O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Islomda baxtli oila jamiyat tayanchi


Download 37.4 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi37.4 Kb.
#1415547
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jasur Mustaqil ish

Islomda baxtli oila jamiyat tayanchi. Oila barchamiz uchun mo‘tabar maskan. Qiyoslash joiz bo‘lsa, oila bu Ona Vatanning kichik timsoli. Agar u tinch va obod bo‘lsa, uni maskan tutganlar osuda hayot kechiradi. Alloh saqlasin agar buning aksi bo‘lsa, uni maskan tutgan insonlar hayotidan ma’no va mazmun ketadi.
Alloh taolo inson zotini mukarram qilib yaratdi. Ular o‘zaro bordi-keldi qilishlari va insoniy munosabatlarni o‘rnatishlari uchun turli elat va xalqlarga ajratdi. Insoniyat nasli pokiza davom etishi uchun nikohni joriy qildi. Oila degan jamiyatda erni boshliq va ayolni unga yordamchi qildi. Ularning har biriga o‘ziga xos va mos vazifa hamda mas’uliyat yukladi.
Ayolga, insoniyat silsilasini davom ettirishi uchun onalik baxtini berdi. Shu bilan birga ayol, erkak uchun umr yo‘ldosh, osoyishtalik timsoli hamda xonadoni posboniga aylandi. Alloh taolo bu haqida Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:
"وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِّتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ"
“Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo‘ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-alomatlar bordir”.
Kishining oilasi, ayoli va farzandlariga bo‘lgan muhabbati, bu hayot qiyinchiliklarini yengib, maqsadi sari olg‘a borishga undaydi. Shu bilan bir qatorda erkak va ayol o‘rtalarida mehr-muhabbat bo‘lmaganida, insoniyat nasli allaqachon tugab bitgan bo‘lardi. Darhaqiqat bu, Alloh taoloning buyuk alomatlaridandir.
Insoniyat tarixiga nazar solinsa, ayollarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘linmaganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ayol zoti dunyoning ko‘plab yerlarida xo‘rlangan, kamsitilgan, ularga hech qanday moddiy va ma’naviy huquqlar berilmagan.
Islom dini kelgach ayolning sharafi, iffati, haq-huquqlarini ta’minlab berdi. O‘sha davrlarda o‘zlarini boshqalardan ustun ekanini da’vo qilgan xalqlar ayolni buyum sifatida oldi berdi qilib yurgan bir davrda, bu ilohiy ta’limot ayolni oliy martabaga ko‘tardi.
Uni oddiy inson deb chegaralanib qolmasdan, balki jannat uning oyoqlari ostida bo‘lgan “Ona”, erini rozi qilishi bilan jannati bo‘ladigan “Rafiqa” va ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan kishining jannatiy bo‘lishiga sababchi “singil va qiz farzand” degan maqomlarni berdi.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ayol nomini ulug‘lash, uning sha’nini ko‘tarish, haq-huquqlarini belgilab berishda faqat islom ummatiga emas, balki butun insoniyatga ibrat bo‘ldilar.
Dinimiz ta’limotlariga amal qilgan musulmonlar, baxtli oila haqidagi yuksak namunani butun dunyoga taqdim qilishdi.
Bunga qanday erishildi? Darhaqiqat bu har doim ham juda muhim va dolzarb savol bo‘lib kelgan. Islom dini bunga oddiy va samarali yechim topdi. U ham bo‘lsa, erkak ham, ayol ham o‘zlariga Alloh taolo tomonidan berilgan haq-huquqlarni poymol qilmagan holda turmushda zimmalariga yuklatilgan burch va majburiyatlarini mas’uliyat bilan amalga oshirishlari orqali erishiladi.
Natijada bunday oilalar, asrlar davomida baxtli hayot kechirib kelgan ilg‘or, peshqadam va namunali oilalardan biriga aylanadilar. Islom, erkaklarga o‘z ayoliga yaxshi muomalada bo‘lish, ularni xorlamaslik, taom, kiyim, boshpana, ro‘zg‘or ashyolari bilan ta’minlash, nikohda mahrini berish, ilm olishi va dinini o‘rganishiga sharoit yaratib berishi kabi majburiyatlarni yuklagan.
عَنْ حَكِيمِ بْنِ مُعَاوِيَةَ الْقُشَيْرِىِّ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قُلْتُ: "يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا حَقُّ زَوْجَةِ أَحَدِنَا عَلَيْهِ قَالَ: "أَنْ تُطْعِمَهَا إِذَا طَعِمْتَ وَتَكْسُوَهَا إِذَا اكْتَسَيْتَ وَلاَ تَضْرِبَ الْوَجْهَ
وَلاَ تُقَبِّحَ وَلاَ تَهْجُرَ إِلاَّ فِى الْبَيْتِ"
Hakim ibn Muoviya al Qushayriy, otasidan qilgan rivoyatda shunday dedi:
“Ey, Allohning rasuli! Bizning zimmamizda ayolining haqlari nimalardan iborat?”—deb so‘radim. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Yeganingizda uni ham yedirishing, kiyganingda unga ham kiydirishing, yuziga urmaslik, qabih so‘zlar bilan haqorat qilmaslik, arazlashganda uydan chiqmagan holda o‘rinni boshqa qilib yotishing uning haqlaridir”—dedilar.
Ayollarga esa, erlariga itoatli bo‘lish, oilani saromjon sarishta qilish, erining topganini isrof qilmaslik, sabrli bo‘lish va farzandlariga mehribon bo‘lib, turmush o‘rtog‘ining toqatidan ziyoda narsalarga majbur qilmaslik kabi mas’uliyatni yuklagan.
Hozirda oiladagi ko‘plab kelishmovchiliklar zamirida er-xotinlarning haq-huquqlari poymol bo‘lishi yoxud zimmalaridagi mas’uliyatga befarqliklari yotadi.
Islom erkaklar zimmasiga qanday burch va vazifalar yuklagan bo‘lsa, ayollarga ham o‘zlariga xos bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan. Ammo, ba’zi bir umumiy narsalarda erkaklar ham, ayollar ham teng imkoniyatli va teng javobgar bo‘ladilar.
Mazkur narsalar haqidagi bilimga ega bo‘lish, har ikki tomon uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Masalan ilm olish erkak va ayollarga barobar farz qilingani kabi, moliyaviy muomalalarda erkaklar qanday huquqlarga ega bo‘lishsa, ayollar ham xuddi shunday huquqlarga ega sanalishadi.
Yaxshi amallarga erkak va ayol barobar ajr-mukofotga ega bo‘lishganidek, gunoh va jazoda ham ular barobardirlar. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deydi:
"فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ. وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ"
“Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radi. Va kim zarra og‘irligida yomonlik qilsa ham ko‘radi”.
Boshqa oyatda esa yaxshilik qilgan erkak va ayollar uning mukofotini to‘liq olishlari haqida:
"وَمَن يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتِ مِن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُولَٰئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ
وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًا"
“Erkakmi, ayolmi kim mo‘min bo‘lgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o‘shalar jannatga kirarlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas”. deb marhamat qilgan.
Shu bilan bir qatorda Alloh taologa imon keltirib, Uning haq diniga og‘ishmay amal qilgan barcha insonlar bu dunyoda ham, oxiratda ham saodatli-baxtli insonlardan bo‘lishlarini Alloh taolo O‘zining kalomida e’lon qilgan:
"مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً ۖ
وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ"
“Erkagu ayol, kim mo‘min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go‘zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz”.
Demak hoh erkak, hoh ayol bo‘lsin u Alloh taologa imon keltirib, yaxshi ishlarni amalga oshirish bilan umrguzaronlik qilsa, ularning har-bir qilgan solih amali barobarida, amallarning eng chiroylisiga beriladigan ajr-savob berilar ekan.
Aloh taolo erkaklarni oila boshlig‘i, uning himoyachisi va ustuni qilib yaratdi va ularga shu ishlarni amalga oshirish uchun qobiliyat ato etdi.
Dinimizda “boshliq” deyilganda, avvalo qo‘l ostidagi kishilardan mas’ul-javobgarligi va ularni avaylab-asrashligi tushuniladi.
Bu o‘z o‘rnida o‘sha boshliqdan mehr-shafqatni va kezi kelganda qattiq qo‘llikni ham talab etadi. Alloh taolo:
"الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ ۚ
“Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab — Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir” — deb marhamat qilgan.
Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lsa va u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga yetishadi.
Imon e’tiqod va milliy qadriyatlardan yiroq oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda. Ayniqsa bugunlik kunda ko‘r-ko‘rona g‘arbga taqlid va “ommaviy madaniyat” kabi madaniyatsizlik botqog‘iga sho‘ng‘igan kishilar hayotida bu narsalar yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Mo‘mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Mo‘mina, soliha ayollarning erlariga itoati o‘z mas’uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo‘lmog‘i lozim.
Itoat, majburlikdan qo‘rqib yoki boshqa biror bosimdan emas, balki tushunib, hayotdagi o‘rni, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go‘zal insonning itoati bo‘lishi lozim.
Bunga erishish uchun esa avvalambor ikki jins vakillari ham o‘zlarining burch va majburiyatlari, oiladagi o‘rinlari nimadan iborat ekanini yaxshi bilishlari hamda bunga mehr-muhabbat va sabr bilan yondoshishlari talab etiladi.
Ayol–avvalo onamiz, qolaversa, jufti halolimiz, opa-singlimiz, qizimiz bo‘lib, yana bizlar ko‘pincha unutib qo‘yadiganimiz bu, ayolning “nozik xilqat” ekanligidir.
Agar soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, ayol erkak kabi kuchli va chidamli emas. Biz erkak bo‘lganimiz bois, o‘zimizga xos fikr yuritamiz va shunga ko‘ra ba’zan: “nahotki shu ishlarni bajarish shunchalar qiyin bo‘lsa?” deb xulosa beramiz va ulardan g‘azablanamiz.
Ammo, Alloh taolo bizlarni ulardan ustun qilib qo‘yganligini, nafaqat oila boshlig‘i sifatida aytganlarimizni so‘zsiz amalga oshirishlikda, balki ulardan o‘tgan kamchiliklarni kechirishlikda va ular bilan kelishib umrguzaronlik qilishda ekanini ham unutmaslik kerak.
Zero barchaga ham sevib, yoki sevilib turmush qurish nasib etmaydi. Bas shunday ekan er ham, xotin ham dinimiz belgilab bergan oila muomalalari ko‘rsatmalariga amal qilib hayot kechirsalar, farovon oilaga asos solgan bo‘lishadi.
Ayollarimizga nisbatan kechirimli va xushmuomala bo‘lishimiz haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:
"استوصوا بالنساء خيرا فإن المرأة خلقت من ضلع وإن أعوج ما في الضلع أعلاه فإن ذهبت تقيمه كسرته وإن تركته لم يزل أعوج"
“Ayollarga xushmuomala bo‘linglar! Albatta ayol qovurg‘adan yaratilgan va qovurg‘aning eng egri joyi bu yuqorisi. Agar uni to‘g‘rilayman desang, sindirib qo‘yasan. O‘z holiga qo‘ysang egriligicha qoladi”.
Boshqa rivoyatda: “U (ayoling) bilan murosa qilib yashagin” so‘zlari keltirilgan.
Har-bir so‘zlarida barchaga ibrat bo‘lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham, oila-ahllariga g‘amxo‘r edilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
"خيرُكُم خيرُكُم لأَهْلِهْ وأنا خيرُكُم لأهْلِي"


Download 37.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling