O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. "Milliy ma'naviyat asoslari > tanking "Ruhshunoslik»
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. "Milliy ma'naviyat asoslari > tanking "Ruhshunoslik»
(Psixologiya), «AxloqshuDosJik» (Etika), «Madaniyatshunoslik» (Kulturologiya), "Nafosatshuaoslik" (Estetika), «Tarbiyashunos- lik» (Pedagogika) kabi inson va jamiyat hayotini o'rganuvchi turli fanlarga nisbati O'z bilimlarini muayyan tizimga keltirib, tartibga solishga urinish nafaqat har bir inson, balki har bir millat, xalq uchun ham xos narsa. Ilmlar tasnifi yo'nalishi ushbu tabiiy ehtiyojdan kelib chiqadi. Turli mintaqalarda, turli xalq vakillari tomonidan ishlab chiqilgan ilm tas-niflari bir-biriga tamomila mos va muvofiq kela bermaydi: yunonlar falsafaga birinchi darajali e'tibor berishgan boisa, arablar filologiyani avvalgi o'ringa qo'yishgan, forslar tarix faniga alohida mehr bilan yondoshgan bo'lsalar, turkiy xalqlarni ijtimoiy va axloqiy muammolar uyg'unligi ko'proq qiziqtirgan. Natijada, turli xalqlarning o'zaro madaniy munosabatlari rivojlangan sari ilm tasniflari ham mukam-mallashib borgan. Ilmlar tasnifi Borliq haqiqatini uyg'un idrok etishning ibtidosi edi, deyish mumkin. Yevropada keyincha "ilmshunoslik" (HayKOBeaeHHe) deb nom olgan bu yo'nalish islom mintaqasida IX asr o'rtalaridan boshlanib to XVII-XVUI asrlargacha takomillashib borgan. Bu sohada butun islom mintaqasida qator qomusiy allomalar yetishib chiqdi. Hozirgi bizga ma'lum Yevropa ilmida ijtimoiy (jamiyatga oid) va gumanitar (insonga oid) deb sifatlanuvchi qator fanlar mavjud bo'lib, ular inson hayotining uch sohasi — siyosat, iqtisod va ma'naviyatga oid fanlarni qamrab olgan. Ulardan birinchi guruhiga "Siyosatshunos-lik", "Huquqshunoslik" yoki "Qonunshunoslik", "Jamiyatshunoslik" kabi fanlar kiradi. Ikkinchi turkumga kiruvchi asosiy fan — "Iqtisod nazariyasi" bo'lsa, undan tashqari bugungi kunda bizda ham keng urf bo'layotgan "Marketing" ("Bozorshunoslik"), "Menejment" ("Iqti-sodiy faoliyatni boshqarish ilmi") kabi iqtisodiy muomalaga oid fanlar ham shu jumlaga kiradi. Shu bilan bir qatorda juda ko'p tabiiy va aniq fanlar, "Ziroat ilmi" (Agronomiya), texnika va texnologiyaga oid bilimlar insonning bevosita amaliy ishlab chiqarish faoliyatiga xiz-mat qilishi bilan ma'lum darajada iqtisod sohasiga aloqador bo'lib qoladi. Albatta, keyingilar bevosita insonlararo muomalaga doir emas-ligi sababli, odatan, ijtimoiy va gumanitar fanlar guruhiga kiritilmav-di. Va nihoyat uchinchi soha hisobidan — ozmi-ko'pmi ma'naviyatga aloqadorbo'lgan"Ruhshunoslik" (Psixologiya), "Axloqshunoslik" (Eti-ka), "Madaniyatshunoslik" (Kulturologiya), "Qadriyatshunoslik" (Ak-siologiya), "Dinshunoslik", "Falsafa", "Tarbiyashunoslik" (Pedagogi-ka), "Elshunoslik" (Etnografiya), "Nafosatshunoslik" (Estetika) kabi qator fanlarni qayd etish mumkin. Bulardan tashqari "Adabiyotshunoslik" (JlHTepaTypoBe/iemie), "Tilshunoslik" (JlHHrBHCTHKa), " Manbashunoslik va matnshunoslik', (HcTO^HHKOBeaeHHe h TeKCTOJionifl) kabi fanlarni o'zida birlash-tiruvchi "Filologiya" sohasi, matnlar tahlili va sharhi bilan bog'liq "Germenevtika" fanlari ham ma'lum darajada ma'naviyatga aloqador bilimlarni o'rganadi. Islom mintaqasida "filologiya" va "germenevtika" ga oid fanlar juda qadimdan keng rivojlangan va muayyan ma'noda barcha inson va jamiyatga oid fanlarning awaliga qo'yilgan. Buning asosiy sababi ilohiy kitoblarga va ma'naviy merosga ayricha ahamiyat bilan bog'liq bo'lib, Yangi davr Yevropa odami ilmda ham, badiiy ijodda ham ko'proq originallikka, betakrorlikka intilsa, Islom mintaqasida har bir alohida inson o'z bilimlarini yagona va cheksiz (g'aybga ulanib ketuv-chi) Borliq haqiqatining juzviy qismi, xususiy sharhi deb yondoshgan. Yevropada har bir shaxs o'z fikrini o'zgalar qarashidan farq qilib turishiga e'tibor qaratsa, bizning milliy an'analarimizga ko'ra har bir ulug' alloma o'zi anglab yetgan haqiqatlarni ilohiy kalom va o'zidan oldingi o'tgan salaflarga ayon bo'lgan haqiqatlar bilan uyg'un jihat-larini ta'kidlashga uringan. Buning natijasida, ba'zan Yevropa kishi-lari Sharqni original (yangicha) fikrlay olmaslikda ayblash singari ho-latlar ham uchraydiki, bu hayotga yondoshuvdagi o'ziga xosliklarni tushunmaslikdan kelib chiqadi. Barcha ijtimoiy va insonga oid ilmlar ilojsiz inson va millat ma'naviyatining u yoki bu qirralari, jihatlari bilan bevosita ish olib boradi, ularni muayyan nuqtayi nazardan tekshiradi. Falsafa dunyo mohiyatini, unda insonning o'rnini, vazifasini mantiqiy tafakkur aso-sida aniqlashga harakat qiladi. Sotsiologiya jamiyatni tadqiq etsa, psixologiya inson ruhiyatini o'rganadi. Etnografiya turli elatlarning urf-odatlari, turmush tarzlaridagi o'ziga xosliklarni, antropologiya fani esa alohida insonni o'rganadi. Teologiya dinlarni, diniy e'tiqodga oid muammolarni o'rganishga urinsa, teosofiya irfoniy bilimlarga e'tibor qaratadi. Ammo hozirgacha mavjud hech bir fan inson va millat ma'nayiyatini yaxlit holda olib o'rganmadi, hech qaysi fan insondagi botiniy qudratni, undagi fazilatlar, iste'dod va qobiliyatlarning kelib chiqish rnanbayi, hosil bo'lish holatlarini yetarli va qoniqarli izohlab berishga qaratilmadi. Vaholanki, ayni shu masala yechilmas ekan, in-sonning asl mohiyati ochilmay qola beradi. Demakki, inson ruhiyati, axloqiy xususiyatlari, imon-e'tiqod, mehr, burch, ilmga intilish, yaratuv-chilik qudrati va undan kelib chiquvchi madaniyat, san'at, adabiyot-ning paydo bo'lish va rivojlanish sabablariga oid ko'plab muammolar o'z qoniqarli yechimiga ega bo'lmaydi. Albatta, turli fanlar doirasida ushbu masalalar yuzasidan minglab mulohazalar mavjud. Ammo ularning hech biri insonni tugal qoniqti-radigan darajada emas. Masalan, hayotni saqlab qolish uchun eng zaruriy moddiy ehtiyojlar jihatidan inson va boshqa biologik mavju-dotlar, ayniqsa, sutemizuvchi hayvonlar orasida mohiyatan farq yo'q. Hayvonlar ham yeydi, ichadi, qovushadi, bola ko'radi, hatto o'ynaydi ham. Ammo buning uchun ular yuksak rivojlangan madaniyat, san'at va adabiyotga ehtiyoj sezmaydi. Hayvonlarda imon-e'tiqod ehtiyoji yo'q. Ularda ma'lum darajada qiziquvchanlik bor, ammo buning izchil ilmga aylanish imkoni yo'q. Ularda mehr bor, lekin o'z jufti, bolalari miqyosida bo'lib, u ham instinkt darajasidadir. Eng asosiy.masala — hayvonlar jamoasi, uning irsiy rivojlanish tarixi bo'lishi mumkin, ammo ijtimoiy (siyosiy, madaniy) tarixi yo'q. Buning hayvon zotiga zarurati ham yo'q. Materialistik izohlardan biri insondagi imon-e'tiqod ehti-yojini uning o'z o'limini bilishi (anglab yetganligi) bilan tushuntirish-ga urinadi. Ammo nega hayvon shuni tushunmaydi, yoki tushunadi, deb faraz qilsak, ongi shunga muvofiq o'zgarmaydi? Chunki inson aqli boshqa mavjudotlarga nisbatan rivojlanganroq, deydi moddiyun-chilar. Xo'sh, nega inson aqli rivojlanganroq bo'lib qoldi? Nega fil-ning, eshakning, boring ana, maymunning aqli rivojlanmay qoldi-yu, insonniki rivojlanib ketdi? Bunday savol-javoblar intihosiz va samarasi harn noaniq bo'lib kelmoqda. Gunoh va savob masalasi ham shunday moddiylik darajasida izohlab bo'lmaydigan muammolardan. Xullas, Inson haqida, insonlar jamiya-tJ haqida ma'naviyat nuqtayi nazaridan turib fikr yuritadigan alohida bir ilm yo'nalishi shakllanmas ekan, ko'p sohalarda muammolar usti-ga muammolar tug'ila beradi, inson va jamiyatga oid ilmlarning boshi qovushmay tura beradi. Ma'naviyat haqidagi' fan inson va jamiyat uchun xos bo'lgan barcha muammolarni bir yo'la yechib bermaydi, albatta. Ammo ushbu yo'nalishdagi fanlar tasnifini mukammallashtirib, Olloh nasib etsa, inson intilishlarida yangi ufqlar ochishiga umid bog'laymiz. Sovet davrida bizda, birinchi navbatda, falsafa, qolaversa, boshqa barcha inson va jamiyatga oid fanlar ham Yevropa madaniyati an'analari asosida, uning ham asosan bir yo'nalish — marksistik materializm yo'nalishi bilan bog'liq holda shakllandi. Hatto o'z ma'naviy merosimizni ham begona qoliplarga moslab o'rganishga urindik. Shun-day ekan, bugungi kunda milliy ma'naviyatimizni nazariy asosda jid-diy o'rganishga kirishishimiz bejiz emas. O'zbek xalqining madaniyati, ma'naviyati hech qachon jahon madaniyati, ma'naviyatidan tamo-mila ayri, alohida bir yo'ldan rivojlangan emas. Hamisha boshqa xalq-lar ma'naviy boyligini ijodiy o'zlashtirib, o'zi ham jahon madaniyati-ni boyitib borgan. Shu bilan birga millatimizning o'z mustaqil ma'naviy qiyofasi mavjud, u asrlar, balki ming yillar davomida shakllangan, u umuminsoniy qadriyatlarga yot emas, ammo Borliqning oliy haqi-qatiga nisbatan o'z talqinlari, o'z yondoshuvi, o'z tushunchalariga ega. Ana shularga birinchi navbatda e'tibor berish milliy ma'naviya-timizning o'z qadriyatlari, o'z andaza va yondoshuvlari, o'z tushun-cha va talqinlarini ilmiy asosda o'rganishni izchil va munazzam yo'lga qo'yish "Milliy ma'naviyat asoslari" fanining birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi. Bu fan ma'naviyat sohasiga aloqador turli fanlar bilan yaqin aloqada bo'lgan holda o'z mustaqil mavzular tizimiga tayanadi. U, birinchidan, milliy ma'naviyatimiz an'analari, ajdodlarimiz yarat-gan meros bilan bog'liq eng umumiy muammolarni tadqiq etadi, ulaming inson va Haq nisbati bilan bog'liq tomonlariga e'tibor qiladi. Bu fan ma'lum darajada ba'zi fanlarnihg bosh mavzulari bilan tutash-lik hosil qilishi, ularning o'zaro ichki uyg'unligini ta'minlashga ha-rakat qilishi mumkin. Ammo ma'naviyatning asosi ayni me'yor, uyg'unlik bo'lgani sababli yondosh fanlarning mustaqil mavzulariga alohida va batafsil kirishib ketish uning vazifasi emas. Shu bilan birga, ayni tilga olingan uyg'unlikka intilish bois, inson mohiyatiga e'tiborni qaratuvchi qay bir soha boshqa fanlar mavzu doirasidan chetda qol-gan bo'lsa^ "Milliy ma'naviyat asoslari" fani tabiiy ravishda o'sha sohaga kengroq e'tibor qaratadi va balki shu bilan kelgusida yangi fan sohasi shakllanishiga sabab bo'lishi mumkin. "Milliy ma'naviyatimiz asoslari" fani mavzu doirasiga kiruvchi muammolarga jahonning turli xalqlari ilmida o'ziga xos bir tarzda yondoshuvlar yo'q emas. Masalan, qadim hind falsafasining turli yo'nalishlari, buddizm, daosizm kabi diniy ta'limotlar, hozirgi za-monda shakllangan antroposofiya yo'nalishi va h.k. Ammo "Milliy ma'naviyatimiz asoslari" fanining ushbu yondoshuvlardan jiddiy far-qi, bu fan o'z ajdodlarimiz merosiga, xalqimiz dilida, tilida aks etgan ma'naviy qadriyatlar tizimiga tayanadi. Chunki bir xalq ma'naviyatiga tayangan holda boshqa xalq ma'naviyatini tiklab ham, yuksaltirib ham bo'lmaydi. Qiyosiy tahlillar bo'lishi mumkin, ammo bu masala fan rivojining kelajakdagi rejalariga oiddir. Endi "Milliy ma'naviyat asoslari" fani bilan bevosita tutash bo'lgan ba'zi fanlarni qisqacha qiyoslab ko'ramiz. Awalo, "Ruhshunoslik" faniga e'tibor qarataylik. "Ruhshunoslik" fani, bir tomondan, juda qadim, ikkinchi tomondan, nisbatan yosh fan. Uzoq vaqtgacha bu fan falsafiy fanlar sohasiga oid hisoblangan. Ammo hozirgi zamon G'arb psixologiya maktablarida ruhiyatni insonning moddiy borlig'i, undagi fiziologik jarayonlar bilan bog'liq ravishda (ya'ni eksperimen-tal - zohiriy tajribalar asosida) o'rganish yetakchi o'ringa ko'tarildi, Ular o'z tadqiq mavzularini inson jismi moddiy mohiyat bilan bog'liq holda o'rganishadi. Uning tibbiyot fanlari bilan bevosita bog'liqligi ham shu sabablidir. Ammo ma'naviyatni bunday o'rganib bo'lmaydi. Ma'naviyat botiniy hodisa bo'lgani uchun, zohiriy tajribalar bilan uning poyoniga yetib bo'lmaydi. Ma'naviyat insonning Haq bilan mu-nosabati. Shunday ekan, hech qachon bir inson o'zga inson ma'naviyati haqidagina emas, hatto o'z ma'naviy qudrati haqida ham to'liq tasav-vurga ega bo.'la olmaydi. Chunki ma'naviyat — baqoning fanoda zuhuri sifatida doimo cheksizlikka tutashdir. Inson mohiyatida ikki jihat mavjud. Biri — moddiylik. Ikkinchisi-chi? Ba'zilar ma'naviyat, deydi. Boshqalar — ruhiyat. Bundan kimdir shoshib xulosa qiladi: "Demak, ma'naviyat ruhiyat ekan-da. Chunki moddiylik materiya (hayulo) bilan bog'liq, u insonning shakliy vujudi, suvrati. Ruhiyat esa g'ayrimoddiy, mavhum mohiyat". Asli unday emas. Inson moddiy vujud sifatida yaratilgan, shu bilan birga unga ma'naviy kamolot imkoni berilgan. Ruhiyat insonning tabi-atiga oiddir. Unda shahvat bor: shahvat inson jismiga bog'liq, ruhiya-timizdagi ko'p holatlar ana shu shahvatning ta'sirida yuz beradi. In-sonda nafs bor, moddiy vujudini doimiy qayta tiklab borishi uchun u turli ozuqa bilan taomlanib turmog'i kerak. Insonda jahl bor, u ruhiyatga oid, ma'naviyatga emas. Shunday qilib inson ruhiyati ziddiyatli voqelikdir. Inson ruhi bevosita uning moddiyatidan kelib chiqadi. His-tuyg'ular - sezish a'zolarining qobiliyati bilan, aql ishlatish, tafakkur yuritish inson miyasining vazifasi bilan bog'liq, bu narsalarni bugun hech kim inkor qila olmaydi. Biz ma'naviyatga Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlik deb ta'rif berdik. Demak, ma'naviyat ayni shu uyg'unlik sifatida inson ruhida o'zini ko'rsatadi. Ruhiyat aql va sezgilar bilan bog'liq bo'lsa, ma'naviyat ruhiyatda namoyon bo'ladi. Shunday qilib, ruhiyat va ma'naviyat har biri alohida, ammo bir-biri bilan muayyan ma'noda tutash hodisalar. Shaxs va millat ruhiyati murakkab voqelik sifatida o'zida ham rah-moniy, ham shaytoniy xislatlarni, ham fazilat, ham qusurlarni, ham tabiiy-irsiy, ham atrof-muhit ta'siridagi holatlarni aks ettirsa, ma'naviyat shaxsning, millatning insoniy fazilatlarini, uning qalbidagi ilohiy nur in'ikosini namoyon qiladi. Inson vujudi tabiatga aloqador, aniqrog'i uning bir uzvi, ajralmas bo'lagi. Uning ruhiyati ham tabiati, moddiy borlig'i bilan tutash. Ma'naviyat esa inson ruhini yagona.ilohiy mohiyat, Haq bilan tutash-tiradi. Shu ma'noda inson hayvon va farishta orasida turadi. Hayvon sof moddiy olamga, farishta sof ma'naviy olamga aloqador sanalsa, insonda hayvon zotiga xos moddiylik ham, farishtaga xos ma'naviyat ham mayjud. "Zubdat ul-haqoyiq" risolasida Azizuddin Nasafiy inson ruhiyatiga xos murakkabliklarni o'z davri tushunchalari asosida shunday bayon qiladi: "Bilgilki, ba'zilarning fikricha, ayrim odamlarda to'rtta ruh mayjud, ya'ni: o'simlik ruhi, hayvon ruhi, jon (qalb) ruhi va inson ruhi (nafsi notiqa). Yana boshqa bir xil odamlarda beshta ruh bor deydilar, ya'ni: o'simlik ruhi, hayvon ruhi, qalb ruhi, inson ruhi va muqaddas ruh. Va yana deydilarki, insoniy ruh va muqaddas ruh yuqori olamdandir, ya'ni g'ayb olamidandir — osmoniy farishtalar jinsidan. O'simlik ruhi, hayvon ruhi va qalb ruhi — quyi olamdan, ozuqaning qiyomi va shar-batidan. Ushbu besh running har biri bir javhardir. Ular bir-biridan ajratilgan va o'zaro farqlanadi. Tana go'yo sham bo'lib, o'simlik ruhi misli shamdon, hayvon ruhi go'yo pilik, qalb ruhi bamisoli yog' bo'lsa, inson ruhini nurga qiyoslash mumkin. Muqaddas ruh esa — bu "nuran alo nur" (nur ustiga nur)dir. Boshqa ba'zilar har bir odamda faqat bitta ruh bor deydilar, ammo bu ruhning darajalari bor va har bir darajaning nomi mavjud... Ruh bitta va jism ham bittadir, lekin jism-ning darajalari bor va har bir darajaning qandaydir nomi bor. Ruhning ham darajalari bor va darajalar qandaydir nomlarga ega. Jism ruhga muvofiqdir va ruh jismga muvofiqdir... Jism ham, ruh ham ikkalasi birga rivojlanadi va komillikka erishguncha kamolot zinapoya-laridan ko'tarilib boraveradilar va darajalarni egallaydilar. Ularning zuvalasini har qancha ko'proq pishitsa, tarbiyalansa, ular mohiyatida yashiringan sifatlar ko'rina boshlaydi"'. Shunday qilib, "Ruhshunoslik" inson vujudidagi murakkab ruhiy jarayonlarni o'rgansa, "Ma'naviyat asoslari" esa bevosita ruhiyatni emas, balki inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlikni o'rganadi. Ruhshunoslikdan keyingi o'rinda ma'naviyatga eng yaqin turuvchi soha "Axloqshunoslik" (Etika)dir. Axloq - ma'naviyatning amalda namoyon bo'lishi bilan bog'liq. Inson ilrni va imoni, dunyoqarashi va idroki uning xulqida o'ziga xos tarzda aks etib, ma'naviyati axloqiy fazilatlar sifatida zohir bo'ladi. Ma'naviyat — botiniy qudrat bo'lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o'zgalarga nisbatan ma'naviy rnuno-sabatini anglatadi. Shu sababli axloq insof va adolat tuyg'usi, imon va halollik kabi ma'naviyatning o'zak tushunchalarini inson amaliy faoli-yatida yuzaga chiqaruvchi hodisadir. Ma'naviyat — o'zlikni anglash, deymiz. O'zligini anglab yetgan inson — ma'naviy yetuk shaxs hisobla-nadi. Uning bizga zohir bo'luvchi barcha insoniy fazilatlari qalbidagi ma'naviyat nurining jilolaridir. Axloqiy qusurlar esa - insonning ko'ngil ko'zgusidagi zang va chirklarning o'zgalar nigohida namoyon bo'lishi. Bir jumla bilan ifodalaganda ma'naviyat shaxsning o'zi uchun, o'z qalbiga qaratilgan, dil ko'zini yorituvchi nur, axloq ushbu ma'naviyatning mazhari, o'zgalar nazdida namoyon bo'luvchi qirralari majmuyi, desak bo'ladi. Axloqshunoslik fani o'z mohiyatiga ko'ra insonga tashqaridan baho beradi, unga mana bu - qusur, mana bu - fazilat deb insonning mavjud xislatlarini tahlil qilib ko'rsatadi. Bu fan mavjud dalillarni qiyosiy o'rganib, ularga jamiyatda qabul qilingan me'yorlardan kelib chiqib baho beradi. Ma'naviyat baho bermaydi, u imkoniyatlardan so'zlaydi. "Ma'naviyat asoslari" fani insonga uning ichki imkoniyat-larini ko'rsatadi, unga botiniy qudrat kasb etish yo'llarini o'rgatadi. Bu fan inson qusurlarini qoralash bilan shug'ullanmaydi, balki fazilat-larning manbayini qidiradi, ularni qanday hosil qilishni o'rgatadi. Ma'naviyat nuqtayi nazaridan qaraganda qoralash yoki oqlash qozi-lik, sud ishi, ilm bu bilan shug'uUanmagani ma'qul. Axloqshunoslik inson xislatlarini boricha olib tahlil qiladi, "Ma'naviyat asoslari" ularning hosil bo'lish asoslarini qidiradi. Nima bo'lganda ham, "Ruhshunoslik" va "Axloqshunoslik" fan-lari "Milliy ma'naviyat asoslari" faniga eng yaqin, u bilan ko'p o'rinlarda tutashib ketuvchi fanlardir, lekin baribir bu fanlarning har biri o'z tadqiqot mavzusi, qiziqish doirasiga ega. "Ruhshunoslik" bugungi rivoji darajasida ijtimoiy fanlardan ko'ra tabiiy fanlarga yaqinroq tursa, "Axloqshunoslik" sof ijtimoiy fan sifa-tida shakllandi. Unda tarixiy-ijtimoiy yondoshuv yuqori, an'anaga ko'ra unda inson axloqi jamiyatda qabul qilingan axloq me'yorlariga nisba-tan baholanadi. Bu etikadagi normativlik xususiyati dcyiladi. Ma'naviyat esa inson kamoloti uchun imkon qidiradi, uni normativlash, malum me'yorlarga bo'ysundirish yo'lidan bormaydi. "Ma'naviyat asoslari" bilan bevosita tutashuv hosil qiluvchi yana bir fan "Madaniyatshunoslik"dir. Bu fan o'z xususiyatiga ko'ra ko'proq jahon, muayyan davr yoki millat madaniyatining moddiy ko'rinishlarini tasvirlash va tasniflashga asosiy e'tiborni qaratadi. Fanning mavzusi-dan kelib chiqqanda bu yondoshuv to'g'ri va muhim. Ammo bunday yondoshuv ma'naviyat muammolarini izchil tadqiq etishdan tamomi-la farq qiladi. "Madaniyat" tushunchasini turlicha sharhlaydilar. Biz uni sodda qilib, "ma 'naviyatning moddiy voqclikdagi izlaridir" degan bo'lur edik. Albatta, boshqacha ta'riflar ham bor. Ulardan biriga ko'ra asli tabiat-dan farqli o'laroq, inson faoliyatining barcha mahsulini "madaniyat" (aniqrog'i, Kyjnvrypa) deyiladi. Ammo masalaning bir nozik jihati bor. Afsuski, inson voqelikni doim ham ijobiy tarafga o'zgartiradi, deb boimaydi. Ajoyib qasrlarni bunyod etgan, vohalarni obod etgan ham inson, shaharlarni to'pga tutib kulini ko'kka sovurgan, o'rmonlarga o't qo'ygan ham odam bolasi (zero hayvonning qo'iidan bu ishlar kelmaydi). Dunyoni hayratga solgan kashfiyotlar, ko'ngillarni zabt etuvchi g'azallar, dostonlar inson aql-zakovati, iste'dodi mahsuli, ammo kitoblarni gulxan qilib yoqtirgan, ona tuproqni zaharlab, zilol suvni og'uga aylantirganlar ham johil sarboz-u savodsiz dehqon emas, o'zini tabiat-u jamiyat ustidan hukmfarmo bilgan ulamo-yu kubarolardir. Shu sababli madaniyatni insonning faqat yaratuvchilik faoliyati nati-jalariga nisbat bersak durust, buzg'unchiligiga emas. Yaratuvchilik esa aqHdrok, iste'dod va mahorat, bilim va tajriba, riyozat va mehr bilan amalga oshadi, jaholat va qahr, xudbinlik va g'aflat bilan emas. Qisqasi, ma'naviyat madaniyatni yaratadi, ma'naviyat imkon, madaniyat - ushbu imkondan tug'ilgan mavjudhk. Ma'naviyat o'tmish, bugun va kelajakni qamrab oladi. Madaniyat esa o'tmish va bugunga taalluqli. Ma'naviyat kelajakni belgilaydi, madaniyat bugungi ahvolni ko'rsatadi. "Shaxs madaniyati" degan tushuncha mavjud. Agar muayyan mil-latga taalluqli shaxslar ma'naviyati oxir natijada millat ma'naviyatining tarkibini hosil qilsa, milliy madaniyatning yaratuvchilari bo'lsa, bun-dan farqli o'laroq, shaxs madaniyati ko'proq millat madaniyati, aniqrog'i, milliy madaniyatning hosilasi sifatida namoyon bo'ladi. Albatta, har bir millat madaniyatining tarkibi murakkab. Aslida inson tafakkuri va qobiliyatining barcha samaralari "Madaniyatshu-noslik" mavzularidir. Faqat ulardan ko'pchiligi alohida fan tarmog'i bo'lib, ajrab chiqib ketgan. Masalan, "Ilmshunoslik", "San'atshu-noslik", "Musiqashunoslik" va h.k. Biz ularning har biriga alohida to'xtab ulgurishimiz qiyin. Faqat yana ikki fanni eslab o'tmasak bo'lmas. Ularning biri san'at haqidagi fanlarning umumiy nazariy asosini tashkil etuvchi falsafiy fan "Nafosatshunoslik" (Estetika)dir. Bu fanning asosiy mavzusi badiiy tafakkur qonuniyatlarini, go'zallikning mohiyatini o'rganish. Ma'lumki, go'zallik uyg'unlikdan tug'iladi. De-mak, ma'naviyat va go'zallik ta'riflarida umumiy jihatlar mavjud bo'lishi tabiiy. Ular orasidagi jiddiy farq shundaki, estetika uyg'unlikning hayotda va san'at asarlarida uchraydigan muayyan shakllarini o'rgansa, "Ma'naviyat asoslari" umuman inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlikni o'rganadi. Bu ikki fanning ham tutashadigan joylari ko'p, ammo ularning mavzulari va yondoshuv uslublari, baribir, boshqa-boshqa. Yana bir "Ma'naviyat asoslari"ga yondosh fan - "Tarbiyashunos-lik" (Pedagogika). Insonning ta'lim-tarbiyasiga oid dolzarb nazariy-uslubiy muammolarni tadqiq etuvchi bu fan bugungi kunda turli tar moqlarga bo'linib ketgan. Ammo "Umumiy pedagogika" bilan ma'naviyat tarbiyasiga oid ko'plab tutash masalalar mayjudki, ularni o'rganish uchun ikki fan vakillari yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ysalar, yaxshi natijalarga erishish mumkin bo'lardi. Xulosa qilib aytganda, "Ma'naviyat asoslari" endi-endi tetapoya qila boshlagan yangi fan bo'lishiga qaramay, uning rejalari - ulkan, niyatlari — ulug'. Uning mustahkam oyoqqa turib olishi, ko'p jihat-dan, ilgaridan mavjud bo'lib kelgan unga yondosh va tutash turli fan egalarining xolisligi va xayrixohligiga ham bog'liq. Ma'naviyat insonning Borliq haqiqati bilan nisbatiga asos e'tiborini qaratadi. Ma'naviyat insonni fanodan baqoga eltuvchi yagona yo'ldir. Asli falsafa ham, barcha o'zga fanlar ham Borliq haqiqatini izlaydi, ammo "Milliy ma'naviyat asoslari" fani o'z izlanishlarini, birinchidan, milliy ma'naviyatimizning teran tomirlari bilan, ajdodlarimiz bizga qoldirgan bebaho ma'naviy meros bilan bog'laydi, ya'ni muayyan insonlar qo'lga kiritgan tarixiy tajribaga tayanadi, uning asosida xulo-salar qiladi. Ikkinchidan, faqat mantiqiy, ilmiy tafakkurga tayanib qolmay, o'zga tafakkur yo'nalishlarga ham keng e'tibor qaratadi. Ma'naviy tarbiyaning- vositalari faqat aqlva bilimgina emas, balki ibrat, iroda, mehr hamdir. Milliy ma'naviyatimizda shular barchasi mujassam ifodasini topgan. Undan tashqari milliy ma'naviyatimizni boyitishda kalom ilmi, fiqh, tasawuf tariqatlari va irfoni, mumtoz adabiyot kabi o'ziga xos yo'nalishlaming ham ulkan hissasi borki, Yevropa ilmi ularni asrlar mobaynida Sharqdan o'zlashtirib keladi. Xullas, Xalloqi olam ikki dunyoni inson uchun yaratdi, maqsad inson edi, unga butun maxluqlardan o'zgacha fazilatlar baxsh etdi. Inson ko'nglini ma'rifat xazinasi qilib, bu sehrli tilsim ichiga o'zini yashirdi. Inson ko'ngli maxfiy xazina sifatida Alloh haqiqati sirrini o'zida pinhon etgan bo'lib, uni yashirgan ham, asraguvchi ham o'zidir. Ma'naviyat ana shu ko'ngil tilsimiga yashiringan Alloh haqiqatining zuhuridir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling