O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Milliy uyg'onish va Yangi davr ma'rifatchiligi


Download 1.87 Mb.
bet48/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

2-fasl. Milliy uyg'onish va Yangi davr ma'rifatchiligi
Turkiston o'lkasi xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi ikki yo'nalishda kechdi. Birinchisi '— qurolli kurash, qo'zg'olonlar yo'li bo'lib, 1892-yildagi Toshkentda yuz bergan "vabo qo'zg'oloni" (yoki "toshotar voqeasi"), 1898-yilda Andijon viloyatidagi Dukchi eshon (Muhammadali xalfa) jihodi, 1916-yil mardikor voqealari, keyincha-lik, o'lkada bolsheviklar hukmronligi o'rnatilishiga qarshi "bosmachi-hk" yoki qo'rboshilar harakati deb nom olgan milliy-ozodlik kurashi ushbu yo'nalishdagi mashhur voqealardandir. Ikkinchisi madaniy-ma'rifiy yo'nalish bo'lib, bu yo'lning asosiy maqsadi xalq madaniy-ma'rifiy saviyasini oshirish, milliy iqtisodni yangi izlardan yuksaltirish yo'li bilan, vaqti kelganda nihoyatda qudratli harbiy-siyosiy mavqega ega bo'lgan Rossiya hukumati bilan ba'zi kelishuv, murosayi madora usullari bilan Yevropaning ilg'or idora usullarini o'zlashtirib, millatning haqiqiy ozodligini ta'minlash edi. Bu ikki yo'l ba'zan bir-biri bilan yaqinlashar, ba'zan o'zaro ziddiyatga kirishar, ammo amalda bir-birini to'ldirib, quwatlab boruvchi yo'nalishlar edi. Ma'rifatchilik yo'li Ah­mad Donish, Furqat, Feruz kabi XIX asr ikkinchi yarmida faoliyat ko'rsatgan yurt ulug'lari tashabbusi bilan boshlanib, XX asr boshida jadidlar harakatida yorqin namoyon bo'ldi. Har ikki yo'nalish ham XIX asr oxirida kichikroq ko'lamlarda boshlangan bo'lsa, XX asrning ikkinchi o'n yilligidan butun mintaqada yalpi rivoj olib, Milliy uyg'onish harakati darajasiga ko'tarildi. Bir tarafdan Turkiya, Misr, Eron, Xitoy kabi Sharq mamlakatlaridagi yangilanish to'lqini, ikkinchi tarafdan, Rossiya va Kavkazorti o'lka musulmonlarining ta'sirida Turkistonda Yangi davr nafasi shiddat bilan ufura boshladi. Mahalliy ishbilarmon-lar Yevropa bilan savdo-sotiqni keng yo'lga qo'ydilar, yangicha tusda-gi ishlab chiqarish korxonalari — paxta tozalash, yog' zavodlari qurila boshlandi. Bank tizimi joriy etildi. 1884-yilda Bog'chasaroyda nashr etilayotgan «Tarjumon» gazetasiga Turkistondan 200 kishi obuna bo'ldi, o'sha yillarda Toshkentda Sayidg'ani Sayidazimboy, Sharifxo'ja qozi, Muhiddinxo'ja qozi kabi ilg'or fikrli kishilar mahalliy bolalar uchun yangicha (rus-tuzem atalmish) maktablar ochilishiga homiylik qildilar. 1901-yildan Qo'qon va Toshkentda, 1903-yildan Samarqanda G'aspirali Ismoilbek ishlab chiqqan «usuli jadid» (yoki usuli savtiya, ya'ni savod chiqarishning tovush tizimi) asosidagi yangicha maktablar ish boshladilar. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddi-qiy Ajziy, Ashurali Zohidiy, Lutfulla Olimiy, Abdurauf Fitrat, Mu-nawarqori Abdurashidxonov kabi ma'rifat fidoyilari maydonga kirib keldi. Yangicha tizimdagi maktablar uchun Ismoilbekning «Xo'jayi sibyon» (Bolalar muallimi) asaridan ibrat olib, Sayidrasul Sayidaziziy «Ustodi awal», Munawarqori «Adibi awal», Abdulla Avloniy «Bi-rinchi muallim», «Ikkinchi muallim» kabi o'quv qo'ilanmalarini yarat-dilar. Behbudiy, Fitrat, Ashurali Zohidiylar hisob, jug'rofiya, adabi-yot, tarix fanlaridan darsliklar yoza boshladilar. 1906-yildan «Taraqqiy», «Xurshid», 1914-yildan «Sadoiy Turkiston», «Sadoiy Farg'ona» va boshqa qator gazetalar, 1913-yildan muntazam ravishda Behbudiy muharrirligida «Oyina» jurnali nashr etila boshladi. Yangi ma'rifatchilar tomonidan Buxoroda 1908-yilda «Tarbiyat ul-atfol», Toshkentda 1911-yilda «Turon» jamiyati tuzildi. Shu yili yan-gicha tafakkurli islom ulamosi, mufti Behbudiy yangi davr o'zbek adabiyoti tarixida birinchi bo'lib «Padarkush yoxud o'qimagan bola-ning holi» milliy fojiasini yaratdi va 1914-yilda Samarqand va Toshkentda bu ibratli tomosha sahna yuzini ko'rdi. Teatr tomoshasi Yangi davr ma'rifatchilari tomonidan xalq ma'rifatini yuksaltirishning eng sama-rali usuli — ibrat maktabi sifatida hayotga keng joriy etila boshladi. 1914—1916-yillar orasida o'ndan oshiq dramatik asarlar Samarqand, Toshkent, Qo'qon shaharlaridagi teatr truppalari tomonidan sahnaga qo'yildi va xalq orasida shuhrat qozondi. Xoji Muyin, Abdulla Badriy, Hamza, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi yangi-yangi dramaturglar bu ishga bosh qo'shdilar. Turkistonda Milliy uyg'onish harakatining ulug' yetakchisi va bay-roqdori bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiy faqat birinchi dramaturg boiibgina qolmay, milliy teatr san'ati nazariyasining ham ilk asosehi-laridan hisoblanadi. U o'z vaqtida Sayidahmad Vasliy, Fazlulvahhob qori kabi teatr san'atini shar'an harom deb isbot qilmoqchi bo'lgan eski ulamolaraing chiqishlariga javoban isJomiy manbalar va mantiqiy dalillarga tayanib, teatr san'atining "darsxonayi ibrat" va shar'an sa-vob ekanligini isbot qilib berdi.
Rossiya imperatori Nikolay lining mustamlaka o'lkalar mahalliy aholisini mardikorlikka jalb qilish haqidagi 1916-yil 25 iyunda chiqar-gan farmoni butun o'lkada istibdodga qarshi umumxalq qo'zg'oloni boshlanib ketishiga sabab bo'ldi. Tosh, tayoq, ketmon, panshaxa kabi qo'liga tushgan narsa bilan yurt qonini so'rib yotganlarga qarshi g'alayonga ko'tarilgan aholi juda og'ir qurbonlar berdi. Podshoh amri bilan 3 mingdan oshiq kishi sudga berilib, 347 kishi osib o'ldirishga hukm qilindi. Jadidlar ushbu stixiyali harakatga boshlanishidan qarshi boidilar, ular g'alayonlarga yo'l qo'ymaslik, qurolsiz aholining qo'lida zamo-naviy qurol-yarog' bilan yuqori harbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan mus-tamlakachi jazo qo'shinlariga ro'baro' bo'lmasligi uchun butun im-koniyatlarini ishga so lib urinditar. Chunki ularning aqidasiga ko'ra mavjud sharoitda jaholat, isyon yo'li bilan millat o'z maqsadlariga erisha olishi mumkin emas, faqat tinch islohotlar va ma'rifat bilan ijobiy natijalarni qo'lga kiritish mumkin edi. Jadidlar dushmanning makkor o'yinlarini chuqur tushunar edilar. Fitrat yozadi: «Zotan qurol kuchi bilan bir millatni yo'q etmak qulay, bor etmak mumkin emasdir. Qurol kuchi bilan hech bir jamoatni madaniyat sari jo'natib bo'lmaydi*1.1916-yilgacha asosan ma'rifatchilik yo'nalishida faoliyat ko'rsatgan jadidlar, 1916-1922-yillarda zamon talabidan kelib chiqib, siyosiy ha-yotda ham yetakchi maqomga ko'tarildilar. Turkiston muxtoriyatini oyoqqa qo'yish yo'lidagi urinishlarda ular oldingi qatorlarda bo'ldilar. Proletar diktaturasini zo'ravonlik bilan joriy qilishga uringan «qizil» shovinistlarning nayranglari-yu, fitnalariga qaramay, ularning barcha tazyiqlariga dosh berib, to 30-yillargacha xalq ma'rifatini yuksaltirish, uning ma'naviy dunyosini takomil toptirish uchun butun kuch-g'ayratlarini sarf etdilar. Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho'lpon, So'fizoda, Hamza Hakimzoda va boshqalar yaratgan ajoyib asarlar xalqimizning boqiy mulkiga aylangan bo'lsa, Munavvarqori, G'ozi Yunus, Salim-xon Tillaxonov, Ubaydulla Asadullaxo'jayev, Zaki Validiy To'g'on, Nosirxon To'ra, Sadriddin Maxsum, To'raqul Jonuzoqovlarning si-yosiy-ma'rifiy faoliyatlari Vatan mustaqilligi va xalq ma'rifati yo'lidagi fidokorlik timsoli bo'lib qoldi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling