O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. "Milliy iztirob" she'riyati. Turdi va Mashrab


Download 1.87 Mb.
bet46/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

4-fasl. "Milliy iztirob" she'riyati. Turdi va Mashrab
Ammo shunday bo'hronli holatlarda ham millat ma'naviyati yuksalib bordi. Turdi Farog'iy va Mashrablarning hayoti va ijodiy faoliyati bunga yorqin misoldir. Turdi ijodida Navoiy badiiy tafakkurida olg'a surilgan g'oya milliy va siyosiy g'oyaga aylandi. Turdi o'z ijodida davr hukm-dorining an'anaviy huquqlarini ochiqdan-ochiq rad qilib ("Subhonquli-xon haqida hajviya") odil shoh madhiyasi o'rniga zolim va noqobil sul-tonni keskin fosh etishni maqsad qilib qo'ydi. Navoiy Bahromi va Iskandari foje shaxs edilar, Turdining bosh qahramoni jirkanch va tuban maxluq sifatida hukm etildi. Turdi beklarni ham ayab o'tirgani yo'q. (Navoiy "Mahbub ul-qulub"da beklar haqida nojo'ya so'z aytmaydi). Turdi birgina sultonni emas, balki butun bir ijtimoiy toifani - o'zi ham mansub bo'lgan aslzodalar — beklar toifasini fosh etadi. Ularni "yuzi qaro"lik, ko'zi ko'r, qulog'i karlikda ayblaydi:
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G'asb ila molin olib, qo'ymadingizlar bitim,
Qamchilar dog'i solib bo'yunig'a, tilib betini,
Yordingiz zahrasini (ichidan) olib o'tini,
Bo'lmadikam bu rayiyat boshida hech tayoq'.
Qarang, Bobur Mirzo uchun tabiiy ko'ringan hoiat endi Turdi uchun chidab boimas adolatsizlikdir. Bu Yangi davr ma'naviyatidari darak edi.
Turdi sulolaviylik o'rniga, odil shoh orzusi o'rniga yangi bir joziba-li g'oya — yagona Vatan g'oyasini olg'a suradi. Bu Vatanda hali no-haqlik, zulm hukmron, hanuz bu yurt — "kofiriston"dir, ammo endi sulolaviylik, beklarning tor xudbinlik manfaatlariga qarshi qo'ysa ar-zigulik ulug' bir Voqelik shakllanmoqda — "O'zbekistondir bu mulk", deydi shoir ham cheksiz iztirob, ham cheksiz umid bilan.
Tor ko 'ngilli bcklar, man-man demang, kenglik qiling,
To 'qson ikki boh o 'zbek yurtidir tenglik qiling.
Birni qipchoq-u xito-yu, birni yuz, nayman demang.
Qirq-u yuz, ming son bo 'lib, bir jon oyinlik qiling'.
Turdi xalq maqoli - "el rabot-u to'ra qo'noq"ni siyosiy e'tiqodga ayiantirdi. Turdi ma'naviyatida O'zbekiston va uning xalqi birinchi maqomga ko'tarildilar, irsiy "aslzodalik" huquqi rad etildi: Baski bu tiyradarunlarda charog'e tilama.
Endi Haqiqat yo 'li saroydan tashqaridadur:
To'g'ri yo'lni tilasang uz bu saroydan payvand.
Endi shoh cho'pon emas, xalq ham suruv emas. Xon faqat o'z maishati g'amidagi maxluqqa aylangan:
Ark ichin mahkam etib ayladim o'zimga yotoq2.
Shoir davr hukmronining kayfiyatini nihoyatda aniq aks ettiradi. Endi xon va amirlar yurt oldidagi mas'uliyatni mutlaqo unutgan edi-lar, ular "xos ahli" emas, oddiy "xudoning maxluqi" darajasida o'z maishati, aysh-ishrati va xudbin intilishlarining quliga aylanib, yurt egasi bo'lish huquqini butkul yo'qotdilar. Endi yangi davr siyosiy qadriyatlari zamon taqozosiga aylana boshlagan edi. Afsus, bu qadri-yatlarni to'liq va mukammal anglab yetish uchun Turkiston xalqlari yana bir necha asr jabr chekishlari, jumladan, 150 yil milliy asorat xo'rligini boshdan kechirishlariga to'g'ri keldi.
Fuqarolik jamiyatiga o'tishning ikki jihati bor. Birinchidan, agar fuqaro o'zligini anglab yetmagan bo'lsa, agar u hanuz o'zini yeb-ichib, "kayfi safo qilib" yurishdan ortiqqa arzitmasa - uning nomi fuqaro (grajdan) emas, oddiy bir "xudoning maxluqi"dir, bunday in-sonlar to'plansa, "xalq" emas, "olomon" bo'ladi. Alisher Navoiy in-sonlarni "xos" va "avom" ga ajratar ekan, bunda u biz sobiq sovet davrida talqin qilganimizdek, "zodagonlar" va "qora xalq" ma'nosida emas, balki o'zligini anglab yetgan va anglab yetmaganlar ma'nosida ishlatgan. Arablar islomgacha davrni "johiliya" deb atashgan. Bunda ham "johillik" xat-savodi yo'qligini emas, yagona Allohni tanimagan-lik, ilohiy kalomdan bahramand bo'lmaganlik ma'nosida ishlatilgan. Xalq ichida "omi odam" degan ibora ishlatiladi. "Omi odam"ni — savodsiz, sodda odam ma'nosida talqin qilamiz. Bunday talqin bi-rinchi qarashda "omilik"ni zararsiz qilib ko'rsatadi, aslida "omi odam" g'ofil bandadir, bunday avomdan iborat jamiyat hech qachon fuqaro­lik jamiyati, chinakam fuqarolar jamiyati bo'la olmaydi. Fuqarolik jamiyati ogoh odamlardan iborat bo'lmog'i kerak. Ogoh odam o'z insonlik burchini teran idrok etadi va unga aslo xiyonat qilmaydi.
Ikkinchidan, yurt hokimlari maydalashib, o'z ijtimoiy mas'uliyatini unutib, "arkni o'ziga yotoq bilib", atrofiga ham o'zi singari qorin qayg'usidan, aysh-ishratdan boshqani bilmaydiganlarni to'plab, xalq va millat ehtiyojlariga butkul bepisandlik bilan qarashni odat qila boshlasalar, Alloh oldidagi yurt egasi, degan yuksak mas'uliyatni ta-momila unutsalar, ular aslzodalik huquqidan to'liq mahrum bo'ladilar. Xuddi shunday holat Yevropada kuchii ijtimoiy po'rtanalarga, qonli inqiloblarga olib keldi. Barcha hokimiyatning yagona manbayi xalq ekanligini Yevropa millatlari asrlar davomida fidoyilik bilan tinimsiz kurashib, isbot
qildilar. Ammo islom dunyosida bunday bo'lmadi. Tanazzul chuqurlashib bora berdi. Siyosiy doiralardagi tanazzul XVII asrga kelib asta-sekin ma'naviyat olamiga ham yoyila boshladi. Ma'naviyat arboblarining aralashuvi siyosatda katta ijobiy o'zgarishlar paydo qilmadi, qaytaga ma'naviyat olamining o'z ichida ziddiyatlar chuqurlashuviga sabab bo'ldi. Boborahim Mashrab faoliyati asl ma'nosi bilan ma'naviyat olamida paydo bo'layotgan ana shunday illatlarga qarshi tug'yon bo'lib chiqdi. Turdi Subhonqulixonga qarshi qo'lida qurol ko'tarib isyon qdgan bo'lsa, Mashrabning ma'naviyatdagi isyoni Mahmud Sulton-mng doriga o'z boshini tutib berishda namoyon bo'ldi. Chunki ma'naviyat olami qilichbozlikni taqozo etmaydi, o'zgalar ruhidagi illatni qilich bilan, isyon bilan poklab bo'lmaydi. Mashrab o'zini qur-bon etib, o'zgalarga ibrat ko'rsatdi. "Qissayi shoh Mashrab"ning xalq orasida mashhurligi bejiz emas. Xalq o'zining asl qahramonlarini, fi-doyi farzandlarini yaxshi taniydi va qadrini joyiga qo'yadi. Abu Mus­lim, "Shoh Mashrab" qissalari, Bedil g'azallarining shuhrati xalqning o'z ma'naviyati teranligini saqlab qolishga intilishidan darakdir.


8-BOB. MILLIY UYG'ONISH VA BOLSHEVIZM QATAG'ONLARI

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling