O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKSTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: XIVA XONLIGI IJTIMOIY - SIYOSIY VOQEALARI RUS VA YEVROPA TARIXCHILARINING TALQINLARIDA
QABUL QILDI:
BAJARDI:
TASHKENT-2023
REJA
Kirish…………………………………………………………………..3-4- betlar
I-BOB. Xiva xonligi tarixi haqida olib borilgan mahalliy va xorijiy olimlarning izlanishlari
Xiva xonligining ijtimoiy va siyosiy tarixi bo’yicha xorijiy olimlarning asarlari...................................…………………………………… 5-16-betlar
Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari..............…17-24- betlar
II-BOB. Herman Vamberining O’rta Osiyo bo’ylab sayohati va Xiva to’g’risida qoldirgan izlanishlari
2.1. Herman Vamberi hisoboti va asarlari…………..…………..……25-34- betlar
2.2. “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” asari tavsifi……..…………..35-40- betlar
Xulosa…………………………………………………………….....41-42- betlar
Foydalanilgan adabiyotlar………………….……………………..43-45- betlar
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi.
Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari tarixshunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.
Xiva tarixi manbalarini o‘rganishda xorijlik sharqshunos olimYu.Bregel tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.Tadqiqotchi Ogahiylarning “Firdavs ul- iqbol” asarining tanqidiy matni nashr qilingan. Asarning so‘z boshisida mavzu tarixshunosligi berilgan bo‘lib,muallif asarning qay darajada o‘rganilganligiga asosiy e'tiborini qaratgan. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi xori Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlarga oid O.Qo‘shjonov va N. Polvonov monografiyasining birinchi bobida Xiva xonligi tarixining so‘nggi davri manbashunosligi va tarixshunosligi xususida so‘z yuritilgan.
XIX – XX asr boshlaridagi Xiva xonligining tarixiga oid ma'lumotlar nomzodlik dissertatsiyalarida ham keng o‘rin olgan. Jumladan,O. Masalieva tadqiqotida e'tiborini Xiva xonligi tarixining XX asr xorijiy tarixshunosligida o‘rganilishiga qaratsa, U.A. Abdurasulov tadqiqotida Xiva xonligidagi yer munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |