O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. IX asrda ilm va madaniyat. Turkiy tilda islomiy she'riyat


Download 1.87 Mb.
bet30/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

5-fasl. IX asrda ilm va madaniyat. Turkiy tilda islomiy she'riyat
Sunna bosqichining yana bir yutug'i islom mintaqa xalqlari ma'naviy takomilining ushbu birinchi pog'onasida shakllangan 5 islomiy maz-hab, ya'ni islom e'tiqodiga oid qarashlar va amallarning ba'zi farqlar-ga ega bo'lgan besh yo'nalishi orasida bir-birini inkor etmaslik va o'zaro hurmat munosabatlari o'rnatilishidir. Bunday vaziyat osonlik-cha va birvarakay shakliangani yo'q, albatta. Lekin oxir natijada yu-zaga kelgan bunday o'zaro murosa holati muayyan darajada e'tiqod masalalarida taassub (fanatizm) va bir yoqlama aqidaparastlik xavfi-ning oldini olib, shu bilan birga keyingi rivojlanishga zamin hozirla-gan omillardan bo'ldi. Musulmon huquqi - shariat va fiqh asoslarini shakllantirish ham shu davrdan boshlandi. Imom A'zam — Abu Hanifaning yaqin sho-girdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731—804) va Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi bo'ldilar. Imom Abu Yusuf islom dunyosining birinchi qozi ul-quzzoti (qozilar qozisi - bosh qozi) qilib tayinlandi. Imom Muhammadning "Al-Mabsut" (yoki "Kitob al-asl fil-furu" - "Juz'iy masalalarning asoslari"), "Kitob al-jome'-al-kabir", "Kitob al-jome' as-sag'ir" kabi asarlari bu sohada yaratilgan keyingi barcha ishlarga dasturulamal vazifasini o'tadi. Sunna davrida payg'ambarimizning hayot yo'llari haqida dastlabki mukammal asarlar - Ibn Is'hoq (704-707) va Ibn Hishom (vafoti 834-yillar) "Sira"lari ("Sirat ar-Rasululloh") vujudga keldi. Bu kitob-lar oddiy tarjimayi hoi emas, balki Allohning payg'omini ahli bashar-ga yetkazish vazifasi yuklangan shaxs — Rasululloh haqida bo'lib, diqqat markazida risolat (payg'ambarlik — missiya) masalasi turgani uchun asarning Muqaddima qismida Muhammad (s.a.v.) dan oldin o'tgan payg'ambarlar haqida ham axborotlar berilgan edi. Ushbu an'ana keyincha rivoj olib, hazrati Muso alayhissalom va boshqa payg'ambarlar hayoti va faoliyati haqida ham batafsil xabar beruvchi kitoblar yarati-la boshlandi. Bu davrda Muhammad (s.a.v.)dan boshlangan Qur'on tafsirlari an'anasi ham rivoj oldi, keng ma'nodagi adab ilmiga asos solindi. Ibn al-Muqaffaning (724-759) "Al-Adab as-Sag'ir", "Al-Adab-al-Kabir" asarlari yozildi. Xalil ibn Ahmad (718-792) lug'atshunoslik asoslariga bag'ishlangan "Al-Ayn" asari tarkibida aruz ilmining nazariy asoslarini yaratib, ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikka zamin hozirladi. Keyingi asr oxirida Ibn al-Mutazz (861-908) adabiyotshunoslikning yana bir tarkibiy qismi "ilmi bade'" (she'riy san'atlar haqida ilm)ni kashf etdi. Arab mumtoz she'riyatining asoschilari Abu Nuvas (762-813), Bashshar ibn Burd (714-784), Abul Ataxiya (718-825) kabi ulug' shoirlar, Al-Johiz (775—868) kabi adiblar shu davrda yashab ijod etdi-lar. Shu zabardast siymolar orasida islom davrining ilk turkiy shoiri Adib Ahmad ham bor edi. Aiisher Navoiy guvohlik berishicha, islom turkiy she'riyatining bu to'ng'ich shoiri hanafiya mazhabining asoschisi Abu Hanifa an-Nu'mon bin Sobit — Imomi A'zam (699-767)ning eng sevimli shogirdlaridan bo'lib, ko'zi ojiz bo'lsa ham, dil ko'zi nihoyatda ravshan va tiyrak edi. Yurtdoshimiz Adib Ahmaddan biz-gacha turkiy adabiy tilda yozilgan "Hibatul-haqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") dostonining XV asrda ko'chirilgan bir necha nusxasi va Aii­sher Navoiy asarlarida keltirilgan yana 1—2 parcha yetib kelgan. Adib Ahmad birinchilardan boiib Rasululloh hadislariga she'riy sharhlar bag'ishlagan alloma shoirdir. Uning ilm fazilati, johillikning kasofati haqida o'n bir asr ilgari aytgan hikmatlari hanuz dolzarbligini yo'qotgan emas1. Shunday qilib VIII—IX asrlarda islom mintaqa madaniyati shakl-landi va uning dastlabki bosqichi — Sunna o'zining eng oliy yutuqlar Adib Ahmad Yugnakiyning yashagan davri haqida fanda bahsli fikriar mavjud. Ammo biz bu borada Navoiy keltirgan naqlni rad etishga arzigulik jiddiy dalil-isbotni uchratmadik. riga erishdi. Bu yutuqlar, awalo, islom axloqi asoslarining mukammal tizimi vujudga kelganligi, shariat va fiqh ilmi, manbashunoslik, matn-shunoslik nazariyasi va amaliy tarjibalarining shakllanishi, adab ilmi, dastlabki Qur'on tafsirlari, qiroat ilmi, she'riyat nazariyasi, sarf-u nahv (grammatika), lug'atshunoslik va boshqa ilmlarga asos solina boshla-ganligi bilan belgilanadi. Bunday ulug' ma'naviy boylikning vujudga kelishi va rivojida mintaqaning barcha xalqlari, ayniqsa, arab, fors, turk elatlarining hissasi katta bo'lib, jumladan, bizning vatandoshla-rimiz — Adib Ahmad Yugnakiy, Imom Muhammad al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy kabi allomalar qo'shgan ma'naviy ulush butun jahon afkor ommasi tomonidan tan olingandir. Insoniyat tarixida minglab payg'ambariar o'tgan. Ularning oxirgisi ("Xotimat un-nabi") Muhammad (s.a.v.) arab qabilalari yagona mil­iar sifatida shakllanishida yetakchi o'rin tutdi. Ammo Qur'oni karim asosida shakllangan Tavhid e'tiqodi va" "umma" tushunchalari faqat arablarni birlashtirishgagina qaratilgan bo'lmay, balki butun insoni-yatni, balki butun tabiat, koinot, Borliqni yaxlit bir mohiyat sifatida anglab yetish imkonini beradi. Ammo bu Oliy mazmunga xalqlar osonlikcha yetishgani yo'q. Dastlab, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlarida umummintaqa islom madaniyati shakllanishiga g'oyaviy-siyosiy zamin yaratildi. Abu Muslim qo'zg'oloni va Ma'munning (813— 833) xalifalik taxtini egallashi jarayonida mintaqada arabiy, eroniy, turkiy millatlarning o'zaro siyosiy-ijtimoiy muvozanat holati vujudga keldi. Harbiylar ko'proq turkiy xalqlar vakillaridan, vazirlar va saroy amaldorlari eroniylardan, diniy nufuz egalari arabdan bo'lishi an'anaga aylandi. Keyinroq she'riyat asosan fors tilida, aniq fanlar arab tilida yozila boshlandi. Ana shunday sharoitda IX—XV asrlar mobaynida turli xalq namoyandalari ishtirokida yagona mintaqa madaniyati shakl-landi. Va turkiy millat vakillari ham ushbu umumiy merosga sezilarli ulush qo'shdilar.
3-BOB. ISLOM MA'RIFATCHILIGI BOSQICHI

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling