7-rasm. KXVning D. metel o„simligidagi kasallik alomatlari
Ko‗pgina mualliflar [1,13] fikricha, viruslar o‗simlik tanasi va ildizida barg
plastinkasiga nisbatan kam miqdorda to‗planadi, agar ulardan virus ajratilsa
namunani ezish, maydalash kabi bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun namuna yig‗ishda virus bilan kasallangan o‗simlikning qaysi
organida ko‗proq to‗planishini aniqlash muhim hisoblanadi.
KXV ning xo‗jayin o‗simlik organlaridagi miqdorini aniqlash uchun
o‗simlik organlari (ildiz, poya va barg) olinib, suyultirish usuli orqali va bu
namunalardan G. globosa o‗simligining bargida paydo bo‗lgan nekrozlar
yordamida aniqlandi, natijalar 4-jadvalda keltirildi. Nekroz hosil qiluvchi
indikator o‗simliklarning boshqa usullardan afzalligi shundaki, bu usulda «yuqumli
virus» zarralari aniqlansa, boshqa usullarda esa «fizik virus» zarralari aniqlanadi.
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, har uchala o‗simlikning ham ildizida virus bir
xil miqdorda (10
-3
), bangidevona va mingdevona poyasida bir xil (10
-2
), kartoshka
tanasida esa ularga nisbatan ko‗proq (10
-3
) to‗planishi aniqlandi. O‗simliklar
4 1
bargida esa ildiz va poyaga nisbatan ko‗proq (10
-5
) to‗planganligi tajribalar
asosida ma‘lum bo‗ldi.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |