O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasI. Turkistonda tasawuf. Yassaviya va Kubraviya. Bahouddin Naqshband va tasawuf irfonining kamoli'


Download 1.87 Mb.
bet35/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

3-fasI. Turkistonda tasawuf. Yassaviya va Kubraviya. Bahouddin Naqshband va tasawuf irfonining kamoli'
Tasawuf haqida gapirganda, albatta, turkiy tasawuf namoyandalari haqida to'xtahb o'tish lozim bo'ladi. Ma'lumki, Alisher Navoiy o'zining "Nasoyim ul-mahabba min shamoyim ul-futuwa" asarida turkiy tasawuf shayxlari ha-qida batafsil ma'lumotlar bergan. Bu o'rinda biz faqat jahon tasawuf tariqatlaridan eng mashhurlarining asoschilari hisoblan-gan Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband faoliyatlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz, xolos. Sharqning mashhur irfoniy murshidlaridan biri, kubraviya tariqatining asoschisi "shayxi valiytarosh" deb nom chiqargan Najmiddin Kubro 1145-yili Xorazmda tavaUud topgah bo'lib, 1221-yili mo'g'ul bosqinchilari 1 Ushbu fasby tayyorlashda filologiya fanlari nomzodi, TDSHI dotsenti M. Eshmuhamme-dovnning muayyan ishtirokini qayd etib o'tish lozim. qo'lida shahid bo'lgan. Najmiddin Kubro ham orif, ham oshiq, ham shoir sifatida mashhur. U ruboiylar, «Favoih al-Jamol va favotih al-Jalol», «Al-usul al-ashara», «Risolat al-Xoif al-Xa'im min laumon al-la'im», «Riso-lat odob uz-zokirin» kabi arab tilidagi asarlarning hamda so'fiylar uchun fors tilida alohida yozilgan qo'llanmaning mualUfidir. U o'z tasawuf maktabini yaratdi. Ko'plab muridlar lining tarbiya-tida shayxlik martabasiga erishganlar. Najmiddan Kubro asos solgan maktab bir qancha mustaqil shoxobchalar vujudga kelishiga sabab bo'ldi va ular musulmon Sharqida keng tarqaldi. Jumladan, buyuk tasawuf shoiri Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiyning padari buzrukvori, Balx shahrining eng nufuzli ulamosi Shayx Bahouddin Valad, taniqli tasawuf adiblari Azizuddin Nasafiy va Najmiddin Doya kabi o'nlab islom olamida shuhrat taratgan shaxslar kubraviya tariqa-tining vakillari hisoblanadi. Turkiy tasawufning yana bir yirik vakili Xoja Ahmad Yassaviy Sayramda Ibrohim ota oilasida dunyoga keldi. Uning vafoti man-balarda 1166-yil deb ko'rsatilgan. U Buxoroda Abduxoliq G'ijduvoniy bilan birgalikda Yusuf Hamadoniy maktabida tahsil olgan deb rivoyat qilinadi. So'ngra Turkistonga qaytib, mustaqil Yassaviya tariqatiga asos soldi va o'z ta'limoti bo'yicha muridlar tarbiyaladr. Ahmad Yassaviy islom ahkomlarining turkiy xalqlar orasida yoyili-shiga katta hissa qo'shdi. Irfoniy adabiyotda maxsus "Hikmat" janri-ning yaratilishi ham uning nomi bilan bog'liq. U o'z hikmatlarida ishq, poklik, halollik, yolg'ondan saqlanish, kishi moliga xiyonat qilmaslik, to'g'rilik kabi ko'pgina insoniy fazilatlar haqida kuyladi. U turkiy tasav-vuf adabiyotida o'ziga xos maktabga asos soldi. Turkiy dunyoda biror so'fiy shoir yo'qki, unga ergashmagan, undan o'rganmagan bo'lsin. "Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband" kitobida shunday rivo­yat bor: "Bir kuni xojamizning sharif suhbatlarida Sulton ul-Orifin (ya'ni Boyazid Bastomiy)ning "Bu yo'lda yuruvchi qanchalik yurma-sin, so'nggi qadami bizning birinchi qadamimiz ustida bo'ladi", de-gan so'zlari naql qilinibdi. Xojamiz g'ayrat yuzasidan: "Birinchi qa­dami Boyazidning oxirgi qadami ustida bo'lmagan kishiga Haq sub-honahuning suhbati harom bo'lsin!" degan edilar. Va ular: "Biz inti-honi ibtidoda tugallaymiz", der edilar"1. Ushbu naqlda bir haqiqat aks etgan: tasawuf irfonining takomilida
Abul Mulisin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon (Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband). Boyazid Bastomiy (IX asr oxiri) yo'l boshida, Bahouddin Naqshband (1318—1383) esa yo'l oxirida turibdilar. Boyazid Bastomiyning oxirgi qadami, naqshbandiya suluki uchun birinchi qadam bo'lmog'ligi farzdir, chunki tadrijiylik shuni taqozo etadi. Darhaqiqat, IX asrdan ongli ravishda rivojlana boshlagan tasawuf irfoni XII-XIII asrlarda o'zining oliy bosqichiga ko'tarilib, naqsh­bandiya tariqatida mukammal nihoya topdi. Shu sababli keyingi asr-larning eng keng tarqalgan (g'arbda Hijoz-u Yaman, shimolda Bol-qon-u Volgabo'yi, janubda Indoneziyagacha urf bo'lgan) tariqati naqshbandiya bo'ldi. Naqshbandiya yo'li, aytib o'tganimizdek, Ba­houddin Naqshband hazratlaridan ancha ilgari Yusuf Hamadoniy va Abduxoliq G'ijduvoniy (vafoti 1179-yillartomonidan "Xojagon" sulu­ki sifatida asos olgan bo'lib, uning mashhur o'n bir qoidasidan sakkiz-tasi o'sha XII asrdayoq shakllanganligi ma'lum. Naqshbandning eng mashhur iborasi "Dil ba yor-u dast ba kor" ("Dii yor bilan, qo'l ish bilan band bo'lsin") esa endi tasawuf irfoni o'z asosiy maqsadiga erishganligini, ya'ni Haqiqat asrori ko'ngillardan muqim o'rin olganligi va bu yog'i amaliy harakat birinchi o'ringa chiqa boshlaganini bildirar edi. Endi so'fiyning "Analhaq", ya'ni men Haqiqatni topdim, men Haq asrorini anglab yetishga erishdim, deb hayratlanishi oxirgi qadam emas, birinchi qadam bo'lib qolgan edi. Behuda emaski, hazrati Bahouddindan naql etadilar: "Talab ayyom-larida MansurXallojsifatiikkimarta menda tug'yon urdi. Birdorbor edi, ikki marta o'zimni dor ostiga yetkazdim va dedim: "Joying mana shu dordir! Tangriinoyatibilan bumaqomdan o'tibketoldim". Hazrati Azizon (Xoja All Romitaniy — vafoti 1321-yil) aytgan ekanlar: "Agar yeryuzida Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy qaddasallohu sirrahu-1-azizn-ing farzandlari (ya'ni, ma'naviy merosxo'rlari — muridlari) dan bir kishibo'lganida edi, Mansurhargizdorga osilmasedi"1. Bu rivoyatlar yana bir marta naqshbandiya tariqatining mintaqa ma'naviyati tako-milida irfon bosqichi uchun yakunlovchi va umumlashtiruvchi bo'lganligiga ishora etadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling