O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
masofaviy talimni yanada rivojlantirish maqsadida pedagogik mahorat
3-bosqich.
Yakunlovchi (5 daq) 3.1.Yakunlovchi xulosalar qiladi. 3.2.Har bir ishtirokchini topshiriq ishlarini to’g’ri va aniq bajargani, ma’ruzaning mazmuni, berilgan javoblar hisobga olinadi. 3.3.Echimlarni izohlaydi. 3.4.Yana bir bor keysning maqsadini va uning kasbiy bilimlarni oshirishga ta’sirini bildiradi. Tinglaydilar. o’z fikrlarini bildiradilar. 31
KIRISh 4-mavzu. Pedagog mahoratini tashkil etishning shart – sharoitlari o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari: yaxlit holda yondashuv, faol muloqot; pedagogik harakatning xilma-xilligi; pedagogik ta’sirining ko’p qirralidir. Pedagogik mehnatni tashkil etishda turli usullarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi to’g’risidagi, maktab haqidagi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari xaqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa xech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi. Yomon ma’nodagi eski usuldan, bir qolibdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi.
Biroq zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi - maxsus bilimlar va malakalar: bolalarni kuzatish, ularning o’zidagi muhim narsalarni aniqlay olish, bu muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish yo’llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarining o’zaro bir-biriga o’tishi dialektikasini chuqur ta’lil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi. o’qituvchi mehnatining o’ziga xosligi uning ko’p qirraliligi va murakkabligidir. Shu bilan birga bu mehnat ijodiy xarakterga ega, ya’ni u, faqat yangilik yaratib qolmaydi, balki mazmunan o’zgarib ham boradi. Har bir vaziyat, o’quvchilar bilan munosabatning Har bir ongli o’qituvchilikda ma’lum ma’noda bir-biriga o’xshamaydi va takrorlanmaydi.
o’qituvchi ish ko’radign soha - o’quvchi ham jismoniy, aqliy,ruhiy jihatdan o’zgarib boradi. o’qituvchi mehnatining qiyin murakkabligi, o’quvchi bilan muomala qilishning, unga ta’sir ko’rsatishning nozikligi undan tarbiya nazariyasini, psixologiya fanini chuqur bilishni talab qiladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling