O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
“Pedagogik mahorat” o’quv kursining dolzarbligi va o’qitish
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
masofaviy talimni yanada rivojlantirish maqsadida pedagogik mahorat
“Pedagogik mahorat” o’quv kursining dolzarbligi va o’qitish
strukturasi
«PEDAGOGIK MAHORAT» O’QUV KURSI BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONTSEPTUAL ASOSLARI
4
ko’rsatishdir. Bu o’rinda o’qituvchi faoliyatini o’rganuvchi Pedagogik mahorat fanining o’rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu uslubiy qo’llanma yoshlarga aynan pedagogik mahorat bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zgalarga befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi. Chunki shaxsgina o’z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to’g’ri yo’naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o’ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda Pedagogik mahorat fani sir-asrorlarini har bir talaba uchun zarur bo’lgan jihatlarini, chunonchi: bu fanning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi, hamkorligi, bog’liqligini; shaxsni psixologik diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg’unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda kuzatiladigan pedagogik- psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolni bilish va ularni boshqarish qonuniyatlarini qo’llay olishni; shaxsdagi qobiliyat, xarakter va temperament kabi individual xususiyatlarning shaxs faoliyati va hayotidagi tutgan o’rnini; zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars uslubiyotini yaratish, pedagoglik faoliyati, maxorati va samarasida turli usullarni bilish, shaxsning turli yosh davrlarga bog’liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o’z navbatida guruhning shaxsga ta’sirini; o’quv va tarbiya jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan samarali usullarni bilish, o’rganish muhimdir.
Bakalavr boskichi talabalariga mo’ljallangan «Pedagogik maxorat» kursining asosiy maqsadi – o’zbek xalqining qadimiy ma’rifiy me’rosining qimmatli manbalari hamda ularda ilgari surilgan g’oyalarni o’qib o’rganish, shaxs ma’naviyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi qarashlarni hozirgi zamon ilmiy – pedagogik tafakkur iste’moliga kiritishdan, pedagogik tushuncha va malakalarni yanada mustahkamlashdan, yoshlar ongida yangicha tafakkur va
dunyokarash shakllanishining ijtimoiy-psixologik ta’sir
mexanizmlariga oid bilimlar berishdan, shaxs barkamol bo’lishida ijtimoiy omillardan hisoblangan guruh, jamoa, shaxs psixologiyasining o’ziga xos ta’sir sharoitlarini o’rgatish, pedagogik maxorat, qobiliyat, pedagogik madaniyat tushunchalarini shakllantirishdan iboratdir.
«Pedagogik mahorat» kursining asosiy vazifalariga: pedagogik maxorat kursi bo’yicha talabalarning umumpedagogik bilimlari darajasini kengaytirish, bo’lg’usi iqtisodchi – pedagoglarning pedagogik tafakkurini shakllantirish negizini yaratish; pedagogik meros va uning g’oyalariga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish, ko’nikmalarni shakllantirish; respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir butun xolatdagi muammolarini xal qilish; buyuk allomalar va o’zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlarini chuqur tahlil etish; 5
pedagogik qarashlar va ularning mohiyati doirasida fikr yuritish va eng muhimi, iqtisodchi – pedagog faoliyatini terang anglash; pedagogikaning dolzarb vazifalari, muammolarini tanishtirish, ijtimoiylashuv maskanlari va ularning shaxs faoliyatiga ta’sirini o’rgatish, muloqotni tashkil etishning samarali usul- vositalariga oid psixologik bilimlarni berish, shaxs va guruh muammosining o’ziga xos jihatlarini o’rgatish, liderlik va rahbarlik tushunchalarini tabiatini ko’rsatib berish, shaxsning guruh ta’siridagi tipologiyasini ko’rsatib berish, guruh sharoitida o’qishni va o’qitishni samarali ta’sir etish usullaridan hisoblangan treninglar, breynstorming, munozaralarni o’tkazish texnikasi bilan tanishtirishdan iborat.
“Pedagogik mahorat” kursi bo’yicha o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarning maqsadi – mustaqil fikrlashga o’rgatish, fikrlashga oid ko’nikmalarni rivojlantirish va muomala sirlariga o’rgatishdan iborat bo’lib, pirovardda bu bilim va ko’nikmalar orqali pedagogik bilimlarni amaliyotga tadbiq etish soha va yo’nalishlarini aniq tasavvur qilishga ko’maklashadi.
Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling