O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI
3.1. Kartoshka X-virusini ajratish va aralash infeksiyadan biologik tozalash Olib borilgan tajribalar va kuzatishlar natijasida, juda ko‗p hollarda kartoshkaning X, S, M, A va Y-viruslarining aralash holda kelib o‘simlikdagi kasallikni yanada kuchaytirishi kuzatilgan (3-rasm) [13].
Izoh: rasmning chap tomonida kasallangan, o`ng tomonida esa sog`lom o`simlik bargi berilgan 3-rasm. Kartoshka navlaridagi virus kasalliklari va ularning alomatlari (Fayziyev, 2011) А – X va S viruslar bilan kasallangan Diyora navi; Б, Д – L va Х- viruslari bilan kasallangan To`yimli navi; В – kartoshkaning L-virusi bilan kasallangan Sante navi; Г, Е –Kartoshkaning Х, S vaY –viruslari bilan kasallangan Aqrab navi.
Bu esa virusli kasallikning kuchayishiga sabab bo‗lishi mumkin. Viruslarning bunday aralash kelishi aynan bir virusga ajratib olish unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bu viruslarning xo‗jayin o‗simliklari aksariyat hollarda bir xil
3 5
bo‗ladi. Shuning uchun virusni ajratish uchun zarur bo‗lgan qulay xo‗jayin o‗simlikni aniqlash va aralash viruslardan tozalash yo‗llarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Kartoshkaning ,,Diyora‘‘ navida xol-xol mozaika va bargning buralishi va barg plastinkasining kichrayishi kabi kasallik alomatlarini namoyon qilgan o‗simliklar kartoshkaning X va S-viruslari bilan, ,,To‗yimli ‘‘navida esa mozaika va bargning qayiqsimon buralishi kasallik alomati mavjud bo‗lgan o‗simliklar kartoshkaning L, X va M-viruslari bilan, kasallik alomati bargning buralishi bo‗lgan ,,Sante ‘‘navi faqat kartoshkaning L-virusi bilan ,,Aqrab‘‘ navi esa kasallik alomati bargning dag‗allashishi va mozaika sifatida paydo bo‗lgan o‗simliklar kartoshkaning X, S va Y-viruslari bilan kasallanganligi IFA yordamidagina tekshirishlar natijasida aniqlandi [13]. Mamlakatimizda o‗rganilgan kartoshka viruslaridan mexanik usulda va hasharotlar yordamida juda oson tarqala oladigan va o‗simlikda bir necha yil davomida kasallik alomatini namoyon qilmasdan saqlanib, hosildorlikka katta zarar keltiruvchi viruslardan biri bo‗lgan Kartoshka X-virusini o‗rganish maqsad qilindi va buning uchun dastlab virusni ajratib olish, aniqlash va biologik tozalab, bir qator xususiyatlarini o‗rganish zarur edi. Viruslarni ajratish va biologik tozalashda mazkur virusni spetsifik nekroz hosil qiluvchi va tizimli kasallantiruvchi o‗simliklardan o‗tkazib boshqa virusdan tozalash ko‗zda tutiladi. Bu jarayonda virusning yuqish yo‗llarini ham hisobga olish yaxshi samara beradi. KXV va KSB larini ajratish va biologik tozalash sxemasi 4-rasmda keltirilgan. KXV ni ajratishda asosiy tabiiy manba sifatida kartoshkaning ―Diyora‖ navidan va dastlabki differensiator o‗simlik sifatida Datura stramonium L. o‗simligidan foydalanildi, chunki bu o‗simlik kartoshkani kasallantiruvchi viruslar ichida KXV dan tashqari faqatgina kartoshkaning L-virusi bilan kasallanadi, ammo bu virus mexanik usulda yuqmasligi, faqat payvand yoki hasharotlar yordamida yuqishi [11] sababli bizning tajribalarimizda o‗simlikning bu virus bilan kasallanish xavfi bo‗lmadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling