O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universtiteti


Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini anc


Download 138 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi138 Kb.
#1511673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shokirov Farruh O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati.

Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi.


Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi.
Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDҐ mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi.
O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi.

Xulosa
1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi natijasida mamlakatimizda quiydagi o’zgarishlar ro’y berdi:
1.Ilgari «Markaz» tomonidan boshqariladigan vazifalarni endi O’zbekistonni o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.
2.Ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalani nazariy va amaliy muammolari echimini taqozo etmoqda.
3.O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi-g’arbida joylashagan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida «Bufer-davlat» rolini bajarmoqda.
4.O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSh pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin.
5.O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSh va Rossiya e’tiboini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasda yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston prezidenti I.A Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSh pozitsiyasini qo’llab quvvatlash-hozir vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir, shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlari, dasttavval Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasi - qulay iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lgan mamlakatlardan biri. U O’rta Osiyoning Markaziy qismida, Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oralig’ida joylashgan. Mamlakat hududi G’arbdan Sharqqa deyarli 1,5 ming km.ga, Shimoldan Janubga esa 1,0 ming km.ga cho’zilgan. Hududining kattaligi jihatidan O’zbekiston qator Yevropa davlatlari Buyuk Britaniya, Daniya, Shveytsariya, Avstriya birgalikda olgan maydonidan ham oldinda turadi, hamda jahon mamlakatlari ichida 53-o’rinni egallaydi.
Respublika Shimoli-g’arbda Qozog’iston, Sharq va Janubi-Sharqda Qirg’iziston va Tojikiston, g’arbda - Turkmaniston, Janubda - Afg’oniston bilan chegaradosh.
Umumiy chegarasining uzunligi - 6221 km. Shu jumladan, Qozog’iston bilan - 2203 km, Qirg’iziston bilan - 1999 km, Tojikiston bilan - 1161 km, Turkmaniston bilan - 1621 km va Afg’oniston bilan 137 kmni tashkil etadi.

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling