O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. X-Xl asrlar islom miataqasida ilm va madaniyat rivoji-ning yuksak bosqichga ko'tarilishi


Download 1.87 Mb.
bet33/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

3-fasl. X-Xl asrlar islom miataqasida ilm va madaniyat rivoji-ning yuksak bosqichga ko'tarilishi
IX asrdayoq mintaqa bo'yicha shuhrat taratgan qator yurtdoshla-rimiz - olimlar va davlat arboblari - Ahmad ibn Tulun (835-883), Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780—850), Ahmad Farg'oniy (vafoti 861-yil), Amayuriy Farg'oniy, Abu Hafs So'g'diy (vafoti 832-y.) kabi ulug' shaxslar yetishib chiqdi. Ular singari o'nlab ulug' siymolar min­taqa miqyosidagina emas, balki jahon miqyosida ham nom qozondilar va hanuz ahli basharga qilgan xizmatlari unutilgan emas. Milodiy X-XI asrlarga o'tgach, endi mintaqa miqyosida mashhur shaxslarning hisobiga yetib bo'lmay qoldi, bu davrning turli qomuslar va farhanglarda nomi tilga olingan atoqli namoyandalar ro'yxati har bir asr uchun 150—200 ismdan kam emasdir. Bula.rning ko'pchiligi Xuroson va Movarounnahrdan yetishib chiqqan siymolar bo'lib, Bal-xiy, Samarqandiy, Marvaziy, Buxoriy, Farg'oniy, Xorazmiy nisbali allomalar safiga endi Shoshiy, Forobiy, O'zgandiy, Jurjoniy, Termi-ziy, Tusiy kabi boshqa shaharlarning vakillari ham qo'shila borganin-ing guvohi bo'lamiz. Bu davrda yurtdoshlarimiz ilmning deyarli bar­cha sohalariga faol hissa qo'shib bordilar. She'riyat va unga oid ilm-lar, ilmi adab va axloqshundslik, fiqh, Kalom, tibbiyot, riyoziyot, handasa, sarf-u nahv(grammatika), ilmi nujum, tarix va jug'rofiya, tasavvuf irfoni, falsafa, qiyosiy tilshunoslik va og'zaki ijodni o'rganish, musiqa ilmi, kitobat ilmi va hokazo ilmlarning juda keng doirasi qamrab olindi, hattotlik, me'morlik, naqqoshlik kabi turli amaliy san'atlar urf bo'ldi. Bu davrda adabiyot asosan saroy adabiyoti sifatida gullab-yashna-di. Har bir hukmdor qoshida mustaqil adabiy maktablar tashkil topdi. She'riyat uch tilda — arab, fors va turkiy adabiy tilda yaratildi. Bag'dodda turkiy til bilimdonlari ijod etgan bo'lsa, Buxoro va Samar-qand, Xorazm va Toshkentda arab tilida ijod etuvchi adib va shoiriar yetishib chiqdi. Firdavsiy "Shohnoma"si, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk" asari, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" dostoni kabi o'nlab buyuk adabiy obidalar shu davr mevalaridir. Bu davr saroy adabiyotida ishqiy g'azallar, may va musiqa tarannumi, madhiya-qasidalar va hijo, ya'ni alohida shaxslarni hajv etish keng rivoj olgan edi. Nasriy asarlar risola tusida bo'lib, ko'proq pand-nasi-hat, dunyoning o'zgaruvchanligi haqida mulohazalardail iborat bo'lardi. Ahli basharning islomgacha yaratgan yozma va og'zaki merosini jiddiy tadqiq etish natijasida ikki muhim yo'nalish vujudga keldi. Bi-rinchisi, qadim Yunon falsafasi ta'sirida shakllangan mustaqil islom falsafasi bo'lsa, ikkinchisi, sosoniylar davrida yaratilgan tarixiy yil-nomalar - "Xudoynamak"lar (Hukmdorlar tarixi)ni jiddiy o'rganish va arab tiliga tarjima qilish natijasida islom mintaqasida awal arab, so'ng fors tilida mustaqil fan sifatida shakllanib, keng urf bo'lgan tarixshunoslik, ya'ni dunyo tarixiga oid ko'p jildlik asarlar yozish an'anasi edi. Bu davrga kelib butun mintaqa bo'ylab turkiy qavmlardan ulug' lashkarboshilar va hukmdorlar yetishib chiqa boshladi. Ulug' turkiy sulolalar -qoraxoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar dunyo siyosatini shakl-lantirishda faol ishtirok eta boshladilar. Volgabo'yi bulg'or (turkiy) hukmdorlari rasman islomni qabul qildi. Misrda IX asrda hokimiyatga kelgan turk voliylari bu o'lka hayotiga sezilarli ta'sir ko'rsatdilar. XI asr (hijriy V asr) turkiy hukmdorlarning mintaqa bo'ylab to'liq davlat boshqaruviga o'tgan davri, deyish mumkin. Qoraxoniylar va g'aznaviylar butun Xuroson va Markaziy Osiyoni egallagan bo'lsalar, 1058-yilda saljuqiylar hukmdori Muhammad Tug'rulbey (1040-1063) Bag'dodga kirib keldi. Shu yillardan Abbosiy xalifalarning dunyoviy hukmdorlik faoliyatiga rasman chek qo'yildi. Ammo ularning ruhoniy yetakchi sifatidagi obro'lariga tajovuz qilinmadi. Bu davrda turkiy sulolalar ta'siri Volgabo'yi, G'arbiy Sibir va Sharqiy Turkiston hududlaridan to Shimoliy Hindiston yerlarigacha taraldi. Qafqozorti, Eron, Shorn va Iroq turkiy islom sulolalari qoiiga o'tdi. Ularning hukmdorligi asta-sekin Misr va Kichik Osiyogacha yoyilib bordi. X—XI asrlar butun Islom mintaqasida ilm va madaniyatning eng gullab-yashnagan davri, ayniqsa, XI asr uning avj nuqtasiga ko'tarilgan pallasi bo'ldi, deyish mumkin. Bu davrda Dm markazlari, adabiy maktab-lar endi bir-ikki joyda emas, balki butun mintaqa bo'ylab yoyilib ketdi. Bag'dod, Xorazm, Farg'ona, Toshkent, Termiz, Nasaf, Marv, Qoshg'ar, Bolosog'un, Talas, Volgabo'yi shaharlari, Nishopur, Isfa-hon, Hirot, Jurjon, Tus, Rey, G'azna, G'arbda Ispaniya va Shimoliy Afrikaning turli shaharlari ilm-ma'rifat o'choqlariga aylandi. Milliy ma'naviyatimiz rivojida mazkur bosqichni — islom ma 'rifatchiligideb nomlash maqbul ko'rindi. Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Mansur Muhammad al-Moturidiy (870-944), Abu Abdul-Loh Xorazmiy (vafoti 997-yil), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Hojib (1019-yilda tug'ilgan) kabi ajdodlarimiz ijodi ushbu bosqichga to'g'ri keladi. Bu bosqich-ning asosiy xislati aqlga, mantiqiy tafakkurga tayanish, o'tmish (islom-gacha) insoniyat yaratgan ma'naviy boylikni o'zlashtirib, yangicha talqin qilish, aniq va tabiatga oid fanlarga qiziqishning behad kucha-yishi edi. Bu bosqich an'analari keyin ham davom etdi. Bu bosqichda "Haqiqat izlovchilar" ning turli yo'nalishlari: Kalom, falsafa, botini-ya va tasawuf mukammal shakllandi. Bu yo'nalishlar keyingi asrlarda ham rivojlanishda davom etdi (masalan, yurtdoshimiz ulug' tilshunos va mufassir Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144) XII asrda adab ilmi va mo'tazila oqimining buyuk namoyandasi bo'lib maydonga chiqdi). Shu jihatdan islom mintaqasida ilm-fan rivojini faqat X-XI asrlar bilan cheklash, albatta, mumkin emas, ammo biz har bosqich-ning chegaralarini belgilashda muayyan shartlilikka yo'l qo'yib, millat ma'naviy kamolotining yetakchi tamoyillarini va ichki mantiqiy rivoji­ni nazarda tutdik. siymolar tasawufdan tashqari emas, ammo asli tasawufning shaklla-nishini, bizning nazarimizda, Hasan Basriy (642-728) faoliyati, ya'ni VIII asrdan, deb belgilagandan ko'ra, IX asr o'rtalaridan, ya'ni Zun-nun Misriy (796-859), Xoris Muxosibiy (791-857), Boyazid Bistomiy (vafoti 875-yil) ijodlaridan boshlash o'rinliroq bo'lsa kerak. Mulohaza shundaki, tasawuf tariqining maqomlari tugal bo'lmagunicha va muay-yan tizimga tushib shakllanmagunicha, oldingi salaflar o'rni ham muay-yan bo'lmog'i tasawurdan tashqaridir. G'azzoliygacha tasawuf irfoni islom ma'rifatchiligi bosqichining yirik yo'nalishlaridan biri sifatida shakllanib ulgurdi. G'azzoliy o'z asarlarida Kalom, falsafa, va boshqa yo'nalishlarni umumiy me'yorga keltirib, hosil qilgan xulosasi irfon foydasiga edi. Masalan, uning ishq turlari va ularning o'zaro nisbati xususidagi mulohazalarini olib ko'raylik. Ishq hodisasi qadimdan ahli basharni qiziqtirib kelgan. Qadim Hind, Xitoy, Yunon tafakkur me-valari orasida yolg'iz bani basharga xos bu ruh, nafs va jismni bir nuqtada birlashtiruvchi hodisaning tahliliga bag'ishlab yozilgan talay asarlar mavjud. Islom mintaqasida bu mavzuga oid Poklik birodarlari yaratgan qomus tarkibidagi risoladan keyin yaratilgan yaxlit falsafiy asar Ibn Sinoning "Risola fi-1-ishq" kitobidir. Albatta, bu asarning yozilishiga tasawufning ta'siri bor, chunki tasawuf irfonida yetakchi o'rin tutuvchi hodisa ishqdir. Ammo, tabiiyki, Ibn Sino faylasuf va amaliyotchi tabib bo'lganligidan ishqqa ham mavjud voqelikning il-miy tadqiqotchisi va sof faylasuf sifatida yondoshadi. Tibbiyotga oid kitoblarida insondagi ishq hodisasini ruhiy muvozanat buzilishining bir turi sifatida sharhlagan olim, ishqqa falsafiy nuqtayi nazardan yondoshganda, Poklik birodarlari va Forobiyning bu haqdagi falsafiy mushohadalarini ijodiy rivojlantirib, ishqni ruhiy hodisa mazmuni si­fatida tadqiq etadi. Ibn Sino ishqni (bir narsaga moyillik ma'nosida) barcha tabiat unsurlariga xos deb biladi va inson ishqidagi hayvoniy va ruhoniy jihatlarni ajratib ko'rsatadi1. Olim fikriga ko'ra ulardan qaysi biri g'olib kelishiga qarab inson ishqi hayvoniy hirsdan ilohiy ishq sari ulug'lashib boradi. Alloh ma'rifatiga intilish ishqning eng oliy darajasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ammo uning asari chuqur falsafiy mushohadalar ruhida yozilganligidan oddiy xalq namoyan-dalari uchun ancha mavhum ko'rinishi mumkin. G'azzoliy matni o'zgacha. "Ihyoi ulum-ad-din"ning to'rtinchi qismi "Munjiyot" da
alohida "Ishq haqida kitob" bo'lib, unda bu insoniy tuyg'u kimga yo'naltirilganiga ko'ra tasniflanib uning besh turi sanaladi: Insonning o'z-o'ziga muhabbati.

  1. Uning o'z homiylari, unga mehr-shafqat ko'rsatuvchilarga mu­habbati.

3.Uning umuman insonlarga yaxshilik qiluvchilarga muhabbati.

  1. Insonning barcha ichki va tashqi go'zallik egalariga muhabbati,

  2. Mohiyat jihatdan o'ziga o'xshagan zotga muhabbati1. Ammo ushbu barcha muhabbat turlari G'azzoliyning keyingi man-

tiqiy tahlili natijasida insonning butun borliq va mavjudotlarning yara-tuvchisi va xojasi Allohga bo'lgan muhabbatida yagona oliy tuyg'uga aylanadi. Allomaning bu haqdagi isbot va dalillari lo'nda va yorqin bo'lganligidan tushunarli va ishonarli chiqqan, uning ta'sir kuchi ham beqiyosdir. G'azzoliy mulohazalari salaflari llkridan bahra oladi, ammo uning talqini va ifoda usuli mavhum falsafiy tahlillardan farqli o'laroq, ommabop va hayotga yaqinlashtirilgandir. Shunday qilib, G'azzoliy tafakkur tarzida salaflari izidan borgani holda, birinchidan, mulohazalarini oddiy insonlarga tushunarli tarzda bayon qilishga muvaffaq bo'ldi, ikkinchidan, ma'rifatchilikka ma'lum darajada yakun yasab, bu bosqich allomalari erishgan yutuqlarni umum-lashtirdi va ommalashtirdi. Uchinchidan, tavhid mohiyatini anglab yetmoq uchun aql va mantiqning o'zi kifoya qilmasligini tan olib, qat'iyan tasawuf irfoni qadriyatlari himoyasiga o'tdi. Shular asosida mintaqa ma'naviyatining irfon bosqichi sari yuksalishiga fikriy muhit hozirladi. G'azzoliydan keyin tasawuf tariqatlarining keng miqyosda shakllanishga o'tishi Tavhid ta'limotini anglab yetishning yangi bos­qichi mintaqada g'alaba qilganini anglatar edi2.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling