O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Mintaqa adabiyoti Alisher Navoiy talqinida
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
2-fasl. Mintaqa adabiyoti Alisher Navoiy talqinida
Alisher Navoiy Firdavsiy va uning "Shohnoma"sini yaxshi biladi va chuqur ehtirom bilan yodga oladi. Ammo badiiy ijod tariqi haqi-dagi nazariy mulohazalariga muayyan shoirlar ijodini misol keltirgan-da, biror-bir o'rinda Firdavsiyni eslamaydi, u sanab o'tgan ustozlar-ning tarixan eng birinchisi Sanoiydir, chunki fors tilidagi adabiyotda "Haqiqat asrori"ni (ya'ni Borliqning mohiyatini) badiiy tarzda anglab yetish va anglatishga ilk bor jiddiy ravishda kirishgan ulug' mutafakkir shoir Sanoiy edi. Uning "Sayr ul-ibod Hal maod" ("Alloh bandalari-ning qaytar makonga safari") va "Hadoyiq ul-haqoyiq" ("Haqiqat bog'lari") asarlari nomlarining o'ziyoq shoir maqsadini aniq anglatib turibdi. E'tiborga sazovor yana bir jihati shundaki, Navoiy Sanoiy ijodini baholashda o'sha davr an'anasiga zid borib, uni "haqiqat tariqi" suxanvarlari qatorida emas, "Haqiqat asrorig'a majoz tariqini max-lut" qilganlar safida tilga olgan. Buning sababi, bizning nazarimizda, shundaki, XI asr oxirlariga borib Abulmajd Sanoiy birinchilardan bo'lib saroy madhiyago'yligini tark etgan va ijtimoiy-falsafiy yo'nalishni badiiy adabiyotga dadil olib kirganligida edi. XII asr oxirgi choragiga borganda esa saroyni, madhiyaviy qasidago'ylikni tark etib, ijtimoiy- falsafry yo'nalishga o'tgan shoirlar soni keskin ko'paydi. XI asrda tasawuf she'riyati kichik lirik janrlar (ruboiy, g'azal) bilan cheklangan bo'lsa, XII asrdan tasawufiy ruhda-gi dostonlar yaratila boshlandi. Va nihoyat, XII asr oxirgi choragidan boshlab, fors tilidagi she'riyatning ikki yorqin yulduzi Nizomiy Gan-javiy va Farididdin Attor siymolari adabiyot osmonida paydo bo'ldi. "Mahoub ul- qulub" risolasi "awalgi qism"ining 16-faslini Alisher Navoiy "Nazmgulistonining xushnag'ma qushlari zikrida" deb ataydi va shunday boshlaydi: "Ul necha tabaqadir: awalgi jamoa nuqudi kunuzi ma'rifati ilohiy-din g'aniylar va xalq ta'rifidin mustag'niylardur. Ishlari maoniy xazoi-nidin ma'rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida nazm bermak. Nazm adosi bag'oyat arjumand va benihoyat sharif va dilpisand o'ldug'i uchun oyoti kalomda nozil bor va hadisi mo'jiznizomda tila-gan topar, chun maal-qasd emas, el hurmati jihatidin ani she'r de-mas"1 (Nasriy bayoni: Ular bir necha guruhdir. Birinchi guruh ma'rifati llohiy xazinasining naqdinalari bilan boyigan va xalq ta'rifiga ehtiyoj sezmaganlardir. Ishlari ma'nilar xazinasidan ma'rifat gavharini ter-moq va u gavharni el fayz topsin uchun nazm ipiga tortmoq. Nazm-larining ifodasi g'oyat qutlug' va benihoyat yoqimli va ulug' bo'lganligidan ilohiy kalom oyatlari va Rasulullohning mo'jizali ha-dislari mazmunini izlagan kishi ulardan topa oladi va qasddan yozil-magani sababli el ularga ehtirom bildirib, she'r deb atashga jur'at etmaslar".) Alisher Navoiy bu toifani "haqiqat tariqining suxanvari ", deb ataydi va ular jumlasidan tasawuf adabiyotining eng buyuk siy-molari Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy nomlarini tilga oladi. Olim bu guruh vakillarini "avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh", deb ulug'laydi. Attorga "nozimi javohiri asror" ("haqiqat sirlari javo-hirlarini nazmga soluvchi"), Rumiyga "g'awosi bahri yaqin" ("yaqin-lik dengizining g'awosi"), deb sifat beradi. Navoiy ta'riflarining qan-chalar voqelikka muvofiq ekanligiga iqror bo'lish uchun Attor va Rumiy asarlarining nomlarini eslab o'tish kifoya: "Ilohiynoma", "Asror-noma", "Mantiq ut-tayr" ("Qushlar mantiqi"), "Masnaviyima'naviy" va h.k. Bu asarlar haqida Sharq va G'arbda shuncha ko'p tadqiqotlar amalga oshirilganki, biz ulardan o'tkazib so'z aytish qudratiga ega emasmiz. Navoiy "majoz tariqi " xususidagi ta'riflarga o'tib, o'zi kashf et-gan haqiqatlarni shunday bayon qiladi: "Yana bir jamoatdurkim, haqiqat asrorig'a majoz tariqin maxlut qilubdurlar va kalomlarin bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuqtapardozi Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziy va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy va tasawuf va diqqat mushkulotining girihkushoyi Shayx Zahiriddin Sa-noiy va faridi ahli yaqin Shayx Avhadiddin va maoniy adosiga lofiz Xoja Shamsuddin Muhammad al-Hofiz. Yana jam'e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmiga g'olib va alar bu shevaga ko'proq rog'ibdurlar. Andoqkim, Kamoli Isfaxoniy va Xoqoniyi Shirvoniy va Xojuyi Kirmoniy va mavlono Jaloliddin va Xoja Kamol va Anvariy va Zahir va Abdulvosi' va Asir va Salmon Sovajiy va Nosir Buxoriy va Kotibiy Nishopuriy va Shohiy Sabza-voriy"1. (Nasriy bayoni: "Yana bir guruhdurkim, Haqiqat sirlariga majoz yo'Iini aralashtiribdurlar va so'zlarini bu uslubda bog'labdurlar. O'sha kitob, nonchi: ma'ni ahlining nozik so'zlisi Shayx Muslihiddin Sa'diy Shero-ziy va ishq guruhining halol oshig'i Amir Xusrav Dehlaviy, tasawuf va tafakkur mushkullarining chigalini yechuvchi Shayx Zahiriddin Sa-noiy, haqiqat ahlining yagonasi Shayx Avhadiddin va lafz bilan ma'noni anglatishga mohir Shamsuddin Muhammad Hofiz. Yana bir qanchalari bordurlarki, majoz yo'li ularning she'rlarida g'alaba qozongan va ular bu ravishga ko'proq rag'bat etganlar. Chu-nonchi: Kamol Isfahoniy, Xoqoniy Shirvoniy, Xojuyi Kirmoniy, Mavlo-no Jaloliddin, Xoja Kamol, Anvariy, Zohir, Abdulvosi', Asir, Salmon Sovajiy, Nosir Buxoriy, Kotibi Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy"1. Yuqorida tasawuf she'riyatining eng ulug' ustozlariga "haqiqat tariqi suxanvarlari" deb nom berilganini qayd etib o'tgan edik. Ko'rdikki, Navoiy "majoz tariqi"ga aloqador deb hisoblagan shoirlar-ni ham ikki qismga ajratadi. Nazarimizda, birinchi qismda ulug' us-tozlar, ushbu yo'nalishning qudratini belgilovchilar yodga olingan bo'lib, ikkinchi qismda ijodiy qarashlari ushbu tariqqa mos tushuvchi mintaqa miqyosida nomlari ma'lum bo'lgan shoirlar sanab o'tilgan. Endi ularni tarixiy tadrijiylikda ko'zdan kechiraylik. "Haqiqat asroriga majoz tariqin maxlut" etganlarning tarixan bi-rinchisi tabiiy ravishda Sanoiy (1048-1140) bo'lib chiqmoqda. Undan keyin XII asr ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Abdulvosi' Jabaliy (vafoti 1160), Anvariy (vafoti 1191), Asiriddin Axsmkatiy (1108-1196), Xoqoniy (1120—1199), Zohir Faryobiy (vafoti 1202-yil) vaboshqalar sanab o'tilgan bo'lib, bu atoqli fors shoirlari deyarli barchasi Sanoiy singari umrlarining oxirida saroy madhiyago'yligini tark etib, ijtimoiy-falsafiy ruhda qasidalar yozishga kirishganlar. Ular ichida alohida yirik doston yozganlar deyarli uchramaydi. Bularga XII—XIII asr chegara-sida yashagan Kamol Isfahoniy (vafoti 1237) va XIII asrning buyuk axloq muallimi Sa'diy Sheroziy (1189—1292)lar ham qo'shiladi. Yana bular qatorida surat ("majoz") va ma'ni ("haqiqat") nisbati xususida g'oyat muhim fikrni aks ettirgan ruboiy muallifi so'fiy shayxi Avhadiddin Kirmoniy (vafoti 1236) ham tilga olingan. XIII asrdan faqat ikki ulug' shoir (Kamol va Sa'diy) yodga olingan bo'lsa, XIV asrga borib Alisher Navoiy "majoz tariqi"ga mansub deb hisoblagan mashhur shoirlar ro'yxati keskin oshib ketadi. Bular awalo Navoiyning "xamsanavislik" va g'azalnavislikda g'oyat qadr etgan salafi Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325), dunyoga dong'i taralgan Xo'ja Hofiz Sheroziy (1320—1389) va nihoyat g'azal va qasidalaf ustasi Nosir Buxoriy (vafoti 1371-yil). XV asr shoirlaridan Navoiy o'zidan ilgari yashab o'tgan Kotibiy (vafoti 1436-yil) va o'zi shaxsan tanigan Shohiy Sabzavoriy (1385-1453) ni tilga oladi. "Mahbubul-qulub"ning ikkinchi qismi "Ishq zikrida" bobida "xos ishq" egalari qatorida Amir Xusrav va Xoja Hofizlar qatorida Faxriddin Iroqiy (1207-1289) yodlab o'tilsa, "Holoti Pahlavon Muhammad" risolasida XV asr atoqli turkigo'y shoir-lardan Mavlono Lutfiy eslanadi. Demak, Alisher Navoiy "majoz tariqi" haqida gapirganida ikki guruh shoirlar tilga olingan, birinchi guruhi asosan XII asrda yasha-gan bo'lsa, ikkinchi guruhi XIV—XV asrlarga mansub shoirlardir. Bu-lar orasida ayrim farqlar mavjud bo'lib, suhbat davomida yana bunga alohida to'xtalib o'tamiz. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling