullamasa yoki onaning gapini ota qo‘llab-quvvatlamasa, bu, albatta, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin. Aytaylik, ota farzandning tadbirkor bo‘lishini xohlaydi, ona esa qarshi bunga. Farzand kimga yon bosishini bilmay ikkilanadi, ya'ni tarafkashlik paydo bo‘lishi mumkin. Farzand o‘ylaydi: otam tarafimni olyapti, shuning uchun tadbirkor bo‘laman. Balki onasi to‘g‘riroq yo‘lni aytayotgan bo‘lishi mumkin, lekin fikrlar qarama-qarshiligi bolada ikkilanishni keltirib chiqarishi va oxir-oqibat noto‘g‘ri yo‘lni tanlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Har bir oilada past-balandliklar bo‘ladi. Ularni yengib o‘tishda bir-birini tushunish juda muhim. Farzand tarbiyasida ham o‘zaro tushunish, fikrini hurmat qilish ahamiyati katta. Ko‘p oilalarda ota oilani boqish uchun asosiy vaqtini ko‘chada o‘tkazadi, shu sababli ko‘p vaqt ajratolmaydi. Shunday bo‘lsa ham ota rafiqasini kerak paytda qo‘llab-quvvatlay olishi, yordam berishi kerak. Farzand tarbiyasida hammasini onaga yuklab qo‘yish to‘g‘rimas. Chunki farzandlar onadan, otadan tarbiyani turlicha qabul qilishadi. Ota-onaning tarbiyada alohida o‘rni bor.

Download 37.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling